R - operand UIR registrlaridan birida joylashgan,
S – operand tezkor xotiraning yaycheykasida joylashgan bo’lib, uning adresini adreslash usullaridan biri orqali shakllantiriladi,
I – operand buyruqning o’zining adres maydonida joylashgan.
Buyruq formatiga quyidagilar ta’sir qiladi:
tezkor xotirada joylashgan operandni adreslash usuli,
foydalanilayotgan bevosita operand uzunligi, hamda
nisbiy adreslash rejimlarida ishlatilayotgan siljishning mavjudligi va uzunligi.
Mikroprotsessorning buyruqlar formati
Mikroprotsessor ko’rsatmalari quyidagi maydonlardan tashkil topishi mumkin:
Prefiks – ko’rsatmaning shart bo’lmagan qismi bo’lib, uning bajarilishi ba’zi xususiyatlarini o’zgartirishga imkon beradi.
Buyruqda bir vaqtning o’zida har xil turdagi bir nechta prefikslardan foydalanish mumkin.
Prefiks turlari:
buyruq prefikslari (takrorlash prefikslari) REP, REPE/REPZ, REPNE/REPNZ;
shinani bloklash prefiksi LOCK;
o’lcham prefikslari;
Segmentni almashtirish prefikslari.
AK – amal (operatsiya) kodi.
Mod R/M adreslash tartibini, hamda ba’zida amallarning qo’shimcha kodini aniqlaydi.
SIB (Scale-Index-Base) 32-bitli tartibda xotiraga murojaat qilishda adreslash usullarini aniqlaydi. SIB "Mod R/M" maydonida berilgan adreslash tartibiga bog’liq.
prefiks
|
AK
|
Mod R/M
|
SIB
|
siljish
|
Bevosita operand
|
0/1 bayt
|
1/2 bayt
|
0/1 bayt
|
0/1 bayt
|
0/1/2/4 bayt
|
0/1/2/4 bayt
|
Do'stlaringiz bilan baham: |