Mavzu: «Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish»
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda mahsulotlarini
32 XULOSA VA TAKLIFLAR Mamlakat qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida chorvachilik tarmoqlarining o’rni va ahamiyati katta. Unda inson salomatligi va qayta ishlash korxonalari uchun zarur bo’lgan turli xildagi mahsulotlar yetishtirilmoqda. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida tarmoqda nodavlat mulkchiligi shakllantirildi. Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanish va samaradorlik darajasini aniqlashda tegishli ko’rsatkichlar tizimidan foydalangan maqul. Chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish darajasi talabni to’liq qondira olmaydi. Bu muammoni hal etish maqsadida tarmoqda huquqiy, tashkiliy, texnikaviy, texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish zarur. Mamlakatimizda so’nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining “Naslchilik to’g’risida”, “Veterinariya to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi 308-sonli va 2008 yil 21 apreldagi 842 – sonli qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Qo’shrabot tumanida 2018 yilda 18015,2 tonna go’sht ishlab chiqarilib, 2016 yilga nisbatan 782.8 tonnaga yoki 4.2%ga kamaygan. 2016-2018 yillarda go’sht ishlab chiqarishdan olingan daromad 6,4%ga, jami xarajatlar 6,6%ga oshgan. Olingan foyda esa 4,5%ga oshgani holda 2018 yilda rentabellik darajasi 12,6 punktni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 0,3 punktga kamaygan. Qo’shrabot tumanida 2018 yilda 18015,2 tonna go’sht ishlab chiqarilib, 2016 yilga nisbatan 782.8 tonnaga yoki 4.2%ga kamaygan. 2016-2018 yillarda go’sht ishlab chiqarishdan olingan daromad 6,4%ga, jami xarajatlar 6,6%ga oshgan. Olingan foyda esa 4,5%ga oshgani holda 2018 yilda rentabellik darajasi 12,6 punktni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 0,3 punktga kamaygan. Kelgusida Qo’shrabot tumanida go’shtni qayta ishlash samaradorligini oshirish bo’yicha ishlab chiqarishga quyidagi takliflarni bildiramiz: 1. Arzon go’sht ishlab chiqarishni ko’paytirish 2. Go’sht va sutni sifatli qayta ishlashga e’tibor qaratish 3. Mehnat unumdorligi va mollar mahsuldorligini oshirish hamda xarajatlardan tejab-tergab foydalanish evaziga mahsulotlar tannarxini arzonlashtirish. 4. Naslchilik ishlarini yaxshilash, mustahkam yem-xashak bazasini tashkil etish va zooveterinariya tadbirlarini o’z vaqtida o’tkazish kabilar hisobiga mollar va parrandalar mahsuldorligini oshirish. 5. Halol go’sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga erishish Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling