Mavzu: Chizmachilik fanini o`qitish metodikasining umumiy masalalari


Download 0.51 Mb.
bet2/4
Sana29.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1401006
1   2   3   4
Bog'liq
1 ma\'ruza Чизмачилик укит метод

Fanning vazifasi

  • O`qitish metodlari va yo`llari bo`yicha mustahkam bilimga, o`qitishning tub maqsadini tasavvur qila olishi, unga erishish yo`llari va vositalarini bilishi, bu bilimlarni puxta egallashiga yo`rdam berish.
  • Chizmachilik fanining asosiy vazifalarini uni o`qitishning aniq maqsadlarini va uning fan sifatida bilim berish hamda tarbiyaviy ahamiyatini, o`qitishning mazmuni va tuzilishini aniqlash, o`quvchilarning mustahkam bilim, ko`nikma va malakalarini ta’minlovchi o`qitishning eng samarali uslub, vosita va shakllarini ishlab chiqish, o`quvchilarning bilim olish jarayonini tadqiq qilish.
  • O`rta umumiy ta’lim, kasb-hunar kollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida muhandislik grafikasi tarkibiga kiruvchi chizmachilik fanlarini muvaffaqiyatli o`qitishni tashkil qilish.

Muhandislik grafikasining mehnat ta’limi, rasm, matematika, geografiya va boshqa fanlar bilan bog`liqligi

  • Tabiatda hamma narsani yaratilishini sabab va oqibati bo`lganidek, har bir fanni rivojlanishini ham sababi bo`ladi, ya’ni bir fanning rivojlanishiga ikkinchi bir fan turtki bo`lishi mumkin.
  • Hozirgi kunda oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda xalq ta’limi muassasalari talabalar va o`quvchilarga saboq berishda o`quvchilarni aniq, texnika fanlarni, tabiiy, gummanitar fanlar bilan bog`lab olib borishlari natijasida darslarni yanada samarali bo`lishiga erishmoqdalar, bu esa o`quvchini fanlarni yaxshi o`zlashtirishga hamda bilim doirasini kengayishiga ham olib keladi.
  • Shuningdek, fanlararo aloqadorlik o`qitishning yangi qirralarini ochishga, o`quvchi bilim darajasini oshirishga, beriladigan bilimlarni yaxshi va chuqur o`zlashtirilishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Dars o`tishda fanlararo bog`liqlikni ta’minlashning pedagogik ahamiyati

  • U o`quv-tarbiya jarayonini barcha elementlari: mazmuni, shakl, usul va vositalarini yaxlit tarzda birlashtirib, uning samarali bo`lishiga yordam beradi.
  • Shuning uchun har bir fanlardan saboq beradigan o`qituvchilar dars berish jarayonida faqat darslikdagi ma’lumotlar bilan kifoyalanib qolmasdan, mazmuni boshqa fanlar bilan bog`lab olib borsalar maqsadga muvofiq bo`ladi. Masalan, chizmachilik darslarini texnologik, matematika va geografiya fanlariga bog`lab olib borilsa samarali bo`ladi. Har bir fan o`qituvchilari o`z fanlarini o`qitishda unga ilmiy tarzda yondashib, zarur pedagogik texnologiyalar asosida olib borishlari, multimedia darslaridan foydalanishlari natijasida o`quvchilar o`zlariga zarur bo`lgan bilimlarni olishga erishadilar.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling