Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari
Download 307.22 Kb.
|
sancho
Iqtisodiy xarajatlar tasnifini ham quyidagi xarajatlarning iqtisodiy jihatidan asosiy yo‘nalishlariga bo‘lingan holda aks ettirishimiz mumkin:
Iqtisodiy xarajatlar tasnifini ham amaldagi tasnif bilan misol tariqasida ish xaqi xarajat moddasi bo‘yicha solishtirish orqali quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin, jumladan: Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, amaldagi xarajatlarning iqtisodiy tasnifi bo‘yicha davlat byudjetidan amalga oshiriladigan kommunal xizmatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi hamda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar ish xaqi xarajat moddasi bo‘yicha aks ettirilgan bo‘lsa, endilikda ushbu xarajatlar xarajatlarning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda ish xaqi xarajatlari tarkibida emas, balki xarajatlarning tegishli moddalarida (mahsulot va xizmatlar bo‘yicha xarajatlar va ijtimoiy nafaqalar) aks ettiriladi. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlari tushunchasi. Davlat byudjetiga majburiy to‘lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. Davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat byudjet fondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Davlat daromadlari - bu yaratilgan milliy boylikning davlat ehtiyojlari uchun jalb etiladigan qismidir. Davlat daromadlari keng mazmunli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga byudjet daromadlari (milliy daromadning turli darajadagi byudjetlarga jalb etilgan qismi)ni ham, byudjetdan tashqari davlat jamg’armalari mablag’larini ham o‘z ichiga oladi. Byudjet daromadlari davlat daromadlarining eng salmoqli qismini tashkil etadi. Davlat byudjeti daromadlari: -soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; -davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; -meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; -yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; -rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar; -qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Davlat byudjeti daromadlari: -soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; -davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; -meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; -yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; -rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar; -qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 51-moddasida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizmi byudjetlari daromadlarini respublika va mahhaliiy byudjet daromadlariga ajratishimiz mumkin; Download 307.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling