Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Tuman f/xda sut va gòsht ishlab chiqarishning hozirgi holari tahlili
3.2.1-jadval
Urgut tumanida chorvachilikning hozirgi holati tahlili (2016-2018 yy.)* № Ko'rsatkichlar O'lchov birligi Yillar 2018 yilda 2016 yilga nisbatan farq 2016 2017 2018 (+/-) % 1 Jami qoramol bosh soni bosh 34145 36818 38437 4292 112,6 - sh.j.: sigirlar bosh soni bosh 17424 18023 18576 1152 106,6 2 Qo'y-echkilar soni bosh 328416 362998 409099 80683 124,6 3 Otlar bosh 1387 1402 1497 110 107,9 4 Parrandalar ming bosh 143014 134912 142078 -936 99,3 5 Yetishtiligan jami go'sht tonna 18236,4 18155,0 19390,0 1153,6 106,3 6 Yetishtiligan jami sut tonna 26814,3 25268,0 26929,0 114,7 100,4 7 Tuxum ming dona 14243,2 13496,0 14505,0 261,8 101,8 8 Jun tonna 621,0 600,0 610,0 -11,0 98,2 9 Qorako'l teri dona 34015 33475 33640 -375 98,9 10 Asal tonna 24,2 24,5 25,6 1,4 105,8 11 Ovlangan baliq tonna 715,5 1000,3 654,8 -60,7 91,5 12 Pilla tonna 23,6 31,0 11,6 -12,0 49,0 *Manba: Urgut tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 23 3.2.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Urgut tumanida o’rganilgan davrda chorva bosh sonida faqat parrandalarda 936 ming bosh yoki 0,7%ga kam bo’lgan bo’lsa, qolgan chorva turlarida 6,6-24,6% miqdorida o’sish kuzatildi. 2016- 2018 yillarda go’sht ishlab chiqarish 6,3%ga, sut ishlab chiqarish – 0,4%ga, tuxum ishlab chiqarish – 1,8%ga, asal ishlab chiqarish - 5,8%ga oshgan bo’lsa, jun ishlab chiqarish - 1,8%, qorako’l teri - 1,1%, ovlangan baliq – 8,5% va pilla – 51,0%ga kamaygan. 3.3. Tuman f/xda sut va gòsht ishlab chiqarishning hozirgi holari tahlili Qoramolchilikda ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun podani takror ishlab chiqarish, kengaytirilgan xolda, mollarni ko’paytirishni, podani sifat va nasl jixatdan yaxshilashni talab etadi. 1990-yilda mamlakatimizda qoramollar sonini 4583 ming boshini tashkil etgan bo’lsa, 2003 yilga kelib 5851,7 ming boshni tashkil etdi yoki O’n uch yilda 27,7 foizga o’sgan, shu davrda go’sht ishlab chiqarish 16,6 foizga, sut-29,7 foizga ko’paygan. Lekin bunday o’sish axolining qoramolchilik maxsulotlariga bo’lgan talabini to’la ta’minlay olmaydi. Shuning uchun qoramolchilik maxsulotlari yetishtirishni ko’paytirish, podada kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni tashkil etish, poda tarkibini va mollar zotini yaxshilash xamda maxsuldorligini oshirish asosiy masalalardan bo’lib qolmokda. Qoramolchilikda podani takror ishlab chiqarishni tashkil etishga quyilgan quyidagi tashkiliy-texnologik tamoyillarga e’tibor berish lozim: tanalarni o’z vaqtida qochirish va birinchi tugishni tezkorlik bilan mollar yetilgan vaqtida tashkil etishga erishish; sigirlardan eng yuqori jadallik bilan foydalanish davrini davom etishni belgilash; sigirlarning qisir qolishiga yo’l quymaslik va ularning nasldorligini oshirish; buzoqlarni to’la, soglom saqlab qolishga erishish va podadagi rejadan ortiqcha olingan buzoqlarni jadal ravishda boqish; mollar zotini va maxsuldorligini yaxshilash maqsadida naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish. Podani takror ishlab chiqarishni to’gri yo’lga qo’yish va jadallashtirishning asosiy omillaridan biri, yosh tanalarni birinchi qochirishni o’z vaqtida tashkil etishdir. Tanalarni birinchi qochirish ularni boqish, semirtirish, asrash va boshqa sharoitlarga bogliqdir. Sutdor zotli qoramollarning birinchi tugishi uchun eng qulay fursat 24-27 oylik bo’lishi, xam go’sht, xam sut beradigan zotli mollar uchun 27-30 oylik bo’lishi qulay xisoblanadi. Albatta, bu ko’rsatkichlar mollarning zotiga va joylashgan xududiga ko’ra biroz farq kilishi xam mumkin. Sogin sigirlardan jadal foydalanishning axamiyati katta. Ma’lumki, sigirlarning eng samarali sut berish davri 10 yil davom etadi. Shu davr ichida xar yili 10% sogin sigirlarining qari, maxsulot berishi pasaygan qismini almashtirish tavsiya etiladi. Ayrim xollarda almashtirish 15-20% ni tashkil etadi, u xolda sigirlar maxsuldorligiga qarab almashtirish yana xam tezlashishi mumkin. 24 Chorvachilikning muhim mahsuloti bu – sut ishlab chiqarish bo’lib, sut ishlab chiqarish samaradorligi ham 2016-2018 yillar davomidagi holati tahlil etildi (3.3.1- jadval). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling