Mavzu; CHO’KINDI TOG’ JINSLARI XOSIL BO’LISHI VA TURLARINI O’RGANISH. - Mavzu; CHO’KINDI TOG’ JINSLARI XOSIL BO’LISHI VA TURLARINI O’RGANISH.
- Litozogen bosqichlarini genetic turlari
- Reja
- 1.Cho’kindi jinslar qanday xosil bo’ladi?
- 2.Akkumlyatsiya deganda nimani tushunasiz?
- 3.Cho’kindi jinslarning mexanik tarkibi aytib bering?
- Cho’kindi tog’ jinslari yer yuzasining deyarli hamma yerida tarqalgan. Cho’kindi jinslarning paydo bo’lishi va o’zgarishi turli termodinamik, fizik va ximiyaviy sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, ma’lum konuniyatga buysunadi. Cho’kindi tog’ jinslari o’zidan oldingi davrlarda paydo bo’lgan magmatik va metamorfik jinslarning nurashidan hosil bo’ladi. Hosil bo’lish sharoitiga qarab Cho’kindi jinslar dengiz, ko’l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo’linadi.
- Quruq iqlimli sharoitda hosil bulgan cho’kindi jinslar kontineital yotqiziqlar deb ataladi. Ularning hosil bo’lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir.
- Atmosfera yog’inlari ta’sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib borib, rel’efning pastkam joylarida to’planadi va cho’kindilar hosil qiladi. Kontinental cho’kindi jinslar paydo bo’lish sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, allyuvial va eol yotqiziqlariga bo’linadi.
- Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning cho’kishidan ximiyaviy, xayvonot va o’simlik qoldiqlarining to’planishidan esa organogen cho’kindi jinslar hosil bo’ladi.Cho’kindi tog’ jinslarining qalinligi bir necha santimetrdan bir necha yuz metr, ba’zan bir necha kilometrgacha yetadi. Ular turli sharoitlarda har xil omillar ta’siridan hosil bo’lgani uchun tarkibi va fizik-mexanik xossalari bilan birbiridan tubdan farq qiladi.
- Cho’kindi tog’ jinslari yer po’stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog’ jinslarining atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg’ol qilib yotadi. Shuning uchun ham barcha qurilish ishlari cho’kindi tog’ jinslari bilan bog’liqdir. Ular imorat va inshootlarning zamini hamda qurilish maxsuloti sifatida ishlatilganligi uchun muxandislik geologiyasida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |