Mavzu: Chekli avtomatlar. Mur va Mili avtomatlari


Download 1.02 Mb.
bet1/9
Sana21.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1219437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-m Chekli avtomatlar. Mur va Mili avtomatlari (2)


Mavzu: Chekli avtomatlar. Mur va Mili avtomatlari
Teskari bog‘lanishli funksional elementlar. Xotirada saqlovchi qurilma. Sxemaning ( ) momentdagi holati. avtomat. Avtomat holatlari. Avtomat ishining natijalari.


4.1. Teskari bog‘lanishi bo‘lgan funksional elementlardan sxemalar yasash. Hozirgacha funksional elementlardan yasalgan va teskari bog‘lanishi bo‘lmagan sxemalarni ko‘rib o‘tdik. Bunday cheklash nol taktli funksional elementlardan sxemalar yasash masalasini yechish uchun qo‘yilgan edi, chunki, aks holda, bunday sxemalarning ish jarayonini yoritish mumkin emas.
1- shaklda ko‘rsatilgan funksiyani realizatsiya qiladigan sxemaning ish jarayonini ko‘rib o‘taylik. funksionalni bir taktli element deb hisoblaymiz. Agar biror momentda ning chiqishida 1 signal paydo bo‘lsa, u holda shu momentning o‘zida o‘sha signal uning kirishida paydo bo‘ladi va momentda uning chiqishida 0 signal paydo bo‘ladi va hokazo. Natijada, funksional elementning chiqishida ketma-ket 1,0,1,0,1,0,... signallar paydo bo‘ladi va nol taktli funksional element bo‘lgan vaqtdagi qarama-qarshiliklar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Bu sxemani “qo‘ng‘iroq” sxemasi deb atash mumkin, chunki qo‘ng‘iroqda bir taktda qarama-qarshi qiymatlarga o‘zgaradigan ketma-ket beriladigan signallar foydalaniladi.
Ushbu paragrafda quyidagi shartlarni qanoatlantiruvchi teskari bog‘lanishli sxemalarni ko‘rib chiqamiz:
1) qurilmaning elementlari orasida faqat va faqat bittasi ozod chiqishga ega;
2) elementning har bir kirishi elementlarning faqatgina bittasining chiqishi bilan ulanadi.
Yuqoridagi shartlarni qanoatlantiruvchi bir taktli funksional elementlardan yasalgan teskari bog‘lanishli sxemalarning ishlash jarayonini ko‘rib o‘taylik. Sxema teskari bog‘lanishli bo‘lgani uchun uning chiqishidagi signal faqat sxema kirishlariga berilgan signallar majmuiga emas, balki uning ichki elementlarining chiqishidagi signallarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu keyingi signallar sxema kirishlariga berilgan signallarga bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin yoki ancha oldin berilgan kirish signallariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, sikl elementlarining kirishi sxema kirishi bo‘lmasligi mumkin. 2- shakldagi bir taktli element funksiyani, bir taktli elementi esa funksiyani realizatsiya qiladi, bu yerda – bir taktli ushlab turish elementi.

Agar 2-a shakldagi sxemaning kirishiga istalgancha ancha oldin 1 signali berilgan bo‘lsa, u holda shu signalning o‘zi doimo uning chiqishida paydo bo‘lib turadi (ya’ni signal xotirada saqlanadi).
2-b shakldagi sxemada signal faqat bo‘lgandagina xotirada saqlanadi. signal berib, xotirani tozalashimiz mumkin. Shundan keyingina ning yangi qiymatini xotirada saqlay olamiz ( qiymatda). Real sxemalarda “xotirada saqlovchi qurilma” sikl yordamida realizatsiya qilinadi.
Teskari bog‘lanishli sxema ish jarayonining xarakteristikasini ifodalashda undagi ichki elementlarining holatini hisobga olish kerak.
teskari bog‘lanishli sxema va uning elementlari bo‘lsin. Bu yerda – chiqish elementi, ya’ni ozod chiqishga ega bo‘lgan element bo‘lsin. elementning chiqishidagi vaqt momentidagi signalini bilan belgilaymiz ( signal 0 yoki 1 ga teng). Sxema chiqishida momentdagi signal ga teng bo‘ladi.
sistema sxemaning vaqt momentidagi holati deb ataladi. momentda sxema kirishlariga berilgan signallarni bilan va orqali ularning majmuini belgilaymiz. U holda sxemaning momentdagi holati , sxemaning momentdagi va lari orqali bir qiymatli aniqlanadi, ya’ni .
Demak, elementlarning chiqishidagi momentdagi signallar ularning kirishlariga momentda berilgan signallarga bog‘liq bo‘lar ekan, ya’ni momentda sxemaning kirishlariga berilgan signallar va elementlarning shu momentdagi chiqish signallariga bog‘liqdir. Aniqrog‘i, sistema argumentli ta mantiq algebrasi funksiyalarining majmuidan (to‘plamidan) iborat bo‘ladi. Bu argumentlarning ayrimlari soxta bo‘lishi mumkin. Masalan, uchun faqat quyidagi argumentlar soxta emas: elementning kirishlariga chiqishlar ulangan funksional elementlarga va sxemaning kirishlari bevosita elementning ham kirishlari deb hisoblanadigan signallarga mos keladigan argumentlar. Agar faqat shunday soxta emas argumentlarni hisobga olsak, u holda funksiya element realizatsiya qiladigan funksiyaga mos keladi va yuqoridagi formula vaqt momentida elementlarning chiqishlarida momentda ularning kirishlariga berilgan signallar majmuiga bog‘liq bo‘lgan qanday signal paydo bo‘lishini ko‘rsatadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling