Mavzu: Chekli avtomatlar. Mur va Mili avtomatlari
Download 1.02 Mb.
|
6-m Chekli avtomatlar. Mur va Mili avtomatlari (2)
2- misol. Berilgan
(2) funksiyaning , , o‘zgaruvchilariga , , knopkalar mos qo‘yilgan bo‘lsin. U holda (2) funksiyaga 8- shaklda tasvirlangan kontaktli sxema mos keladi. ■ Bundan keyin, sxemalarning ko‘rinishi oddiy bo‘lishi uchun, kontaktni ikki qutbga ega bo‘lgan kesma orqali ifodalaymiz (kesmani ikki qutbli deb ataymiz). Agar kesma ulanuvchi bo‘lsa, uni bilan, ajratuvchi bo‘lsa, bilan belgilaymiz, bu yerda – g‘altakda realizatsiya qilinadigan o‘zgaruvchi. Har bir g‘altakka bitta o‘zgaruvchi mos keladi va u bilan istalgancha sondagi kontaktlar ulanishi mumkin. Kesmalar qutblari orqali bir-birlari bilan ulanadi. Har bir sxema kirish va chiqishga ega bo‘ladi. Sxemaning kirishiga tok berilganda, uning chiqishida bir taktdan keyin tok paydo bo‘lsa, u holda sxemada o‘tkazuvchanlik bor deb, aks holda esa, o‘tkazuvchanlik yo‘q deb aytiladi. Kesmalarning 9- shakldagidek ketma-ket ulanishini zanjir deb ataymiz. Zanjirda bitta kontakt bir necha marta qatnashishi mumkin. Birinchi kontaktning kirishi sxemaning kirishiga va oxirgi kontaktning chiqishi sxemaning chiqishiga to‘g‘ri keladi. O‘zgaruvchilarning biror qiymatlari majmuida sxemaning (DNSh ko‘rinishidagi funksiyani realizatsiya qiladigan sxemaning) chiqishida tok bo‘lishi uchun hech bo‘lmaganda birorta zanjirning hamma kontaktlari ulangan bo‘lishi yetarli va zarurdir. Agar sxemaga kiruvchi har bir zanjirga o‘zgaruvchilarning yoki ular inkorlarining elementar kon’yunksiyasini mos qilib qo‘ysak, u holda sxemaga kiruvchi zanjirlarga mos kelgan elementar kon’yunksiyalarning diz’yunksiyasiga sxemaning o‘tkazuvchanlik funksiyasi mos keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, sxemaning o‘tkazuvchanlik funksiyasini hosil qilish uchun ayrim zanjirlarning diz’yunksiyasini olish kifoyadir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling