Mavzu; cho’kindi tog’ jinslari xosil bo’lishi va turlarini o’rganish


Cho’kindi tog’ jinslari paydo bo’lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qiladi va uchta asosiy gruppaga bo’linadi


Download 427.44 Kb.
bet2/3
Sana11.05.2023
Hajmi427.44 Kb.
#1453598
1   2   3
Bog'liq
GILLI CHO’KINDI TOG’ JINSLARI XOSIL BO’LISHI VA TURLARINI O’RGANISH.

Cho’kindi tog’ jinslari paydo bo’lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qiladi va uchta asosiy gruppaga bo’linadi:

  • Cho’kindi tog’ jinslari paydo bo’lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qiladi va uchta asosiy gruppaga bo’linadi:
  • 1.Mexanik. 2. Ximiyaviy. 3. Organik cho’kindi tog’ jinslari.
  • Mexanik cho’kindi tog’ jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o’z joyida to’planishi yoki suv, muzlik va shamol ta’sirida boshqa joylarga ko’chirilib yotqizilishidan hosil bo’ladi. Mexanik cho’kindilar tarkibidagi qattiq zarrachalarning katta-kichikligi hamda shakliga ko’ra yirik (dag’al), qum, chang va gil zarralarga bo’linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2), singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) holatda ham uchraydi. Dag’al bo’laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega. Qirrali bo’laklar tog’ yonbag’irlarida uchrasa, yassilari daryo suvlarining o’zi bilan oqizib ketib yotqizishidan hosil bo’ladi.
  • Yirik (dag’al) donali jinslarga har xil tog’ jinslarining qirrali va yassylangan (harsangtosh, shag’al) bo’laklari kiradi. Ular tog’li rayonlarda, dengiz qirg’oqlarida, daryo xavzalarida va boshqa joylarda qatlam-qatlam shaklda uchraydi. Bunday jinslar qurilish xom ashyosi sifatida keng ko’lamda ishlatiladi.

Qumli jinslar yirik-maydaligi 2 dan 0,05 mm gacha bo’lgan zarrachalardan tashkil topgan. Tarkibiga ko’ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpati, xlorit, magnetit, pirit, kal’tsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Monomineralli qum, masalan, kvarts qumi tabiatda kam uchraydi. Kvarts qumi oyna, chinni sanoatida va binoqorlikda ishlatiladi. Kvarts qumlari oq, ko’lrang, qo’ng’ir tusda bo’ladi. Grunt zarrachalarining xajmiy massasi 1800 kg/m3 gacha bo’ladi.

  • Qumli jinslar yirik-maydaligi 2 dan 0,05 mm gacha bo’lgan zarrachalardan tashkil topgan. Tarkibiga ko’ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpati, xlorit, magnetit, pirit, kal’tsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Monomineralli qum, masalan, kvarts qumi tabiatda kam uchraydi. Kvarts qumi oyna, chinni sanoatida va binoqorlikda ishlatiladi. Kvarts qumlari oq, ko’lrang, qo’ng’ir tusda bo’ladi. Grunt zarrachalarining xajmiy massasi 1800 kg/m3 gacha bo’ladi.
  • Zarrachalarning yirik-maydaligiga kura qum yirik (2- 0,5 mm); o’rta (0,50,25 mm); mayda (0,25-0,1 mm) va changsimon (0,1-0,05 mm) xillarga bo’linadi.
  • Qum Farg’ona vodiysi, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qizilqumda ko’p bo’lib, undan qurilishda keng foydalaniladi.
  • Changsimon va gilli zarralar qumoq tuproq, qumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, cho’kindi jinslarning 50% dan ortig’ini tashkil etadi. Ular asosan imorat va inshootlarning poydevor zamini va qurilish xom ashyosi sifatida ishlatiladi.
  • Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o’ziga xos fizik va mexanik, kimyoviy, mineral tarkibli hamda yer yuzasining ma’lum sharoitdagi o’lkalarida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsidir. “Lyoss” so’zi nemischa yumshoq, uvalanadigan degan ma’noni bildiradi. Lyoss va lyossimon jinslarni turli xalqlar turlicha nom bilan ataydilar. Ingliz tilida “qulaydigan yer” (“Sove-Sagth”), “pishirilmagan g’isht” (“adabe”), xitoy tilida “sariq tuproq” (“xuangtu”), rus tilida “lyoss”, o’zbek tilida “sos tuproq” deyiladi.

Download 427.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling