Mavzu: buyrak va siydik ajratish tizimi


Download 28.54 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi28.54 Kb.
#1005947
1   2   3   4   5
Bog'liq
buyrak ikp

Renal oldi oliguriya ko'pincha gemoliz bilan kechuvchi shok holatida va
disseminirlangan tomir ichi qon ivishida kelib chiqadi. Renal oldi oliguriyaga ko'p hollarda pilorostenoz, ichak tutilishi, enterokolit, isitmalash holatlari, dekompensatsiyalangan qandli diabetda sUv va tuz yo'qotilishi hamda diuretiklami betartib qabul qilish sabab bo'ladi. Shuningdek, u surunkali yurak yetishmovchiligi, portal gipertenziya, miksedemada ham kuzatilishi mumkin.
Renal (buyrak) oliguriya ham buyrak jarohatlari, buyrak arteriyalari trombozi va emboliyasi, o'tkir glomerulonefiit, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitmalash, ayrim zaharlanishlar, bir qator dori vositalarining toksik va allergik ta’siri, giperurekimiyada
(siydik kislotasi ajralishining oshishida) kelib chiqadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida ham ba’zanjenal oliguriya aniqlanadi.
Renal orti oliguriya siydik nayining qisman siqilishida kuzatiladi.
Esdautingl i 6}щщуа Ьр'р holatlarda osmptik
faoj, moddalanyn^ kam ajjJ®s|iiva: siydik solishtmaa og'irh^ning kamayishi , гашжшмнм o i’&Egi . me^oqda1 rechadi. ■ ■ - “ '. <У' хч£,' .
Anuriya - siydikni bir kunda 200 ml dan kam yoki umuman ajralmasligi.
546Anuriyaning ikki turi farqlanadi:
* Sekretor anuriya koptokchalar filtratsiyasining sezilarli buzilishi bilan izohlanib,
shok, 0‘tkir qon yo'qotish va buyrak yetishmovchiligida kuzatiladi;
* Ekskretor anuriya (ishuriya) siydik kanali bo'ylab uning ajralishining buzilishi yoki
buyrak funktsiyasi saqlangan holatda siydik pufagi faoliyatining pasayishi bilan bog'liq
bo'ladi. Bn siydik nayiga tosh tiqilishi, shilliq qavatning yallig‘lanishi oqibatidagi shishi yoki xavfli o'smani o'sib kirishida yuzaga keladi. Bundan tashqari ishuriya prostata bezining ayrim kasaliklari, falaj va paraplegiyalar bilan kechuvchi asab tizimining bir
qator xastaliklari hamda uretra strikturasi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Sababiga ko'ra anuriyalaming quyidagi turlari farqlanadi:
Arenal;
Renal oldi;
Renal;
Subrenal
Arenal antiriya ikkala buyraklaming mg'ma bo'lmasligida yoki yagona buyrakning
yanglishib olib tashlanishi bilan bog'liq.
Renal oldi anuriya buyrakka kelayotgan qon oqimining to'xtashi yoki yetishmasligi (yurak yetishmovchiligi, sezilarli shishlar bo'lishi) natijasida kelib chiqadi.
Renal anuriya buyrak parenximasining zararlanishi bilan kechuvchi buyrak kasalliklari yoki jarohatlarida kuzatiladi.
Subrenal anuriya yuqori siydik yo'llarining torayishi yoki bosilishi oqibatida kelib chiqadi.

Download 28.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling