Mavzu: Cho‘l zonasi


Download 41.29 Kb.
bet3/4
Sana19.11.2023
Hajmi41.29 Kb.
#1786554
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Cho‘l zonasi dorivor o‘simliklari.

Cho‘l o‘simlarining tuproq sharoiti xususiyatlariga qarab taqsimlanishi.
Ma’lumki, o‘simliklar va tuproqlar orasida o‘zviy bog‘liqlik mavjud. Shu boisdan ayrim o‘simliklar turlari yoki guruhi tuproqlar uchun indikatorlik vazifasini ham o‘tashi mumkin. Jumladan, o‘simliklarga tuproqlarning kimyoviy xususiyatlari (gumus, tuz rejimi), fizik xususiyatlari (mexaniq tarkibi, strukturasi, nam sig‘imi, zichligi h.k.) va ular bilan bog‘liq mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug‘lar, suv o‘tlari tarkibi va h.k.) ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqqa va u orqali o‘simliklarga shuningdek tog‘ jinslari ham ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqlarning ozuqa moddalari miqdori, kislotalik darajasi, tuz rejimi va mexanik tarkibiga munosabatiga qarab, odatda o‘simliklar bir necha guruhlarga ajratiladi. O‘simliklar tuproqdagi ozuqa moddalari miqdoriga munosabatig aqarab 3 guruhga ajratiladi: 1) unumli tuproqlar o‘simliklari; 2) o‘rtaunumdor tuproqlar o‘simliklari; 3) kambag‘al tuproqlar o‘simliklari.
Birinchi guruhga-shuvoqlar, efemeroidlar vakillarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhga - talaygina bug‘doydoshlar, burchoqdoshlarga oid turlar kiradi. Masalan, sebargalar ularga misol bo‘la oladi. Albatta, o‘simliklarni bunday guruhlarga ajratish shartli hisoblanadi; ular orasida aniq chegara ajratib bo‘lmaydi, albatta. Bu masalaga aniqlik kiritish uchun o‘g‘itlash vositasida sinash orqali amalga oshirilishi mumkin. Hosildorlik o‘rta unumdor tuproqlar sharoitida o‘g‘itlash o‘simliklarning hosildorligini keskin oshiradi. Chunonchi, bug‘doydoshlar azot, fosfor, kaliy bilan taminlangan tuproqdarda eng yuqori xosil to‘plasa, burchoqdoshlar fosfor, kaliy va mikroelementlar bilan boy tuproqlarda eng yuqori hosil to‘plashi aniqlangan.
Sho‘rlangan tuproqlarda o‘sib, rivojlanishga va urug‘ hosil qilishga moslashgan o‘simliklarga galofitlar deyiladi: "galos" - sho‘r, tuz; "fiton" – o‘simlik, ya’ni sho‘rsevar o‘simliklar degani.
Galofitlar qaysi belgilari va moslashishlari vositasida sho‘rlangan tuproqlar sharoitida o‘saoladi tarkibida juda ko‘p miqdorda (30% gacha) kul moddalarisaqlaydi. To‘qima suyuqligining konsentratsiyasi juda yuqori va to‘qimalarning osmotik bosimi ham juda baland bo‘lib 100-150 atmosferaga etadi. Aksariyat galofitlar sershira va seretli turlar hisoblanadi.
Galofitlarning sho‘rlangan tuproqlarda o‘sishiga moslashganligining yana bir belgisi ularning bir necha turlari (oq sho‘ra, yulgun, sho‘ra, ajriq) o‘z to‘qimalarida to‘planadigan tuzlarning bir qismini tashqariga chiqarib to‘qima tarkibida malum konsentratsiyasinigina saqlay olishga moslashgan; boshqa birlari esa o‘z to‘qima tarkibiga ortiqcha tuz miqdorini o‘tkazmaydi va h.k.
Galofitlar sho‘rlangan muhitda o‘sishga moslashish yo‘llariga qarab 4 guruhga ajratiladi;

  1. tuz to‘plovchi galofitlar (eugalofitlar). Bu guruhga sho‘rlanishga o‘ta chidamli turlar-soleros Salicornia herbacea kiradi. Ular kuchli sho‘rlangan va nam tuproqlarda o‘sadi, o‘z to‘qimalarida ko‘p miqdorda tuz to‘playdi va saqlay oladi (10.1% MaC1, Na2SO4), osmotik bosimi juda yuqori (100-200 atm), ildizining so‘rish kuchi ham juda yuqori.

  2. Sho‘r ajratuvchi (krinogalofitlar) galofitlar kuchli va kam sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sadi. Ularga kermek (oq sho‘ra) misol bo‘ladi.

Uning ho‘jayra protoplazmasi tuzlarni yaxshi o‘tkazadi va ortiqcha tuzlarmaxsus tuz ajratuvchi bezlar vositasida tashqariga chiqariladi; o‘simlikda tuz miqdori ko‘payaverishi bilan bunday bezlar miqdori ortaboradi. Bezlardan tashqari bu guruh o‘simliklar bir qism tuzga to‘ygan barglari, ildizlarini to‘kish vositasida ham ortiqcha tuz miqdoridan ozod bo‘lishimumkin.

  1. Sho‘r o‘tkazmaydigan galofitlar (glikogalofitlar). Bu guruh odatda kamroq sho‘rlangan tuproqlarda tarqalgan. Ularning vakillari Artemesia maritima. Hujayra plazmasi tuzlarni deyarli o‘tkazmaydi, osmotik bosim esa assimilyasiya mahsulotlari hisobidan sodir bo‘ladi.

  2. Tuzlarni alohida ajratuvchi galomezofitlar. Unga misol oq sho‘ra Atriplex tatarica hisoblanadi. Bu tur galofitlarda protoplazma orqali o‘tuvchi tuzlar maxsus bezlar vositasida tuzlarni protoplazmaga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi va shu asosda tuzlarning ziyonidan saqlanaoladi.

Galofitlar morfologik belgilari jihatidan odatda 2 guruhga ajratiladi:

    1. shirali galofitlar - ularga baliqko‘z, quyonjun, haridandon, donasho‘r, anabazis, qora saksovul misol bo‘ladi.

    2. quruq galofitlarga-seta, girginzoniya, qumarchiqlar kiradi.

O‘zbekistonning cho‘l xududlari sharoitida galofitlar sho‘rxoklar vataqirlarda, sho‘r maydonlar atroflarida tarqalgan. O‘simliklarning tuproqlarga nisbatan munosabati haqida gap borarekan yana 2 tushuncha-gipsofitlar va psammofitlar ustida to‘xtalmoq o‘rinli. Gipsofitlar tushunchasi gipsli cho‘llar tushunchasi bilan bevositabog‘liq. Gipsli cho‘llar deganda uchlamchi bur tekisliklar, qadimiy allyuvialtekisliklar va qoldiq past tog‘lardan tashkil topgan va o‘ta kontinentaliqlimli maydonlar tushunilishini yuqorida ta’kidlagan edik. O‘zbekistonda gipsli cho‘l maydonlari salmoqli o‘rin egallaydi; Respublikamiz cho‘l xududida eng yirik gipsli cho‘l tipi bo‘lib Ustyurtplatosi hisoblanadi.
Gipsli cho‘llarga xos harakterli xususiyat tuproq qatlamining yuzaqismida (20-80 sm chuqurlikda) gips (SO4+6H2O) tuzining joylashganligidir. Odatda, bu gips kristall yoki amorf shaklida bo‘lib, uning joylashish chuqurligi va qatlami turli-tuman. Gipsning o‘zi o‘simlik qoplamiga bevosita salbiy tasir ko‘rsatmaydi, biroq mexanik to‘siq sifatida yog‘ingarchilik hisobidan to‘planadigan namzahiralarga va ildiz sistemasining tuproqqa chuqurroq rivojlanishida malum darajada salbiy tasir ko‘rsatadi.
Gipsli cho‘llarda mazkur muhitda o‘sishga moslasha bilgan o‘simliklar gipsofit (gips va fiton-o‘simlik) lar o‘sadi.
Tipik gipsofit turlar jumlasiga buyurgun (anabasis salsa), tasbuyurg‘un (nanaphyton erinaceum), quyrovuq (sa1so1a orientalis), tetir (sa1so 1agemascens), singren (astragalus villosissimus), partek (sonvo1vulus hamadae) va boshqalar kiradi. O‘zbekistonning eng yirik ekologik cho‘l tiplaridan biri qumli cho‘llar hisoblanadi; uning umumiy maydoni 9 mln. gektar dan ortiq, yokibarcha tabiiy o‘simliklar maydoning qaryib 27% ni egallaydi.
Respublikamizning eng yirik qumli cho‘l hududi Qizilqum hisoblanadi. Qumli cho‘llarga Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida joylashgan Sunduqli; Surxandaryoning quyi oqimi, unin o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Kattaqum, Markaziy Farg‘onaning qumli maydonlari va Xorazm viloyatining anchagina qismi ham mazkur ekologik tipni tashkil etadi.
Qumli cho‘llarda o‘suvchi jami 320 turning 174 tasi qumni sevuvchi (psammofit: "psammos" - qumni yoktiruvchi, "fiton" - o‘simlik) turhisoblanadi. Qumli cho‘llarda tarqalgan tipik psammofitlarga qandimlar, oqsaksovul, cherkez, quyon suyak, iloq, selinlar, qumarchiqlarni misol qilib keltirish lozim.
Psammofitlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: Ildiz tizimi juda kuchli, ayniqsa, yonboshga qarab kuchli rivojlangan. Masalan, qandimlar yoki cherkezning ildizi chuqurlikka qarab 4-5 metrga vayonboshga 10-20 m gacha rivojlanadi. selinlar, qiyoqning ildizitsementlashgan tuproq qobig‘i bilan qoplangan bo‘lib, ular ochilib qolgantaqdirda ham uni ko‘rib qolishdan asrab qoladi. Boshqa ekologik tiplarga nisbatan o‘simlik turlari nisbatan boy va turli hayotiy shakllar - butalar, yarim butalar va o‘tchil turlardan tashkiltopgan. O‘simliklarning zichligi nisbatan siyrakroq(ayniqsa butalar vayarim butalar). O‘simliklarning vegetatsiya davri ancha davomli.

Download 41.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling