Mavzu. Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv. Reja
Tartibga soluvchi schyotlar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
02. BUXGALTERIYA HISOBI 67
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontraktiv schyotlar ta’rifi
Tartibga soluvchi schyotlar
Tartibga soluvchi schyotlar mablag‘larning baholanishi yoki mablag‘lar manbalarining summalarini tuzatish (korrektivlash) uchun mo‘ljallangan. Bu erda tuzatish joriy buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy schyotlardan tashqari u bilan bog‘langan alohpda echyot kiritish va uning summasini mazkur ob’ektning katta- kichikligini topish maqsadida asosiy schyotning summasidan ayirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tartibga soluvchi schyotlardan foydalanish hisob ob’ektlarini har tomonlama tavsiflovchi real hisob ma’lumotlarnni olish zaruriyatidan kelib chiqqan. Tartibga soluvchi schyotlar tegishli ob’ektlar bo‘yicha har bir ob’ektni ikki xil summada (baholanishda) aks ettiruvchi ikki ko‘rsatkichga ega bo‘lishlik imkoniyatini beradi. Tartibga soluvchi schyotlar kontrar, to‘ldiruvchi va kontrar-to‘ldiruvchi schyotlarga bo‘linadi. Kontrar schyotlar tartibga solinuvchi ob’ektlarning haqiqiy hajmini tartibga soluvchi summani ushbu ob’ektning dastlabki baholanishidan ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlash uchun xizmat qiladi. Ularning ikki turi bo‘ladi: kontraktiv va kontrpassiv. Kontraktiv schyotlar asosiy aktiv schyotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi va passiv hisoblanadi. Kontrpassiv schyotlar, aksincha, asosiy passiv schyotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi va aktiv hisoblanadi. Kontraktiv schetga misol kilib «Asosiy vositalarning eskirishi» schyotini olish mumkin. Bu schyot yordamida olinadigan ko‘rsatkichlar xususiyatini aniqlash uchun u bilan bog‘liq bo‘lgan boshlang‘ich qoldiq summani «Asosiy vositalar» schyotini olamiz. Kontraktiv schyotlar ta’rifi Tartibga solinuvchi aktiv schyot Tartibga soluvchi passiv schyot D-t K-t D-t K-t qoldiq A qoldiq B A-B=V 78 SHartli belgilar: A - tartibga solinuvchi moddaning boshlang‘ich qiymati B - boshlang‘ich baholanishdan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi moddaning summasi V - tartibga solinadigan moddaning haqikiy summasi. Kontraktiv schyotlar tarkibiga 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar», 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar», 2980 «Savdo ustamasi», 4910 «Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv» schyotlari kiradi. Kontrpassiv schyotlar katoriga yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 8600 «Sotib olingan o‘z aksiyalari», 9040 «Sotilgan tovarni qaytarish» va 9050 «Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlari kiritilgan. Kontrpassiv schyotlarining tuzilishini 8600 «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schyotlari» misolida ko‘rib chihamiz. Bu schyot 8310 «Oddiy aksiyalar» va 8320 «Imtiyozli aksiyalar» schyotlariga nisbatan kontrpassiv bo‘lib aksioner jamiyatining aksiyadorlik kapitalini kamayishini ko‘rsatadi va balansda ko‘rsatiladigan ustav kapitalining umumiy jamidan chegiriladigan summa hisoblanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling