Mavzu: «Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish»
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda mahsulotlarini
25 4. CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI BOSHQARISH 4.1. Qayta ishlash va uni ko’paytirish imkoniyatlari Sutni qayta ishlab chiqarishining rentabelligi omillari ekstensiv va intensiv xarakterga ega. Ekstensiv omillar – bu rentabellikka sotilayotgan mahsulotning miqdoridagi o’zgarishlar orqali ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Intensiv omillar – sotish baholarining o’sishi va mahsulot tannarxining pasayishi orqali ta’sir ko’rsatadigan omillardir. Qishloq xo’jaligida sutni qayta ishlab chiqarishining rentabellik ko’rsatkichlari yillar bo’yicha oz yoki ko’p miqdorda tebranib turadi, bu ham bo’lsa, mahsulot tannnarxi va bahoning o’zgarishi oqibatidadir. Shuning uchun rentabellik dinamikasi tendensiyasini tahlil etganda, shuningdek u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish qulayligini iqtisodiy asoslash paytida bir necha yillardagi rentabellikning o’rtachasidan foydalaniladi. O’rtacha ko’p yillik baholar ko’rsatkichida sotilgan mahsulotning miqdori va sifati to’g’risida o’rtacha ma’lumotlar aks etadi, mahsulot birligining o’rtacha ko’p yillik tannarxida esa iqlim sharoiti va ishlab chiqarish sharoitlaridagi o’zgarishlar ta’siri aks etadi. Bir va bir turdagi mahsulotlarning qator yillardagi o’rtacha rentabellik ko’rsatkichlarini taqqoslash shu turdagi mahsulot ishlab chiqarish retabelligining o’zgarishidagi barqaror tendensiyalar haqida obyektiv ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi; turli xildagi mahsulotlar o’rtacha rentabellik ko’rsatkichlarini taqqoslash esa, qaysi turdagi mahsulot qulayroq, daromadliroq ekanligi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi. Qishloq xo’jaligida sutni qayta ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, bir tomondan, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumini ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlashga, boshqa tomondan–mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishni taqozo qiladi. Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish tadbirlariga bir qancha amalga oshirilishi muhim bo’lgan tadbirlar kiradi. Ular quyidagilar: Veterinariya xizmatlari. Bu boradagi munosabatlar O’zbekiston respublikasining “veterinariya to’g’risida”gi qonuniga muvofiq tartibga solinadi. qonunda veterinariya ishi, veterinariya xizmatining tuzilishi va uni boshqarishning ta’rifi, veterinariyaning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Bugun respublika veterinariya xizmati uning hududiy bo’limlari va fermer hamda dehqon xo’jaliklariga ko’rsatayotgan xizmatlarni hisobga olganda, chor- vachilik infratuzilmasining eng rivojlangan sektori hisoblanadi. Barcha hududlarda viloyat veterinariya boshqarmalari, tumanlarda veterinariya bo’-limlari mavjud. Quyi bo’g’inda veterinariya xizmati davlat va xususiy zooveterinariya punkt- lari ish olib boradi. davlat punktlari fermer va dehqon xo’jaliklaridagi qoramollarni emlash, davolash, sun’iy qochirish xizmatlarini ko’rsatadi, xususiy punktlar chorva mollarini davolash bilan shug’ullanadi, ayrimlari davlat veterinariya xizmati bilan tuzilgan shartnoma asosida chorva mollarini emlash va qochirish bilan 26 shug’ullanadi. Xususiy punktlar viloyat zooveterinariya organlari tomonidan beriladigan lisenziyalar bo’yicha ish yuritadi. Emlash preparatlari veterinariya punktlariga qoramol soni ko’rsatilgan buyurtmalar bo’yicha viloyat veterinariya xizmatlari tomonidan byudjet mablag’lari hisobidan bepul ajratilmoqda. Emlash kasallik turiga qarab, bir yilda bir yoki ikki marta amalga oshiriladi va biriktirilgan hududdagi barcha chorva mollarini qamrab olishi kerak. Chorva mollari egalari shpris va mutaxassis xizmatiga haq to’laydi. Sun’iy qochirish. Aholi va fermerlarga tegishli sigirlarni sun’iy qochirish veterinariya punktlari mutaxassislari tomonidan chorva mollari zotini yaxshilash va ularning sonini ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladi. Chorva mol urug’i veterinariya punktlariga “O’znaslchilik” korxonasidan maxsus dyuar idishlarida yetkazib beriladi. ushbu idishda urug’ idish sifati va hajmiga qarab, 30-80 kun davomida saqlanishi mumkin. har bir sigir ikki marta qochiriladi (ertalab va kechqurun). Agar qochirish samarasiz bo’lsa, mol egalari punktga qayta murojaat qiladi. Har yili qishloq va suv xo’jaligi vazirligi respublika veterinariya xizmatiga “O’znaslxizmat” uyushmasi bo’limlari bilan zooveterinariya punktlarini urug’ bilan ta’minlash bo’yicha shartnomalar tuzishni topshiradi. Biroq, bu rejalar bajarilmayotir. Sun’iy qochirish borasidagi ishlarning qoniqarsizligining qanday sabablari bor? Birinchidan, chorva mollari egalarining ko’pchiligi to’lovga layoqatsizdir. ikkinchidan, aholi mollarni sun’iy qochirishning ahamiyatini tushunmaydi, uchinchidan, “O’znaslxizmat” korxonasi buyurtmalarning mavjud hajmini ham bajara olmayapti. To’rtinchidan, sun’iy qochirish punktlari va qochirish uchun mutaxassislar yetishmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sun’iy qochirish ko’pincha samarasiz bo’ladi va sigirlar egalari punktlarga takroran murojaat qiladi. Bu holat, birinchidan, zooveterinariya punktlari qo’shimcha xarajat qilishga olib kelmoqda va ularning daromadiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, ikkinchidan, ushbu tadbirning maqsadga muvofiqligi aholida shubha uyg’otmoqda. Qoramol parvarish qilayotgan fermerlarning atigi 12,5 foizi sun’iy qochirish xizmatlaridan foydalanadi va ularning aksariyati ushbu xizmatlar sifatini qoniqarsiz baholaydi. ko’pchilik fermerlar sun’iy qochirish afzalligini ko’rmayotgani va shu sababli bunday xizmatdan foydalanish zarurligini his qilmayotganini aytdi. Chorva mollari boqayotgan, ammo sun’iy qochirishdan foydalanmayotgan fermerlarning yarmidan ko’pi bunga muhtoj emas, chunki, o’z xo’jaligida zotdor buqalari bor. ularning 39 foizi bu uslubni qo’llashni istamayotganini aytdi. 9 foizi sun’iy qochirish punkti fermer xo’jaligidan ancha olisda joylashgani bois undan yetarli darajada foydalanmaydi. Fermerlarning 6 foizi urug’lantiruvchi material yo’qligi va yana 5 foizi xizmat haqining balandligi va sifati pastligi haqida gapirdi. So’rov natijalari shuni ko’rsatadiki, sun’iy qochirishni qo’llash sut so g’ishni 30 foizga oshiradi. Naslchilikni rivojlantirish. yirik chorvachilik fermalarida parvarish qilinayotgan ko’plab chorva mollari xo’jaliklarni qayta tashkil etish va fermerlarni xususiylashtirish jarayonida fermer xo’jaliklari va aholiga sotildi, bir qismi so’yishga topshirildi. 27 1995 yilda “naslchilik to’g’risida”gi qonun, keyinchalik viloyatlarda nasl- chilik xo’jaliklarini tashkil etish, xorijdan zotli mollarni sotib olish, aholini zotdor mollar bilan ta’minlash, seleksiya ishlarini yuritish, aholiga servis xizmatlarini ko’rsatishga oid zarur qonunosti hujjatlari qabul qilindi. hukumat qarorlari bilan 1996 yilda “O’zgo’shtsutsanoat”ga chet eldan zotdor mollarni sotib olish uchun milliy valyutani konvertasiya qilish huquqi berildi, 1998 yilda viloyatlarda zotdor yosh buqalarni parvarish qilish bo’yicha 2-3 tadan ixtisoslashtirilgan naslchilik xo’jaliklari tashkil etildi, dehqon va fermer xo’jaliklari respublika uyushmasiga chorvachilik-ni zotdor chorva mollari bilan ta’minlashga ko’maklashish topshirildi, 1999 yilda “O’znaslxizmat” respublika naslchilik uyushmasi tashkil etildi, O’zbekiston qishloq xo’jalik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga ushbu uyushma bilan birgalikda dav lat naslchilik zavodlarida naslchilik ishlarini amal-ga oshirishni isloh qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi yuk-latildi. Respublikaning 29 tumanida chorvachilikni rivojlantirish uchun tanlab olingan yangi naslchilik xo’jaliklarini tashkil etish borasida ishlarning ahvoli ham yaxshi emas, olib borilayotgan tashkiliy ishlar doimiy ravishda mutassaddi mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borishni taqozo etmoqda. Ayni paytda qator jamoa chorvachilik xo’jaliklarida, masalan “Toshkent Agrasanoat”, “Milk-Agro” va boshqa xo’jaliklarda muayyan naslchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu xo’jaliklarda qoramol sonining ko’pligi (100 boshdan ortiq) va veterinar-mutaxassislarning borligi hisobga olinib, veterinariya xizmati va seleksiya ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan. So’nggi yillarda fermer va dehqon xo’jaliklarida zotdor mollarni sotib olishga qiziqish ortdi. respublikada aholiga zotdor mollarni sotish bo’yicha kimoshdi savdolari o’tkazilmoqda. Ayni paytda, tijorat banklari va aholi bandligini ta’minlash jamg’armasi aholiga qoramol sotib olishi uchun mikrokreditlar ajratmoqda. Asosiy muammolar va davlat siyosati. tahlil shuni ko’rsatdiki, respublikada veterinariya xizmatini ko’rsatish va naslchilik ishidagi asosiy muammolar quyidagilardir: - aholining veterinariya xizmatlari ahamiyatini yetarli darajada yaxshi tushunmasligi; - avvalo, dehqon xo’jaliklarining veterinariya xizmatlari uchun to’lovga layoqatlilik darajasining pastligi; - veterinariya punktlarining maxsus uskuna va binolar bilan yaxshi ta’minlanmagani; - vaksinaning yetishmasligi, mollarni to’liq emlamaslik; - emlash uchun qo’llaniladigan preparatlarning va urug’lar sifatining pastligi; - veterinariya sohasida xususiy tadbirkorlikning yaxshi rivojlanmagani; - aholi o’rtasida chorva mollarini emlash va sun’iy qochirish bo’yicha tadbirlar o’tkazish zarurligining yetarlicha targ’ib qilinmayotgani; - yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligi va ularning yetarli darajada rag’batlantirilmayotgani. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan “shaxsiy yordamchi, dehqon va qishloq xo’jaligida chorva mollar 28 ko’paytirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida sun’iy qochirish, veterinariya xizmatini ko’rsatish va naslchilikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Chunonchi bu borada quyidagi qarorlar qabul qilindi: respublika “O’znaslxizmat” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish, servis punktlari tarmoqlarini tashkil etish yo’li bilan chorva mollarini sun’iy qochirish bo’yicha o’z bazasini yaratish to’g’risida; qishloq va suv xo’jaligi vazirligining davlat veterinariya bosh bosh qar-masi zooveterinariya punktlarini, kamida 10 yil mobaynida ularning faoliyat yo’nalishini o’zgartirmaslik sharti bilan, davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish to’g’risida. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling