Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
25 3.3.2-jadval Urgut tumanida go’sht ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili (2016-2018 yy.)* № Ko’rsatkichlar O’lchov birligi Yillar 2018 yilda 2016 yilga nisbatan o’zgarish 2016 2017 2018 +/- % 1 Jami mahsulot tonna 18236,4 18155,0 19390,0 1153,6 106,3 2 Jami daromad mln so’m 145891,2 199705,0 175673,4 29782,2 120,4 3 Jami xarajatlar mln so’m 126589,8 176938,6 142322,6 15732,8 112,4 4 Yalpi foyda mln so’m 19301,4 22766,4 33350,8 14049,4 172,8 5 1 birlik mahsulotning: - Sotish bahosi so’m/s 800000,0 1100000,0 906000,0 106000,0 113,3 - Tannarxi so’m/s 694160,0 974600,0 734000,0 39840,0 105,7 - Foydasi so’m/s 105840,0 125400,0 172000,0 66160,0 162,5 6 Rentabellik darajasi % 15,2 12,9 23,4 8,2 punktga oshgan *Manba: Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 3.3.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Urgut tumanida 2016-2018 yillarda go’sht ishlab iqtisodiy ko’rsatkichlarida o’sish kuzatilgan. Tumanda go’sht ishlab chiqarish miqdori – 6,3%ga, jami daromadlar – 20,4%ga, yalpi foyda – 72,8%ga, mahsulot sotish bahosi – 13,3%ga, undan olingan foyda – 62,5%ga oshib, rentabellik darajasi – 8,2 punktga oshgan. 26 4. CHORVACHILIKDA SUT GÒSHT MAXSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 4.1. Mollar maxsuldorligini oshirish imkoniyatlari. Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish tadbirlariga bir qancha amalga oshirilishi muhim bo’lgan tadbirlar kiradi. Ular quyidagilar: Veterinariya xizmatlari. Bu boradagi munosabatlar O’zbekiston respublikasining “veterinariya to’g’risida”gi qonuniga muvofiq tartibga so-linadi. qonunda veterinariya ishi, veterinariya xizmatining tuzilishi va uni boshqarishning ta’rifi, veterinariyaning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Bugun respublika veterinariya xizmati uning hududiy bo’limlari va fermer hamda dehqon xo’jaliklariga ko’rsatayotgan xizmatlarni hisobga olganda, chor- vachilik infratuzilmasining eng rivojlangan sektori hisoblanadi. Barcha hududlarda viloyat veterinariya boshqarmalari, tumanlarda veterinariya bo’limlari mavjud. Quyi bo’g’inda veterinariya xizmati davlat va xususiy zooveterinariya punkt- lari ish olib boradi. davlat punktlari fermer va dehqon xo’jaliklaridagi qoramollarni emlash, davolash, sun’iy qochirish xizmatlarini ko’rsatadi, xususiy punktlar chorva mollarini davolash bilan shug’ullanadi, ayrimlari davlat veterinariya xizmati bilan tuzilgan shartnoma asosida chorva mol-la rini emlash va qochirish bilan shug’ullanadi. Xususiy punktlar viloyat zooveterinariya organlari tomonidan beriladigan lisenziyalar bo’yicha ish yuritadi. 2007 yilning avgust oyi o’rtalarida respublikada 2128 ta zooveterinariya punkti mavjud edi. 2006-2010 yillarda chorvachilikni rivojlantirish dasturiga muvofiq yangi punktlar muntazam tashkil etilmoqda. yangi punktlarning tashkil etilishi ularga binolar ajratish va zarur uskunalar bilan ta’minlashni ko’zda tutadi. Biroq, bu jarayon barcha joyda ham muvaffaqiyatli kechayotgani yo’q. Ba’zida, zarur binolar ajratilmasligi tufayli punktlar faoliyat ko’rsatmaydi. so’nggi yillarda tashkil etilgan ko’pgina punktlar tegishli inshootlarga ega emas va moddiy-texnik jihatdan to’la ta’minlanmagan. Shu sababli ular faol ish yurita olmayapti. Chamasi, byudjetdan ajratilayotgan mablag’ yetishmaydi, tashkil etilayotgan yangi xususiy zooveterinariya punktlari soni unchalik ko’p emas. Bundan tashqari, bankdan uskuna sotib olish uchun kredit olish foizlarining yuqoriligi, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi rasmiyatchiliklar tufayli juda qiyin. Qoramol va boshqa uy hayvonlari oqsim, kuydirgi, brusellyoz, emkar, vabo, quturish, leptospiroz kabi yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi. Boshqa davlatlar bilan chegaradosh hududlarda joylashgan xo’jaliklarda emlash ishlarini o’tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Emlash preparatlari veterinariya punktlariga qoramol soni ko’rsatilgan buyurtmalar bo’yicha viloyat veterinariya xizmatlari tomonidan byudjet mablag’lari hisobidan bepul ajratilmoqda. Emlash kasallik turiga qarab, bir yilda bir yoki ikki marta amalga oshiriladi va biriktirilgan hududdagi barcha chorva 27 mollarini qamrab olishi kerak. Chorva mollari egalari shpris va mutaxassis xizmatiga haq to’laydi. Sun’iy qochirish. Aholi va fermerlarga tegishli sigirlarni sun’iy qochirish veterinariya punktlari mutaxassislari tomonidan chorva mollari zotini yaxshilash va ularning sonini ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladi. Chorva mol urug’i veterinariya punktlariga “O’znaslchilik” korxonasidan maxsus dyuar idishlarida yetkazib beriladi. ushbu idishda urug’ idish sifati va hajmiga qarab, 30-80 kun davomida saqlanishi mumkin. har bir sigir ikki marta qochiriladi (ertalab va kechqurun). Agar qochirish samarasiz bo’lsa, mol egalari punktga qayta murojaat qiladi. Har yili qishloq va suv xo’jaligi vazirligi respublika veterinariya xiz-matiga “O’znaslxizmat” uyushmasi bo’limlari bilan zooveterinariya punkt la rini urug’ bilan ta’minlash bo’yicha shartnomalar tuzishni topshiradi. Biroq, bu rejalar bajarilmayotir. Masalan, 2007 yilda qishloq va suv xo’jaligi vazirligi topshirig’i 1 milliondan ortiq urug’ni tashkil etgan bo’lsa, aslida 2007 yilning 10 avgust holati bo’yicha “O’znaslchilik” korxonasi bilan 258 ming doza uchun shartnoma tuzilgan. Bu topshiriqning atigi 25 foizi demakdir. Haqiqatda esa 93,8 mingta doza sotilgan, ya’ni, shartnomada ko’zda tutilgan miqdorning bor-yo’g’i 36 foizi sotilgan. 64,6 ming bosh sigir yoki topshiriqda ko’zda tutilgan sigirlarning 12,7 foizi (rejada 508 ming bosh sigir) sun’iy urchitilgan. Sun’iy qochirish borasidagi ishlarning qoniqarsizligining qanday sabab lari bor? Birinchidan, chorva mollari egalarining ko’pchiligi to’lovga layoqatsizdir. ikkinchidan, aholi mollarni sun’iy qochirishning ahamiyatini tushunmaydi, uchinchidan, “O’znaslxizmat” korxonasi buyurtmalarning mavjud hajmini ham bajara olmayapti. To’rtinchidan, sun’iy qochirish punktlari va qochirish uchun mutaxassislar yetishmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sun’iy qochirish ko’pincha samarasiz bo’ ladi va sigirlar egalari punktlarga takroran murojaat qiladi. Bu holat, bi-rinchidan, zooveterinariya punktlari qo’shimcha xarajat qilishga olib kel-moqda va ularning daromadiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, ikkinchidan, ushbu tadbirning maqsadga muvofiqligi aholida shubha uyg’otmoqda. 2007 yilgi so’rov shuni ko’rsatdiki, qoramollarni sun’iy qochirish xizmat-lariga talab kam – dehqonlarning atigi 2 foizi sun’iy qochirish bo’yicha veterinariya punktlariga murojaat qilgan. sun’iy qochirish xizmatidan foy dalanadigan chorva mollari egalari aksariyat hollarda ushbu xizmatlar sifatini qoniqarsiz deb hisoblaydi. so’rov natijalariga qaraganda, bu xizmatga bo’lgan talabning bunchalik pastligi muayyan darajada xizmatdan foydalanish borasidagi cheklovlar bilan emas, balki, an’analar bilan ham bog’liqdir. Faqat ayrim uy xo’jaliklari egalari qochirish punktlarining olisligi, xizmatlar narxining yuqoriligi va sifati pastligi, urug’lantiruvchi material yo’qligi va hokazolar haqida gapirdi. Qoramol parvarish qilayotgan fermerlarning atigi 12,5 foizi sun’iy qochirish xizmatlaridan foydalanadi va ularning aksariyati ushbu xizmatlar sifatini qoniqarsiz baholaydi. ko’pchilik fermerlar sun’iy qochirish afzalligini ko’rmayotgani va shu sababli bunday xizmatdan foydalanish za-rur ligini his qilmayotganini aytdi. Chorva mollari boqayotgan, ammo sun’iy qochirishdan 28 foydalanmayotgan fermerlarning yarmidan ko’pi bunga muhtoj emas, chunki, o’z xo’jaligida zotdor buqalari bor. ularning 39 foizi bu uslubni qo’llashni istamayotganini aytdi. 9 foizi sun’iy qochirish punkti fermer xo’jaligidan ancha olisda joylashgani bois undan yetarli darajada foydalanmaydi. Fermerlarning 6 foizi urug’lantiruvchi material yo’qligi va yana 5 foizi xizmat haqining balandligi va sifati pastligi haqida gapirdi. So’rov natijalari shuni ko’rsatadiki, sun’iy qochirishni qo’llash sut so g’ishni 30 foizga oshiradi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling