Mavzu. Charm ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari
Ishlab chikarish partiyasi
Download 58.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Ubaydullayeva-D
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-etap: Dermani oshlash
Ishlab chikarish partiyasi deb vazni, quritish usuli, terining turi. qalinligi. jinsi,
ma’lum bir maqsadlarga ishlatiladigan terilarning majmuasiga aytiladi. Ko‘nchilik zavodlarida hayvon terilardan poyafzal, charm attorlik, texnika va kiyimlar uchun turli xil charmlar ishlab chiqariladi. Zavodga terilar konservatsiya qilingan holatda keltiriladi Charmni ishlab chiqarish o‘z ichiga fizik-kimyoviy jarayonlar va mexanik jarayonlarni oladi. Fizik-kimyoviy jarayonlar partiyalar bo‘ycha (partiyada terining turi va og‘irligiga ko‘ra 10-100 dona bo‘lishi mumkin), mexanik jarayonlar donabay usulida ishlov beriladi. Ishlab chiqarish uslubi qo’llanmasiga ko‘ra bu jarayon uchta bosqichga bo‘lish mumkin. 1. Tayyorlov; 2. Oshlash; 3. Pardozlash; Charm ishlab chiqarish texnologiyasi Charm ishlab chiqarishda ko’zlangan maqsad dastlabki ishlov berilgan hayvon terisini maxsus texnologiya asosida oshlab charmga aylantirish hisoblanadi. Charm texnologiyasi murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayonlarda mexanik jarayonlardan iborat/ Charm texnologiyasi katta energiya, mehnat, suv, va kimyoviy materiallarni talab qiladigan jarayonlar ketma-ketligidir. Charm texnologiyasini mohiyatini quyidagicha tavsiflanadi^ 1-etap: Hayvon terisining derma qatlamini ajratib olish Bu etapda dermaning tuzilishi o’zgartirilib, uni oshlash jarayoniga sekin asta tayorlab boriladi. Strukturani o’zgartirish parametrlarini ishlab chiqarish charmdan qanday mahsulot ishlab chiqarishga bog’liq (poyabzal ustki, taglik, kiyim uchun) 2-etap: Dermani oshlash Bu etapda olingan dermaning strukturasi oshlovchi moddalar yordamida qayd etiladi, ya’ni oshlovchi modda turini charm turiga va foydalanish joyiga qarab belgilanadi 3-etap: Charmni shakklantirish Bu etapda oshlangan charmlarni fizik-mexanik xossalari shaklantiriladi, Charmning tashqi ko’rinishi, geometriyasi pardozlash jarayonida me’yoriga etkaziladi. Charm ishlab chiqarish korxonalari quyidagi sexlardan iborat bo’ladi: 1. Tayorlov sexlari 2. Oshlash oldi sexi 3. Oshlash sexi 4. Bo’yash, yog’lash sexlari 5. Pardozlash sexlari Ko’nchilik zavodlarining ixtisosligi quyidagicha: 1. Poyabzal ustki charmlari ishlab chiqarish 2. Poyabzal taglik charmlar ishlab chiqarish Tayorlov jarayoni quyidagilardan iborat: 1. Tayorlov sexida- ivitish, mashinada merdirizasiyalash (teri osti yog’lari olib tashlanadi) 2. Kullash 3. Kulsizlantirish 4. Yog’sizlantirish 5. Pikellash Charmni oshlash jarayoni oshlovchi moddalarning kollagen strukturasiga kirib borishi va kollagen polipeptidlari bilan ikkilamchi bog’lar hosil qilishdan ibirat. Buning natijasida kollagen xossalari tubdan o’zgaradi va derma charmga aylanadi. Oshlangan charmning mustahkamligi oshadi, issiqqa chidamliligi, har xil mexanik ta’sirlarga chidamliligi oshadi. Oshlangandan keyin charm chayiladi, ya’ni qoldiq tuzlar yuviladi. Пикеллаб консервалаш. Териларни кислота ва туз эритмасида ишлов бериш пикеллаш дейилади. Бу усул қўй ва эчки тери тўқимаси учун қўлланилади (ивитиш-куллаш жараёнларини ўтаган ва жуни бўлмаган терилар учун). Пикел эритмаси асосан 15-20% ли ош тузи билан 2% ли хлорид ёки сульфат кислота эритмасидан ташкил топган. Пикелланган тери тўқимаси ҳўл жойларда ва ҳўл ҳолатда сақланса мағорлайди ва чирий бошлайди. Пикелланган тери тўқимасини яхши сақлаш мақсадида у хромланади. Ivitish operatsiyasini to‘gri bajarilishi keyingi jarayonlarning bajarilishiga va charm sifatiga ta’sir qiladi, masalan kam va notekis ivitilgan terilar keyingi jarayonlarda burishib, ajinlar paydo bo’lishiga va charmning qattiq chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Juda ko‘p ivitilgan terilarda oqsillar erib ketishi natijasida charm mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun ivitish jarayonini doimo nazorat qilib turish lozim. Teri ivitilgandan keyin butun yuzasi bo‘ylab yumshoq, kesilganda och- qo‘ngir (matovo-belgy) rangda, namligi kamida 67% ni va tarkibida natriy xloridi 2% ni tashkil qilishi zarur. Ачитиб консервалаш. Ачитиш усули териларни нон ачитқиси билан ишлов беришга айтилади. Сувга арпа ёки тариғнинг ёрмаси билан ош тузи аралаштирилганда, нон ачитқиси ҳосил бўлади, бу пикеллаш ҳам дейилади. Ун таркибида протеолитик ва диастатик ферментлар крахмал, клетчатка ва оқсил моддалар бўлади. Ферментлар крахмал ва оқсилларни ҳамда бир қатор маҳсулотларни парчалайди. Микроорганизмлар, асосан сутли ва нордон бактериялар нон ачитқисини бижғитиб, органик кислоталар ва газлар ҳосил қилишига олиб келади. Консервалашнинг янги усуллари Консервалашнинг янги усуллари устида ўзимизда ва бошқа хорижий мамлакатларда ишлаш давом этиляпти. Умуман олганда, ош тузининг ўрнида органик эритувчиларни, натрий сульфат, сирка кислотаси ва бошқа моддаларни қўллаш устида ишлар олиб бориляпти. Териларга янгича ишлов бериш гўшт комбинатлари ва чарм хом ашё заводларида олиб борилаяпти, яъни пикелланган ярим махсулотларни тайёрлаш усулига ҳозирги кунда катта эътибор бериляпти |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling