Mavzu: «Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish»


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana06.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1332662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2019 Chorvachilikda mahsulotlarini

2.3.1-jadval 
Samarqand viloyatidagi fermer xo’jaliklarida mavjud qishloq xo’jalik 
texnikalari holati (2018 y.)* 
№ 
Tumanlar
Jami 
texnikalar 
soni 
Shundan, soni 
chopiq 
traktori 
Transport 
texnika 
o’rim-
yig’im 
kombaynlari 
Boshqa 
texnikalari 
1 Bulung’ur
310 

157 
18 
133 
2 Jomboy 
525 
131 
120 

265 
3 Ishtixon 
1505 
255 
122 

1119 
4 Kattaqo’rg’on 
1916 
275 
81 
11 
1549 
5 Narpay 
1985 
419 
105 

1459 
6 Nurobod 
302 
30 
44 
21 
207 
7 Oqdaryo 
901 
190 
86 

617 
8 Pastdarg’om 
850 
235 
137 
19 
459 
9 Paxtachi 
1991 
261 
127 

1598 
10 Payariq 
1415 
374 
233 
15 
793 
11 Samarqand 
163 
77 

83 
12 Tayloq 
213 
97 

115 
13 Urgut 
160 
21 
92 

45 
14 Qo’shrobot 
273 
16 

252 
Jami 
12509 
2193 
1494 
128 
8694 
*Manba: O’zbekiston Respublikasi Fermerlar Kengashi Samarqand viloyati filiali ma’lumotlari. 
2.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Samarqand viloyati fermer 
xo’jaliklari ixtiyorida jami 12509 dona texnika mavjud bo’lib, ularning 2193 donasi 
– chopiq traktorlari, 1494 donasi – transport texnikalari, 128 donasi – o’rim-yig’im 
kombaynlari va 8694 donasi – boshqa texnikalardir. Viloyat tumanlari ichida eng 
ko’p texnikaga ega tuman, bu Paxtachi tumani hisoblanadi – 1991 dona. Qo’shrabot 
tumanida mavjud texnikalar soni 273 tani tashkil etmoqda. 


16 
3. CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI TASHKIL 
ETISH VA UNING HOZIRGI HOLATI 
 
3.1. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashning ijtimoiy-iqtisodiy 
ahamiyati 
Goʻsht sanoati - soʻyilgan molni kompleks tarzda qayta ishlovchi sanoat 
tarmogʻi, oziq-ovqat sanoatining muhim soxasi. Go’sht sanoati korxonalarida 
qoramol, qoʻy-echki, parranda, quyon va b. soʻyilib, undan goʻsht olinadi, goʻsht 
konservasi, kolbasa maqsulotlari, yarim tayyor fabrikatlar (kotlet, chuchvara, 
pazandachilik mahsulotlari) tayyorlanadi; shuningdek chorvaga yem sifatida 
ishlatiladigan goʻsht va suyak uni, qimmatbaho tibbiy preparatlar (insulin, geparin, 
lipokain va b.), aminokislotalar, shuningdek, yelim, parranda pari va pati, jelatin 
ishlab chiqariladi. Go’sht sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xili 400 
dan oshadi. Koʻpgina mamlakatlarda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini i.ch. asosan 20-
asr oʻrtalaridan sanoat miqyosida rivojlana boshladi. 30—40-y.larga kelib yirik 
goʻsht kombinatlari qurildi. Ishlab chiqarishda zamonaviy mashina va apparatlarni 
qoʻllash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash natijasida Go’sht sanoati 
da mahsulot yetishtirish salmogʻi oshib bordi. Mac, AQSH da goʻsht yetishtirish 
yaxshi taraqqiy etgan boʻlib, jami soʻyilgan mollarning 95% ga yaqini sanoat usulida 
qayta ishlanadi. Shuningdek, Argentina, Urugvay, Yangi Zelandiya, Avstraliya va 
boshqa davlatlarda ham bu borada katta yutuklarga erishilgan. Gʻarbiy Yevropaning 
qator mamlakatlarida qoramol soʻyish kommunal kushxonalarda, kolbasa 
mahsulotlari, konservalar va b. goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish esa maxsus 
korxonalarda, shuningdek magazinlar qoshidagi mayda qassobxonalarda amalga 
oshiriladi. Goʻsht ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlar — Yevropa, Shim. 
Amerika mamlakatlari, Xitoy. Jahonda aholi jon boshiga GOʻSHT isteʼmol 
etishning oʻrtacha yillik hajmi 35 kg atrofida, uning eng kam darajasi Afrika 
mamlakatlari, Jan. Amerika va Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, yuqori darajasi 
esa asosiy goʻsht ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga toʻgʻri keladi (yiliga oʻrtacha 
120—130 kg). Keyingi davrda Gʻarbiy Yevropa va AQShda goʻsht yetishtirishda 
parranda goʻshtini ishlab chiqarish koʻpayib bormoqda. Jahon boʻyicha yalpi goʻsht 
ishlab chiqarish 225,9 mln. t (1999). 
Oʻzbekistonda ham sanoatning bu tarmogʻi asosan 30-y.lardan boshlab 
shakllandi. Bunga qadar aholini goʻsht bilan mayda va tarqoq qassobxona hamda 
kushxonalar taʼminlab kelgan. Ot goʻshtidan qazi, qoramol, qoʻy goʻshtidan uzoq 
muddat saqlanadigan quritilgan, qovurilgan goʻsht mahsulotlari tayyorlangan. 1905 
y.da toshkentlik boy Orifxoʻja Azizxoʻjayev Turkiston oʻlkasida dastlabki zavod 
tipidagi kushxonaga asos solgan. 1929 y.da bu kushxona negizida Toshkent goʻsht 
kombinati tashkil etiladi. 1932 y.da Go’sht sanoati respublika xalq xoʻjaligi rejasiga 
alohida sanoat tarmogʻi sifatida kiritildi. Oʻsha yili Toshkent, Samarqand, Andijon, 
Buxoro, Kattaqoʻrgʻon, Termiz, Qarshi, Qoʻqon sh.laridagi 8 ta shahar 
qassobxonasi, Samarqand va Buxorodagi muzxona (muzlatkich)ni birlashtirgan 
"Oʻzgoʻshtsovitishsanoat" tresti tashkil etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga 


17 
Olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyoʻl sh.laridagi kushxonalar, Xoʻjayli, 
Urganch mol soʻyish punktlari va Toshkent muzxona kombinati ham kirdi. 1955—
65 y.larda Buxoro, Xoʻjayli, Urganch (hammasi 1956 y.da), Termiz (1960), 
Shaxrisabz (1965) goʻsht kombinatlari qurildi. 1965 y.da Respublika Goʻsht va sut 
sanoati vazirligining tashkil etilishi b-n. G. s korxonalari qurilishi jadallashdi. 
Chirchiq, Fargʻona, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand goʻsht kombinatlarida yuqori 
quvvatga ega boʻlgan kolbasa sexlari qurildi. 1949 y.da Oʻzbekistondagi 14 goʻsht 
kombinatining smena quvvati 82 t goʻshtni qayta ishlash, 17,2 t kolbasa mahsulotlari 
ishlab chiqarish darajasida boʻlsa, 1979 y.da 18 goʻsht kombinatining smena quvvati 
438,5 t goʻshtni qayta ishlash va 125,5 t kolbasa mahsulotlari i.ch.gacha ortdi. 
1970— 1995 y.larda Samarqand, Navoiy, Urganch, Jizzax va Namangan goʻsht 
kombinatlari qurib ishga tushirildi, Buxoro, Fargʻona, Termiz, Xoʻjayli, Qarshi, 
Shahrisabz goʻsht kombinatlari qayta taʼmirlanib, quvvatlari oshirildi. Koʻpgina 
korxonalar yangi texnologiyalarni qoʻllash asosida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar turlarini koʻpaytirishga erishdilar. 
Respublika G. yeda Germaniya va Turkiya, Xitoy firmalari bilan hamkorlikda 
suyakni qayta ishlash, ichak mahsulotlari tayyorlash, yarim tayyor goʻsht 
mahsulotlari ishlab chiqarish, goʻshtni qadoqlash va oʻrab isteʼmolga chiqarish 
boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi. Xoz. "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasi tarkibida 
16 yirik goʻsht korxonasi (kombinatlar) 45 goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan 
xujaliklar, viloyat tumanlarida soʻqimga boqiladigan va boʻrdoqichilik punktlari 
hamda 160 dan ortiq oʻrta va kichik korxonalar bor. Respublika Go’sht sanoati 
oʻzining mustaqil va yetarli xom ashyo bazasiga ega. Keyingi yillarda respublikada 
chorva mollari bosh sonini saqlab qolgan holda, goʻsht va goʻsht mahsulotlari ishlab 
chiqarishni koʻpaytirishga erishish yoʻlidagi tadbirlar davom ettirilmoqda. 2000 y.da 
Oʻzbekiston Respublikasida 841,1 ming t goʻsht yetishtirildi (tirik vaznda) va Go’sht 
sanoatida 121,6 ming t goʻsht va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarildi. 
Respublikamizda ham barcha viloyatlarda sutni qayta ishlash zavodlari ishlab 
turibdi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin ancha istiqbollarga erishdik. 
Chorvachilikka e’tibor kuchaytirildi va davlat xo’jaliklariga, xususiy fermer 
xo’jaliklariga zamonaviy sut ishlab chiqarish va sutni qayta ishlash ilg’or chet el 
texnologiyalari kirib kelmoqda.
1 litr sut uchun sut bezi qon tomirlaridan 450-500 litr qon filtrlanib o’tishi 
kerak. Sut - qondagi oziq moddalardan hosil bo’lib, alveolalarda sintezlanib 
ksantofil va laktoflavin moddalari tufayli sut oq rangga aylanadi. Sut hosil bo’lishini 
nerv gumoral yo’l bilan boshqaradi. Yelin sog’ilganda, buzoq emganda, massaj 
qilinganda hayvon yelinidagi reseptorlar ta’sirlanadi. Bu gipofiz bezining faoliyatini 
kuchaytiradi - prolaktin va oksitasin gormonlari ishlab chiqariladi. Qalqonsimon 
bez, buyrak usti bezlari ham ta’sir etadi. Ular moddalar almashinuviga ta’sir qiladi. 
Agar moddalar almashinuvi o’zgarsa sut hosil bo’lishi ham o’zgaradi. Gipofiz bezi 
olib tashlansa sut berish kamayib keyin to’xtab ham qoladi.
Sutni xo’jalikda dastlabki ishlash uni suzish (tozalash), sovitish, saqlash, 
pasterlash va ba’zan muzlatishlardan iborat. Sutni dastlabki xususiyatlarining 
saqlanishini uzaytiradigan barcha ishlar sutni qayta ishlash deb ataladi. Xo’jalikda 


18 
qayta ishlash - sutga dastlabki ishlov berish, zavodlarda qayta ishlab boshqa 
mahsulotga aylantirish esa ikqilamchi qayta ishlash deb ataladi. Asidofilin, kefir, 
sariyog’, pishloq tayyorlash uchun sutning avvalgi xususiyatlarini o’zgartiradigan 
ishlar sutdan boshqa mahsulotlar ishlash deb yuritiladi.
Sutni suzish. Sog’ish vaqtida sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, sutga 
go’ng zarrachalari, chang, ozuqa, hayvon juni, tushama qismlari tushadi. Sut birinchi 
marta o’lchash chelagidan flyagalarga quyilishda suziladi, ikkinchi marta ferma 
sutxonasida tozalanadi. Undan so’ng zavod sut mashinasiga quyilayotganda 
suziladi. Sut maxsus suzgich elak bilan suziladi. Ikki metall elak orasiga yupqa paxta 
qatlami quyiladi. Paxta qatlami qanchalik tez o’zgartirilib turilsa, sut shunchalik toza 
bo’ladi. Paxta bo’lmasa, ipdan yoki jundan to’qilgan mato ishlatish mumkin. Suzib 
bo’lingach matoni har doim qaynatish va tozalab yuvib turish kerak, aks holda bu 
mato mikroorganizmlar manbai bo’lib qoladi. Keyingi vaqtlarda polietilen to’qima 
(sintetik)-lavsan va enant qo’llanilmoqda. Bu to’qimalar zarasiz bo’lib, nihoyatda 
chidamli va pishiq bo’ladi. Bundan tashqari ularni tozalash va sterillash ham ancha 
oson.
Qo’shrabot tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil 
etildi (3.1.1-jadval). 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling