Mavzu. Charm ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari
Download 58.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Ubaydullayeva-D
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obezzolivanie va chayish.
Zoleniya - xom ashyoni yoki golyoni kalsiy gidroksidi suspenziyasida ishlov
berishdan iborat bo‘lib charm ishlab chiqarishda muhim jarayon hisoblanadi Zoleniya qilish jarayoni hamma turdagi charmlar uchun bajariladi va uning maqsadi ikkitadir. Birinchidan dermaniig soch va epidermos orasidagi bogni kamaytirish, ikkinchidan charmga kerakli xususiyatlar berish uchun dermaning tuzilishini o’zgartirishdan iborat. • Zoleniya –bu hayvon terisini ohak eritmasi yordamida ishliv berish. Zoleniya keyingi texnologik jarayonda teridan sochlar yengil ketishi ucun teri tolalari bo’ktiriladi. • Qora mol va ot terilari topografik qismlarning tasniflanishi. • Teri osti yog qatlami derma ostida joylashgan bo’lib, gorizantal joylashgan kollogen tolalardan, qisman elastin tolalaridan iborat, ular orasida ko’plab tomirlar joylashgan. Bu qatlamlarda yog ko’p bo’lib uning miqdori hayvon turiga, semizligiga va so’yilish vaqtiga bogliqdir. • Obezzolivanie va chayish. Zoleniya qilishdan keyin golyo ichida kalsiy gidroksidi va natriy sulfid tuzlari bo‘ladi. Bu tuzlar keyingi jariyonlarni bajarishta halaqit qiladi, hamda charmni qattiq bo’lishiga, charmni qattiq bo’lishiga har xil dog‘lar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu tuzlari yo‘q qilish uchun oldin suvda yuvib keyin sulfat ammoniy bilan obezzolevanie qilinadi. Ishlov berish davri xom ashyo turiga qarab 0.5 -6 soat gacha davom etadi. • Yumshatish. Poyafzal ustki qism detallari va qo’lqop uchun mo’ljallangan charmlar ishlab chiqarshn uchun, golyo obezzolivanie qilingandan keyin yumshatiladi, ya’ni fermentli moddalar bilan ishlov beriladi. • Terini yumshatish uchun hayvondan yoki o‘simlikdan olingan oqsil moddalar foydalaniladi. Ko‘pincha oqsil olish uchun shoxli qoramol va o‘simlik fermettlaridan foydalaniladi. Bu moddalar golyoga ta’siri natijasida epidermis qoldiqlari va tolalararo moddalar eriydi, golyoning strukturasi o‘zgarib govvaklar hosil qiladi. Bu esa o‘z navbatida oshlovchi moldalarning golyo tarkibiga kirishini osonlashtiradi va charmning yumshoqligini oshiradi. Yumshatish jarayoni bajarilayotgan apparat, xom ashyo turi va qo‘llanilishi, suyuqlik harorati, mexanik ta’sirlarga bog‘liq bo‘lib 0.25-3 soatgacha davom etishi mumkin. Yumshatilgach fermentlardan yuviladi. • Pikellash. Pikillash jarayonida golyo sulfat ammoniyasi, oltingugurt yoki xlorid kislotasi bilan ishlov beriladi. Buning esa dermaning shishiga qarshilik qiladi, kislota esa oqsil radikallari bilan birikib rN ni vodorod ionlari tomonga siljitadi va dermaning mustahkamligini oshirish oshlovchi moddalar kirishishini yaxshilaydi. • Mezdralash. Mezdralash protsessida mezdra dermadan ajratiladi. Birinchi mezdralash ivitish vaqtida bajariladi. Ikkinchi mezdralash jarayoni zoleniya operatsiyasidan keyin bajariladi. Operatsiya mezdralash mashinasida amalga oshiriladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling