Mavzu Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari Reja: Cho‘l mintaqasining ekologik-geografik tavsifi
Antropogen omillarning cho‘l mintaqasi hayvonot dunyosiga ta’siri va uning oqibatlari
Download 201.94 Kb.
|
MAVZU 4 . Cho‘l mintaqasining faunasi va uning zoogeografik xususiyatlari
4. Antropogen omillarning cho‘l mintaqasi hayvonot dunyosiga ta’siri va uning oqibatlariMa’lumki, cho‘l landshafti o‘zining qadimiyligi bilan boshqa landshaftlardan ajralib turadi. Uzoq muddat davomida insoniyat ta’siri ostida o‘z xususiyatlarini saqlab kelayotgan mazkur xudud XX-asrdan boshlab aholi sonining ko‘payishi, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining oshishi natijasida tub o‘zgarishlarga uchramokda. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo cho‘llari uzoq yillar mobaynida chorvachilik uchun foydalanib kelindi. Chorvachilikni rivojlantirish va cho‘lning ekologik xususiyatlarini saqlab kolish uchun yaylovlardagi oziqa zahiralarini oldindan aniqlay olish (bashoratlash) muhim ahamiyatga ega. Aks holda chorva tuyoqlari sonining oziqa zahirasiga nisbatan oshib ketishi cho‘l uchun noqulay sharoitlar (tuproq erroziyasi, o‘simliklarning haddan ziyod payhon qilinishi, substratning o‘zgarishi va boshqalar) ning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Qumli cho‘llarda yoqilg‘i sifatida saksovulzorlarning payhon qilinishi, hayoti ular bilan bevosita va bilvosita bog‘langan hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli payhon kilingan saksovulzorlar o‘rniga sun’iy usulda saksovulzorlarni shakllantirish mustahkamlangan qumliklarni saqlab qolishda muhimdir. Shuvoq, singren kabi o‘simliklarni yig‘ish ham cho‘l biotsenozlariga, ayniqsa o‘simlik va hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda ayrim hayvon turlari o‘z tarqalish hududlarini qisqartirsa, ayrimlarining soni sezilarli darajada kamayadi. Turli maqsadlarda o‘simliklarning yig‘ishtirilishi birinchidan, fitofaglarning oziqadan mahrum bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchidan, hayvonlarni boshpanasidan maxrum bo‘lishiga, yirtqichlarga oson yem bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Toshloq cho‘llar boshqa cho‘llar qatori ovchilik faoliyatini yuritishda ahamiyatga ega. Bu soha ayniksa, Betpakdalada ancha yaxshi rivojlangan. Bu joyda ilgari 200-300 ming bosh sayg‘oq ovlangan. Ustyurt platosidagi yashash muhitlari geologik qidiruv ishlari jarayonida ancha salbiy o‘zgarishlarga uchragan. Tuyoqli hayvonlarning soni juda kamayib ketgan, rejasiz ov qilish oqibatida ko‘pchilik turlar zichligi pasaygan. Neft va gaz qidiruv ishlari, boshqa qazilma boyliklarini qidirish va qazish bilan bog‘liq faoliyatlar hududning o‘simlik hamda hayvonot dunyosiga salbiy ta’sir etmoqda. Cho‘l zonasiga suv chiqarish (Qoraqum, Amu-Buxoro mashina kanallari) oqibatida yildan-yilga cho‘l tarkibidagi tekislik hududlarning dehqonchilikka jalb etilishi ortib bordi. Bunday faoliyat hayvonlar sonining qisqarishiga, ayrimlarining hududni tark etishiga sabab bo‘lmoqda. SHo‘rxok tuproqli cho‘llarda shakllangan mavsumiy ko‘llardan rejasiz ravishda aholi tomonidan osh tuzini yig‘ishtirib olish kabi faoliyatlar amalga oshirilmoqda. Bu holat ham hayvonot dunyosi uchun o‘ziga xos noqulayliklar tug‘diradi. Bunday faoliyatlarni Respublikamiz hududida kuzatish mumkin. Cho‘llar o‘rnida vohalarning shakllanishi, posyolkalar va shaharlarning qad ko‘tarishi nafaqat mazkur antropogen qurilmalar joylashgan hududlarning, balki uning atrofida joylashgan keng tabiiy cho‘l hududining tarkibida turli yo‘nalishdagi, masshtabdagi o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi (Mirzacho‘l, Qarshi dashti, Qizilqum va boshqalar). Bunday o‘zgarishlar cho‘l zonasi uchun tipik bo‘lgan hayvonot dunyosi tarkibining o‘zgarishiga va bu zonaga xos bo‘lmagan turlarning hududga kirib kelishiga ham sabab bo‘lmoqda (kulrang kalamush, qumri, qishloq qaldirg‘ochi, mayna va boshq.). Cho‘l landshafti o‘zining o‘simlik va hayvonot dunyosining qanchalik kambag‘al bo‘lishiga qaramay egallagan maydonining kengligi, o‘zidagi zkologik sharoitlari va shunga mos tipik organik olami bilan ajralib turadigan o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan biotsenozdir. Bunday yashash muhitida inson tomonidan olib boriladigan har qanday bunyodkorlik ishlari (ov faoliyatlari, dehqonchilik, chorvachilik, qazilma boyliklarni qidirish va ishlab chikarish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar) ongli ravishda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Cho‘l landshaftini butun organik dunyosi bilan bus- butunligicha saqlab qolish uchun biologik turlar tarkibi xilma-xil bo‘lgan joylarga qo‘riqlanadigan hududlar maqomini berish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan sanaladi. Cho‘ldagi hayvonot dunyosining hayot sharoitlarini, ularning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, ulardan oqilona foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatta ega. Cho‘l landshafti uchun xos bo‘lgan barcha bioekologik xususiyatlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarga ega bo‘lish mumkin. 1 Yer planetasining qaysi qismida va qanday hosil bo‘lishidan qat’iy nazar namlikning yetishmasligi cho‘l landshaftlarining shakllanishini belgilovchi asosiy omildir. 2. Cho‘llar bir-birlaridan substratning fizikaviy va kimyoviy tarkibi va shunga mos flora hamda faunaning shakllanishi bilan u yoki bu darajada farq qiladi xamda shu asosda asosiy to‘rtga tipga bo‘lib o‘rganiladi (qumli, toshlok, sho‘rxok, gilli). 3. Cho‘llar asosan tropik va mo‘tadil zonalarning chegarasidagi, materiklar markazidagi katta maydonlarni egallaydi. O‘rta Osiyo hududiga xos bo‘lgan yirik cho‘llarga Qoraqum, Qizilqum, Muyunqum, Ustyurt, Betpakdala, Mirzacho‘l va Qarshi dashtlarnii kiritishi mumkin. Cho‘ldagi ekologik sharoitlar unda yashovchi hayvonlarning morfologik, fiziologik, ekologik va etologik xususiyatlarida o‘z aksini topadi. Suvni topish, uni organizmda uzoq muddat saqlash, tejab sarflash deyarli barcha cho‘l hayvonlari uchun xos bo‘lgan umumiy zkologik moslanishdir. 6. Cho‘l hayvonlarini boshqa landshaft hayvonlaridan ajratib turuvchi hayotiy sikllaridagi asosiy farq ularning ayrimlarining yozgi uyquga ketishi va umumiy uyqu muddatining cho‘zilishdir. 7. Qumli cho‘llar maydon birligida turlar xilma-xilligining nisbatan ko‘pligi, turli ekologik guruhlarga mansub hayvonlarning uchrashi bilan boshqa cho‘l tiplariga qaraganda ancha boy faunaga ega. 8. Toshloq, sho‘rxok va gilli cho‘llardagi hayot sharoitlari yillik yog‘in miqdori bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘simliklar qoplamining sifati va miqdori hayvonlar xilma-xilligi va zichligini belgilaydi. 9. Antropogen omillarning cho‘l landshaftiga ta’sir darajasi va ko‘lamini kamaytirish maqsadida hayvonot dunyosi xilma-xil va zich joylashgan hududlarga qo‘riklanadigan zonalar maqomini berish maqsadga muvofiqdir. Download 201.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling