Mavzu: «Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish»
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda asosiy jarayonlarni tashkil
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda mahsulotlarini
3.2. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda asosiy jarayonlarni tashkil etish Uzunasiga ikkiga bo'lingan mol go'shtini nimtalash, bo'laklarga bo'lish, suyaklardan ajratish, pay va paychoqlaridan tozalash kabi ketma-ket bajariladigan jarayonlardan iborat. Go'shtni nimtalash va suyakdan ajratishdan maqsad, pazan- dachilikda u yoki bu taom uchun ishlatishga mo'ljallangan go'shtni olishdan iborat. Go'shtlar isib ketmasligi uchun harorati 10°C dan yuqori bo'lmagan xonalarda nimtalanadi va suyakdan ajratiladi. Agar koixonaga mol go'shti uzunasiga ikkiga bo'lingan nimta holida kelsa, old va son bo'laklarga ajratiladi. Ajratish chizig'i molning oxirgi qovurg'a suyagi bilan 13 va 14-umurtqa suyagi oralig'iga to'g'ri keladi. Bunda old qismiga hamma qovurg'a suyaklari o'tib, son qismida peshnob go'shti, bel umurtqa suyaklari go'shti bilan ajraladi (7-rasm). Old qismini bo'laklash natijasida qo'l, bo'yin, yelka-umurtqa bo'laklar kesib ajratiladi. Qo'l bo'lagini ajratish uchun go'shtni ich qismi bilan stol ustiga qo'yiladi, chap qo'l bilan go'shtni boldir suyagidan biroz ko'tarib o'z chegarasi bo'ylab to'sh, qovurg'a usti go'shti kesiladi. So'ngra bo'yin umurtqasi bilan umurtqa suyagi birlashgan yeridan suyagi chopihb bo'yin bo'lagi go'shti bilan kesib ajratiladi. Yelka umurtqa suyagini bo'laklash uchun umurtqa suyagi ustidagi va qovurg'a suyagi ustidagi go'shti chegarasi bo'ylab kesilib qovurg'a suyagi ko'ndalangiga chopiladi va katta taliq qismi ajratiladi. To'sh kemirchak suyagi bilan qovurg'a suyaklari birlashgan izi bo'yicha suyagi kesilib qovurg'a va to'sh bo'laklarga ajratiladi. Suyaklarni ajratish — bu go'shtni suyaklardan shilib olishdir. Bu jarayon diqqat bilan bajariladi. Suyaklarda go'sht qolmasligi, ajratib olingan go'sht bo'laklarida chuqur kesilgan joylar bo'lmasligi kerak. Pichoq go'shtga 10 millimetrdan ortiq botirilmasligi kerak. Go'shtlarni pay-paychoqlaridan tozalashda lahm go'sht ustidagi paylar, kemirchak suyaklar, osilib turuvchi go'sht bo'laklari, go'sht ustidagi pardalari qattiq bo'lsa shilib tashlanadi, ortiqcha yog'lari ajratiladi. Agar chetlarida ncrtekis burdalari bo'lsa kesiladi. To'qimalar orasidagi biriashtimvchi yupqa pardalar va ustki pardalari tozalanmaydi. Go'sht shaklini o'zgartirmashgi uchun (deforma- tsiyalanmasligi uchun) uning pardalari tozalanadi. Tozalangan go'shtdan porsiyalarga taqsimlangan yarim tayyor mahsulotlarni tayywlash osonlashadi. 0o 7/ii suyaklardan ajratish uchun stol ustiga tashqi tomoni bilan qo'yilib, kurak suyagi ustidagi go'shti tozalanib, yelka suyagi va kurak suyagini birlashtiruvchi payi kesilib 20 kurak suyagi ajratiladi. So'ng yelka suyagi ustidagi go'shti uzunasiga kesiladi va suyagidan tozalanadi, bilak suyagi bilan birlashgan yeridan paylari kesib, yelka suyagi ajratib olinadi. Ajratilgan go'sht ikkiga — yelka go'shti va yelka orti go'shtiga ajratiladi. Bo'yinni suyakdan ajratish uchun bo'yin umurtqa suyagi izi bo'yicha ingichka pichoq yordamida kesib go'shtidan ajratiladi. Qalin taliq bo'lagini suyaklardan ajratish uchun umurtqa suyagi turtib chiqqan yeridan taqab umurtqa suyagi tomoniga qarab chuqur kesiladi, so'ng qovuig'a suyagi usti bo'ylab shu usulda suyaklari ajratilib qalin tahq go'shti olinadi. Qovurg'a bo'lagini suyaklardan ajratish uchun stol ustiga tashqi qismi bilan qo'yilib har bir qovurg'a suyagi izi bo'yicha suyakka taqalgan holda kesib qovuig'a suyagi shilib olinib lahm qovuig'a go'shti hosil qilinadi. To'sh bo'lagini suyaklardan ajratish uchun stol ustiga qo'yib ich tomonidan to'sh kemirchak suyagi, so'ng to'sh suyagi o'z ichi bo'yicha kesib ajratib olinadi. Mol go'shti oldi bo'lagini bo'laklarga bo'lib, suyaklarni ajratish natijasida bo'yin bo'lagi, qo'lning yelka va yelka orqa bo'lagi, qalin taliq bo'lagi, qovurg'aning qo'l osti va qovurg'a bo'laklari, to'sh bo'laklari go'shtiga, shuningdek, bo'yin, umurtqa, qovurg'a, kurak, yelka, bilak, boldir suyaklariga ega bo'linadi. Mol go'shtining orqa qismini boiaklash. Agar mol go'-shti orqa qismi pushti mag'zi bilan kelsa umurtqa suyagiga taqab ingichka pichoq bilan kesib ajratiladi. Shundan so'ng bel umurtqasi oxirgi bo'g'ini va tos suyagi birlashgan yeridan chopiladi, peshnob go'shti bo'ylab kesilib, bel bo'lagi va son bo'lagiga ajratiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar davlatning nafaqat iqtisodiy holatini balki, yashash sharoitlari va ularning ish bilan ta’minlanishini ham belgilab bermoqda. 2013 yil 9 aprelda qabul qilingan, O’zbekiston respublikasi prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni riovjlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi farmoniga ko’ra mulkchilik shakillaridan qat’iy nazar biznes subyektlari mikrofirma, kichik, o’rta, yirik korxonalarga bo’lingan. Bu iqtisodiy islohotning hukumat tomonidan qo’llanilishi YaIM ishlab chiqarishida mehnatga yaroqli aholining bandlik darajasi dinamikasini ham oshirmoqda, xususan, 2016 yilda 76,5 foiz bo’lgan bo’lsa, 2018 yilga esa 76,7 foizga yetdi. Tadqiqot obyekti sifatida sutni qayta ishlovchi Nurota tumani «Nurota jamoli» fermer xo’jaligi hisoblanadi. Korxonada tabiiy sutdan sut mahsulotlari ishlab chiqariladi va doimo korxona tomonidan texnilogiyalar modernizatsiya qilib turiladi, assortimentlar miqdori har yili ko’paytirib boriladi. Hozirgi kunda korxona smetana, qaymoq, kefir, yogurt, tvorog, brinza mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. Korxonaning kundalik sutni qayta ishlash hajmi 8000 kg ni tashkil etadi. Korxonada mahsulotlarni ishlab chiqarish holati 100% kuzatuv ostida olib borilib, gegiyenik va texnologik qonun qoidlar asosida ishlab chiqariladi. Korxona texnologiyalari har yili modernizatsiya qilinib turiladi. Korxona mahsulotlari ishlab chiqarishda sifat ko’rsatkichlariga katta e’tibor beriladi. Korxona o’zining yosh iqtisodiy faoliyatiga qaramasdan, GOST standartlarga javob bera oladi va o’z sertifikatlariga ega. Korxonaning iqtisodiy salohiyati yildan yilga oshib bormoqda. 21 Buni esa mehnat resurlari holati ularning salohiyat darajasini yana bir bora mustahkamlab beradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling