Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
Moddiy texnika resurslari tahlili va ulardan foydalanish imkoniyatlari
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
2.3. Moddiy texnika resurslari tahlili va ulardan foydalanish imkoniyatlari
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatga ko’ra, mehnat predmetlari hamda mehnat vositalariga bo’linadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilib, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda inson mehnati yordamida ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o’z shakllarini to’liq o’zgartiradigan predmetlar tarmoqning mehnat predmetlarini tashkil etadi. Ularga sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan yoqilg’I, yog’lovchi materiallar, kimyoviy o’g’it, yem va boshqalar kiradi. Ular tarmoqning mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida bir marta qatnashib, o’z shakllarini to’liq o’zgartirib, qiymatni ham ularga o’tkazadigan predmetdir. Tarmoqda band bo’lgan insonlarning ongli mehnati, mehnat predmetlari yordamida qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlarni bajarish maqsadida bir necha yillar foydalaniladigan narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Ular tabiat, sanoat tarmoqlari va qishloq xo’jalik tarmoqlarida yaratilgan bo’lib, turli xildagi mahsulotlarni yetishtirishda, xizmatlarni ko’rsatishda bir necha yillar mobaynida foydalanilib, o’z ko’rinishini, shakllarini o’zgartirmasdan, lekin qiymatning bir qismini mahsulotlarga, ishlarga va xizmatlarga o’tkazib boradigan vositalardir. Ularga qishloq xo’jalik texnikalari hisoblangan mashina-traktorlar, kombaynlar, seylkalar, kultuvatorlar, sug’orish inshoatlari, binolar, stanoklar va boshqalar kiradi. Yerlar, tabiiy o’rmonlar – tabiat mahsulodir. Ishchi va mahsuldor chorva hayvonlari, bog’zorlar, tokzorlardan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun bir necha yillar mobaynida foydalaniladi. Asosiy vositalar yillar mobaynida foydalanish natijasdida jismoniy hamda manaviy eskiradi. fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy texnikalarning yaratilishi tufayli ular manaviy jihatdan ham eskiradi. Amortizasiya – bu ishlatilgan ishlab chiqarish vositalarini pul ifodasidagi qoplanishidir. Har bir korxonada amortizasiya fondi tashkil etiladi. Asosiy vositalarning eskirishini ularning amaldagi eskirish meyorlari (normativlari) yordamida aniqlash mumkin. Ularning eskirish qiymati amortizasiya summalari, deb ataladi. Asosiy vositalarning eskirish meyori (normativ) berilmaganda asosiy vositaning balan qiymatini uning xizmat muddatiga taqsimlash orqali eskirish meyori aniqlanadi. Xo’jalikda bir necha yillar davomida ishlatilgan vositalar kapital tamirlangan bo’lsa, ular balans qiymatiga qoshiladi. Yeskirish qiymatlari yetishtiriladigan mahsulotlarga, xizmatlarga belgilangan tartibda o’tkaziladi. 18 Urgut tumani fermer xo’jaliklari moddiy resurslari qiymati 2016-2018 yillarda 3985,7 mln so’mga oshgan (2.3.1-jadval). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling