Mavzu: «Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish»


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana06.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1332662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2019 Chorvachilikda mahsulotlarini

2.2.1-jadval 
Qo’shrabot tumanida mehnat resurslari manbalarining shakllanishi 
tahlili (kishi)* 
№ Ko’rsatkichlar 
Yillar 
2018 yilda 2016 yilga 
nisbatan o’zgarish 
2016 
2017 
2018 
+/- 

1. Mavjud aholi soni 
115769 116984 118224 
2456 
102,1 
2. 
Mehnatga layoqatli 
aholi 
61576 
62178 
65074 
3498 
105,7 
3. Band aholi 
43478 
44378 
46127 
2649 
106,1 
4. 
Fermer xo’jaliklari 
a’zolari 
866 
1027 
1274 
408 
147,1 
*Manba: Qo’shrabot tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 
 
2.2.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tumanda 2018 yilda mavjud 
aholi soni 118224 kishi bo’lib, 2016 yilga nisbatan 2456 kishiga yoki 2,1%ga 
oshgan. Mehnat resurslari va ularning manbalari o’rganilgan barcha ko’rsatkichlarda 
oshganligi aniqlandi. 
2.3. Moddiy resurslar va ulardan foydalanish 
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi ishlab chiqarish jarayonidagi 
faoliyatga ko’ra, mehnat predmetlari hamda mehnat vositalariga bo’linadi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilib, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 


14 
yetishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqarish jarayonida bir marta 
qatnashib, o’z shakllarini to’liq o’zgartiradigan predmetlar tarmoqning mehnat 
predmetlarini tashkil etadi. 
Ularga sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan yoqilg’I, yog’lovchi materiallar, 
kimyoviy o’g’it, yem va boshqalar kiradi. Ular tarmoqning mahsulot ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida bir marta qatnashib, o’z shakllarini 
to’liq o’zgartirib, qiymatni ham ularga o’tkazadigan predmetdir. Tarmoqda band 
bo’lgan insonlarning ongli mehnati, mehnat predmetlari yordamida qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlarni bajarish maqsadida bir necha yillar 
foydalaniladigan narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Ular tabiat, sanoat 
tarmoqlari va qishloq xo’jalik tarmoqlarida yaratilgan bo’lib, turli xildagi 
mahsulotlarni yetishtirishda, xizmatlarni ko’rsatishda bir necha yillar mobaynida 
foydalanilib, o’z ko’rinishini, shakllarini o’zgartirmasdan, lekin qiymatning bir 
qismini mahsulotlarga, ishlarga va xizmatlarga o’tkazib boradigan vositalardir. 
Ularga qishloq xo’jalik texnikalari hisoblangan mashina-traktorlar, kombaynlar, 
seylkalar, kultuvatorlar, sug’orish inshoatlari, binolar, stanoklar va boshqalar kiradi. 
Yerlar, tabiiy o’rmonlar – tabiat mahsulodir. Ishchi va mahsuldor chorva hayvonlari, 
bog’zorlar, tokzorlardan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun bir necha 
yillar mobaynida foydalaniladi. Asosiy vositalar yillar mobaynida foydalanish 
natijasdida jismoniy hamda manaviy eskiradi. fan-texnika taraqqiyoti natijasida 
yangi, zamonaviy texnikalarning yaratilishi tufayli ular manaviy jihatdan ham 
eskiradi. 
Amortizasiya – bu ishlatilgan ishlab chiqarish vositalarini pul ifodasidagi 
qoplanishidir. Har bir korxonada amortizasiya fondi tashkil etiladi. 
Asosiy vositalarning eskirishini ularning amaldagi eskirish meyorlari 
(normativlari) yordamida aniqlash mumkin. Ularning eskirish qiymati amortizasiya 
summalari, deb ataladi.
Asosiy vositalarning eskirish meyori (normativ) berilmaganda asosiy 
vositaning balan qiymatini uning xizmat muddatiga taqsimlash orqali eskirish 
meyori aniqlanadi. Xo’jalikda bir necha yillar davomida ishlatilgan vositalar kapital 
tamirlangan bo’lsa, ular balans qiymatiga qoshiladi. 
Yeskirish qiymatlari yetishtiriladigan mahsulotlarga, xizmatlarga belgilangan 
tartibda o’tkaziladi. 
Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolar mehnat predmetlaridan hamda 
mehnat vositalaridan oqilona foydalanish natijasida turli xildagi sifatli qishloq 
xo’jalik mahsulotlari yetishtirib, foydali xizmatlarni bajaradilar. Ularning 
yig’indisini qishloq xo’jalik vositalari yoki fondlari tashkil etadi. Qishloq xo’jalik 
fondlari 
tarmoqdagi 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarida 
qatnashishiga 
yoki 
foydalanilishiga ko’ra, ishlab chiqarish fondlari hamda noishlab chiqarish 
fondlaridan tashkil topadi. 
Ular qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qatnashishining zaruriyligi hamda 
muddatiga ko’ra, yuqorida ko’rsatilganidek, asosiy va aylanma fondlarga bo’linadi. 
Asosiy vositalar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra, qishloq xo’jalik ishlab chiqarish 
jarayonida bir necha yillar qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan 


15 
mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yilma yil qisman o’tkazib boradi (yani 
eskirish qiymatini). 
Har bir qishloq xo’jalik korxonasining fondlar bilan ta’minlanganligi ishlab 
chiqarishning to’g’ri va soz olib borilishi garovidir. Samarqand viloyati fermer 
xo’jaliklarida mavjud texnikalar soni tahlillar davomida o’rganildi (2.3.1.-jadval). 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling