Mavzu: buyrak va siydik ajratish tizimi


Щ Bel sohasidagi keskin og'riqlami


Download 28.54 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi28.54 Kb.
#1005947
1   2   3   4   5
Bog'liq
buyrak ikp

Щ Bel sohasidagi keskin og'riqlami (ko'pincha bir tomonlama) buyrak infarkti yoki o'tkir piyelonefrit keltirib chiqaradi. Ayrim bemorlarda kuchli xurujsimon og'riqlar kuzatilib, ular bel sohasining bir tomonida joylashadi va chov sohasiga, siydik nayi bo'ylab, siydik chiqaruv kanaliga, oraliq va son sohasiga uzatiladi, ya’ni aniq xususiyatga (buyrak sanchig'i) ega bo'ladi. Bunday og'riqlarga ko'pincha siydik nayiga tosh (4-rasm), yiring, tromb tiqilishi, ayrim holatlarda to'qima' detriti (o'smaning parchalanishida) bilan berkilishi sabab bo'ladi;
Щ Bel sohasidagi doimiy xarakterdagi
og'riqlar ham o'tkir piyelonefritda
(buyrak oldi to'qimasining o'tkir yallig'lanishida) kuzatiladi. Keskin harakatlar keltirib chiqaruvchi bel sohasidagi og'riqlar harakatchan bo'lgan siljuvchi buyraklar bilan izohlanadi.
Bemorlardan og'riq joylashish sohasini so'rab-surishtirishda ulami qo'zg'atuvchi omillami aniqlash lozim. Masalan, siydik-tosh kasalligida og'riqlar ko'p suyuqlik ichish, yurayotganda silkinish yoki sovqotish natijasida qo'zg'alishi mumkin.
Og'riqlaming kelib chiqishida parhez xususiyatlari, dori vositalarini qabul qilish, yuqumli kasalliklar yoki kasbiy ta’sirlaming o'ziga xos ahamiyati kuzatiladi. Bemorlardan og'riqni nima to'xtatishi yoki
yengillashtirishini aniqlash lozim. Masalan, buyrak sanchig'ida og'riqlar spazmolitiklar va issiq muolajalar ta’sirida yengillashishi mumkin. Siljuvchan buyrakda kuzatiladigan
isanchiqqa o'xshash og‘riqlar tana holati o'zgarganda, o‘tkir piyelonefritda esa analgetiklar qabul qilganda yengillashadi.
Siydik ajralishining buzilishi
Siydik ajralish tizimi kasalliklarida kuzatiladigan navbatdagi shikoyat siydik hosil bo‘lisbi va ajralishining buzilishi hisoblanadi. Aniq bir vaqt oralig‘i davomida siydikning ajralishi diurez deb ataladi.
Diurez musbat (agar bemor bir kun davomida ichgan suyuqligiga nisbatan ko‘p siydik ajratsa) va manfiy (aksincha holatda) bo'lishi mumkin. © Musbat diurez shishlar qaytishida, diuretiklar qabul qilganda va boshqa bir qator
holatlarda kuzatiladi. 0 Manfiy diurez organizmda suyuqlik ushlanishida (shishlarda) hamda teri va о‘pka
orqali (issiq va quruq iqlimda) suyuqlikning ko‘p ajralishida kuzatiladi
Poliuriya - diurezning bir kunda 2 1 dan ortiq bo'lishi. Bu holat nafaqat buyrak kasalliklari, balki ovqatlanish xususiyatlari, suyuqlik ichish tartibi, siydik haydovchi vositalami qabul qilish va boshqalar bilan bog‘liq bo'lishi mumkin.
Lekin poliuriyani nikturiya (tungi diurezni kunduzgidan ko‘p bo'lishi) bilan birga kelishi surunkali buyrak yetishmovchiligi belgisi sifatida buyrak kasalliklari bilan og'rigan bemorlarda aniqlanadi va uzoq vaqt uning yagona klinik belgisi bo'lishi mumkin. Qandli diabetda glyukozaga to'yingan siydikni osmotik bosimining oshishi hisobiga buyrak kanalchalarida suvning qayta so'rilishining buzilishi oqibatida poliuriya kuzatiladi. Qandsiz diabetda poliuriya gipofizni antidiuretik gormonini qonga to'liq tushmasligi natijasida kelibchiqadi. Pdiuriyaga qarama-qarshi holat, ya’ni buyrak kasalliklarida oliguriya - bir kunda siydik miqdorining 500 ml dan kam ajralishi kuzatilishi mumkin. Organizmning to'liq bo'lmagan
gidratatsiyasi Va ter ajralishining kuchayishi bilan bog'liq bo'lgan fiziologik oliguriya ham uchraydi.
Oliguriyaning quyidagi patogenetik turlari farqlanadi:
Renal oldi;
Renal;
Renal orti.

Download 28.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling