Mavzu Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari Reja: Cho‘l mintaqasining ekologik-geografik tavsifi
Cho‘l - hayvonlarning yashash muhiti sifatida
Download 201.94 Kb.
|
MAVZU 4 . Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari
2. Cho‘l - hayvonlarning yashash muhiti sifatidaCho‘l - ilmiy tadqiqot uchun o‘simlik va hayvonot dunyosining moslashish imkoniyatlarini va shakllanish jarayonlarini o‘rganish uchun ajoyib tadqiqot maydonidir. Cho‘lda hayvonlarning turli yo‘nalishdagi moslanishlarini (issiqqa, qurg‘oqchilikka, oziqa tanqisligiga va hokazo) o‘rganish mumkin va shu asosda cho‘l hayvonlariga xos individual xususiyatlarini aniqlash imkoni tug‘iladi. Cho‘lda turli toksonlarga mansub hayvonlar tashqi tuzilishi, xulqi va boshqa belgilari bilan bir-birlariga juda o‘xshash bo‘lishadi. Jumladan, cho‘lda yashovchi kemiruvchilar boshqa-boshqa avlod va oilalarga tegishli bo‘lishlaridan qat’i nazar deyarli bir xil ko‘rinishga va o‘xshash hayot kechirish tarziga ega. Sut emizuvchilarga mansub ko‘shoyoqlar, tovushqonlar, kengurusimon sichqon, xaltali qo‘shoyoq va boshqalar qo‘shoyoqlarga o‘xshash bo‘lib, orqa oyoqlarining uzunligi, quloqlarining kattaligi, ko‘zlarining kattaligi, dumining uzunligi, uning tayanch vazifasini bajarishi, dumining uchini mo‘yqalam uchiga o‘xshashi bilan ularni bir-birlaridan ajratish qiyin. Bu belgilarning har biri hayvonni cho‘l sharoitiga moslashtiruvchi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunday o‘xshashlik konvergensiyaga yaqqol misol bo‘ladi. Hayvonlarning cho‘lda yashashga moslanishlaridan asosiysi-ularning suvni topishi va uni sarflashi, saqlashi bilan bog‘liq. Cho‘lda hayvonlar orasida yuzaga keladigan trofik munosabatlar juda aniq va yaqqol ifodalanishi bilan boshqa landshaftlardan ajralib turadi. Umurtqalilardan sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar cho‘lda nisbatan keng tarqalgan. Hasharotlardan sakrovchi to‘g‘riqanotlilar, qo‘ng‘izlar va chumolilar, o‘rgimchaksimonlardan chayonlar, falangalar va boshkalar keng tarqalgan. Mazkur hayvonlarning tur soni juda kam. Zichligi esa past ko‘rsatkichda namoyon bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan qator ekologik omillar cho‘l landshaftining hayvonot dunyosini kambag‘alligiga olib kelgan. Suv va oziqning tanqisligi hatto issiqqonli hayvonlarning nafaqat qishda, balki yozning issiq oylarida ham uyquga ketishiga sabab bo‘ladi. Ular organizmidagi bunday moslashish tashqi morfologik belgilarida (yog‘ katlami, jun qatlami) va xulqida (oziqa yig‘ish, oziqa spektri va boshqalar) yaqqol namoyon bo‘ladi. Cho‘l hayvonlari uzoq masofalarga suv ichish maqsadida doimiy migratsiya qilishadi. Bunday sharoitda ularning bir qismi yirtqichlarga o‘lja ham bo‘lishadi. Ayrimlari esa o‘zlariga zarur suvni iste’mol qilgan oziqasi tarkibidan olishadi yoki metabolitik suv hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lishadi. Ayrim cho‘l qushlari suv ichish maqsadida uzoq masofalarga uchib borishadi va yana o‘zlarining yashash hududlariga qaytishadi. Jumladan, Saxar cho‘lida yashovchi cho‘l to‘rg‘aylari ba’zan hafta davomida suvsiz yashashlari mumkin va nomuntazam ravishda suv ichishga borishadi. Bulduruqlar xaqiqiy cho‘l qushlari bo‘lib, ular cho‘lning ichkari qismlariga uya qurishadi. Damanlar bir necha oylab suvsiz yashashlari mumkin. Xuddi shunday bir o‘rkachli tuya yoki dromader uzoq muddat suvsiz yashashi mumkin. Bu muddatda u tana to‘qimalaridagi zaxira suvdan foydalanadi va juda oriqlab ketadi. Ammo to‘yib bir marta suv ichganda yo‘qotgan massasini qayta tiklab olishi mumkin. Xuddi shunday qobiliyat ayrim tuyoqlilarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, qilich shoxli antilopalar vakillari – addaks(Addax nagomaculatus) va afrika yovvoyi eshagi (Equus asimus)shular jumlasidan. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar ham kamdan-kam holda suv ichishadi. Umuman suv ichmaydigan cho‘l hayvonlariga o‘simlikxo‘r kemiruvchilar, ko‘pchilik hasharotlar va qator sudralib yuruvchilarni misol qilish mumkin. Ularning suvga bo‘lgan talabi oziqa hisobiga qondiriladi. Kunduzgi kumsichqon (Psammomys obesus) o‘simliklarning sersuv qismlari bilan oziqlanadi va hatto sho‘rxok tuproqda o‘suvchi sukkulentlarning tarkibidagi suvdan foydalanadi. Bu kabi hayvonlar siydigining konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lib, o‘zida dengiz suvining tarkibiga qaraganda to‘rt barobar ko‘p tuz saqlaydi. Sudralib yuruvchilar cho‘l sharoitida yashashga ajoyib moslashish hosil qilishgan. Ularning muguz tangachalar bilan qoplangan terisi suv o‘tkazmaydi. Ular oziqasi tarkibidan yetarli mikdorda suv olishadi. Qushlar va sudralib yuruvchilar modda almashinuvida hosil bo‘lgan azot saqlovchi hosilalarni qondan siydik kislotasi ko‘rinishida ajratishadi. Chunki siydik kislotasi yengil zich massa holidagi cho‘kmaga o‘tadi va deyarli tarkibida suvni saqlamaydi. Sut emizuvchilar mochevina ajratishadi, ammo uning tarkibidagi suv minimum darajada kamaygan holda bo‘ladi. Jumladan odam siydigi tarkibida suv 92% bo‘lsa, kengurusimon kalamush siydigi tarkibida u 70% ni tashkil qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning tashqi xitin qoplag‘ichi ham tanani qurib qolishdan saqlaydi. Suv tanqisligiga moslashish bilan bir qatorda issiqlik sharoitida yashashga nisbatan turli moslanishlar ham cho‘l hayvonlarining yashab qolishlarini ta’minlashda muhimdir. Organizmning isib ketishini oldini olishga qaratilgan ayrim ekologik xususiyatlar cho‘l hayvonlarida yaqqol ifodalanadi.(7-rasm) Download 201.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling