Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish


 Qoramolchilikda sut va gòsht ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana25.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1398757
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini

 
3.2. Qoramolchilikda sut va gòsht ishlab chiqarishni tashkil etish 
Respublikamizda chorva mollari bosh sonini ko’paytirish, mahsuldorligini 
oshirish bilan bir qatorda ularning genofondini saqlash va naslini yaxshilashga katta 
e’tibor qaratilmoqda. 
Respublikada 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra yi- rik shoxli qoramollar 
bosh soni barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha olganda 10994600 boshni tashkil 
etadi. Shu jumladan, fermer xo’jaliklarida qoramollar soni 545200 boshni yoki jami 
qoramollarning 4,96 foizini, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida 
10328100 boshni yoki jami qoramollarning 93,94 foizini va qishloq xo’jaligi 
faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 121300 boshni yoki 1,1 foizni tashkil 
etadi. 
Qoramollar soni 2014 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 387600 boshga yoki 3,7 
foizga ko’paygan. Shu jumladan, fermer xo’jaliklarida 5400 boshga yoki 1 foizga, 
dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida 370700 boshga yoki 3,72 
foizga va qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 11500 
boshga yoki 10,5 foizga o’sgan. 
Barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha eng yuqori o’sishga 5,5—6,4 foizgacha 
Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Far- g’ona viloyatlarida erishilgan. Bosh soni 
bo’yicha olganda bir milliondan yuqori bo’lgan Samarqand (1,4), Qashqa daryo(1,3) 
va Buxoro (1,1) viloyatlari tashkil etadi. Yirik shoxli qoramollarning asosiy qismini 
tashkil etgan de- hqon va aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari bo’yicha olganda, 
eng yuqori o’sishni Andijon (6,6%), Samarqand (6,0%), Sirdaryo(5,8%), 
Farg’ona(5,5%) va Navoiy(5,0%) viloyatlari tashkil etgan. Respublikada aholining 
eng zich joylashgan hududiga qaramasdan, Andijon va Farg’ona viloyatlari aholisi 
qoramolchilikka katta e’tibor qaratayotganlarini ko’ramiz. Mamlakatimizdagi 
mavjud yirik shoxli qoramollarning hududlar bo’yicha ulushini ko’radigan bo’lsak, 
Samarqand viloyati 12,8 foizini, Qashqadaryo viloyati 11,92 foizini, Buxoro viloyati 
10 foizi- ni, Andijon viloyati 8,77 Qoraqalpog’iston Respublika- si 7,92 foizini, 
Surxondaryo viloyati 7,31 foizini va Jizzax viloyati 7,0 foizini tashkil etadi. Sirdaryo 


22 
va Navoiy viloyatlarida qoramollarni ko’paytirish va boqish- ga shart-sharoitlar 
kengroq bo’lsa-da, bu ko’rsatkich eng kam, ya’ni mos ravishda 3,35 va 3,49 foizni 
tashkil etgan. Ushbu faoliyat bilan shug’ullanishga barcha ijobiy imkoniyatlari keng 
bo’lgan hududlar qatoriga Namangan (5,23%), Xorazm (6,87%) va Toshkent 
(6,86%) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasini (7,92%) ham ko’rsatish 
mumkin. 
Hududlar kesimida olib qaraydigan bo’lsak, barcha toi- fadagi xo’jaliklar 
bo’yicha jami sigirlarning eng ko’p ulushini Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, 
ya’ni mos ravishda 14,81 va 11,2 foizini tashkil etadi. Keyingi o’rinlarni Buxoro, 
Farg’ona, Toshkent va Andijon vilo- yatlari 9,28—8,13 foiz ulushlari bilan 
egallaydi. 
Sigirlarni sut mahsuldorligi bo’yicha hududlar kesi mida tahlil o’tkazadigan 
bo’lsak, 2014 yi 1 yanvar holati- da barcha toifadagi xo’jaliklar bir sigirning bir yil 
davomida bergan suti o’rtacha 2097,5 kg ni yoki har kuni o’rtacha 6,88 kgni tashkil 
etadi. Ushbu toifa bo’yicha eng yuqori mahsuldorlik Namangan viloyatida sutkasiga 
8,76 kg ni va eng past ko’rsatkich Qoraqalpog’iston Respublika- sida 3,62 kg ni 
tashkil etadi. 
Fermer xo’jaliklari toifasi bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, eng yuqori 
ko’rsatkich Farg’ona viloyatida, ya’ni bir sigirdan bir yilda 2385,6 kg yoki sutkasiga 
7,82 kg sut olingan bo’lsa, Surxondaryo viloyatida bu ko’rsatkich 891,2 kg yoki 
sutkasiga 2,92 kg sut olingan. 
Yuqoridagilar bilan birga chorvachilik mahsulotlarining shartnomaviy baholari 
inflyasiya darajasini e’tiborga olgan holda oshirilishiga ham davlat tomonidan 
yordam ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu mahsulotlarni asosan davlat 
aksiyadorlik korxonalari sotib olmoqdalar. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling