Mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va xususiyatlari


Davlat byudjeti daromadlari tasniflanishi


Download 307.22 Kb.
bet11/13
Sana14.12.2022
Hajmi307.22 Kb.
#1004872
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
sancho

Davlat byudjeti daromadlari tasniflanishi
Yuqoridagi rasmda biz hozirgi amaliyotda Davlat byudjetining daromadlarining tasniflanish tartibi berildi
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari:
-umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
-yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
-yagona soliq to‘lovi;
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
-qo‘shilgan qiymat solig‘i;
-aksiz solig‘i;
-yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
-bojxona bojlari;
-qo‘shimcha foyda solig‘i;
-mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
-boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to‘lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‘lovlari va jarima sanktsiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari tushunchasi.
Davlatning o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘larini turli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Byudjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan byudjetning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘larining harakatidan iborat.
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko‘rinishlari (turlari) orqali namoyon bo‘ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o‘zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mo‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning o‘lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi.
Davlatning jamiyat hayotida muhim vazifalarni bajarishi uchun ma’lum miqdorda xarajat qilish talab etiladi. Davlat xarajatlari - bu davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini davlat faoliyati bilan ehtiyojlarni qondirish uchun qilingan sarflar yig‘indisidir.
Byudjetning barcha xarajatlari joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi joriy xarajatlarga to‘g‘ri keladi, ularga tovar va xizmatlarni sotib olish davlat xizmatchilarining ish haqi uchun ajratmalar, ichki qarzlar va davlatning tashqi qarzlarini to‘lash va boshqalar kiradi. Kapital xarajatlarga asosiy fondlarga kapital qo‘yilmalar, kapital qurilish, kapital ta’mirlash kiradi.
Joriy byudjet xarajatlari – bu mahalliy byudjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, mahalliy boshqaruv organlari, byudjet tashkilotlari, davlat tomonidan byudjet va boshqa iqtisodiy sub’ektlarga joriy davrdagi faoliyatlari uchun dotatsiya, subventsiya va ssuda ko‘rinishida mabla²lar ajratishdir. Bu xarajatlar barcha byudjet bo‘g‘inlarida asosiy o‘rinni egallab kelgan.
Kapital xarajatlar – bu xarajatlar ham byudjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, u korxona va tashkilotlarga investitsiya qilish, yangi korxona barpo etish, innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan tabirlarni moliyalashtrish bilan bog’liq xarajatlardir. Boshqacha qilib aytganda, bu – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasiga investitsiya qilish, kapital ta’mirlashga, ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan boshqa xarajatlar hisoblanadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Biz byudjet tashkiloti deganda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkilotini tushunamiz.
Xulosa
Byudjet jarayoning barcha bosqichlarida byudjet tizimi byudjetlari va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosini ta’minlashda byudjet tasnifidan foydalangan holda byudjetni loyihalash, ijro etish, hisobotlarni tayyorlashda byudjet tasnif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Davlat o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo‘lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o‘z qo‘lida to‘plamog‘i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo‘lishi davlat byudjetining mavjud bo‘lishini va amal qilishini taqozo etadi. Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish, ijrosini ta’minlash, ijrosi ustidan nazorat qilish hamda byudjet ijrosi to‘g’risidagi hisobotni tayyorlashda Byudjet tasnifidan foydalanishning nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish.
Byudjet tizimidagi byudjetlarni tuzish va ijro etish bo‘yicha asosiy metodologik hujjat bo‘lib Byudjet tasnifi xizmat qiladi.
-talabalarga davlat byudjetini tashkil etishda byudjet tasnifi haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning bugungi bosqichida davlat moliyasini boshqarishda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari va byudjet tasnifini qo‘llanilishini takomillashtirish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar hosil qilish;
-talabalar davlat byudjeti ijrosi jarayonida byudjet tasnifini qo‘llash nazariyasi va amaliyotiga oid bilimga, o‘quvga va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
-talabalar umumnazariy fanlardan olgan bilimlari bilan bir qatorda, byudjet- moliyaviy qonunchilik borasidagi yangiliklardan va amaliyotidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish.


Download 307.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling