Mavzu: "Darsni rejalashtirish va o’qituvchilarning unga tayyorgarligi. O’qitish materialini bayon qilish shakllari"
Sinfni boshqarish va dars o'tish usullari
Download 64.37 Kb.
|
Darsni rejalashtirish va o’qituvchilarning unga tayyorgarligi O’qitish (3)
Sinfni boshqarish va dars o'tish usullari.Ishonchli dars rejasini tuzish sinfni boshqarishning muhim qismidir. Buning uchun samarali strategiyalarni sinfga, talabalarga va umumiy muhitga kiritish qobiliyati talab etiladi. Dars rejalarining ko'p turlari va ularni yaratish usullari mavjud. O'qituvchilar jamoaviy ishtirok etadigan talabalarni o'z ichiga olgan rejalar tuzish orqali guruh sharoitida tanqidiy fikrlashni rag'batlantirishlari mumkin. Vizual strategiyalar sinfni boshqarishda yordam beradigan dars rejalariga bog'langan yana bir komponentdir. Ushbu vizual strategiyalar turli xil talabalarga o'zlarining o'quv tuzilmalarini oshirishga yordam beradi va, ehtimol, ularning materialni yoki dars rejasidagi narsalarni umumiy tushunishlariga yordam beradi. Ushbu strategiyalar, shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalarga yanada samaraliroq o'rganish imkoniyatini beradi. O'qituvchilar sinfni boshqarish va talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan keng ko'lamli strategiyalarni amalga oshirishlari kerak. Ular o'zlarining maxsus sinflari, o'quvchilar turi, o'qitish uslubi va boshqalar uchun darsni rejalashtirishga kiritish uchun eng yaxshi strategiyalarni topishlari va ulardan o'z foydalari uchun foydalanishlari kerak. Agar o'qituvchi darsni to'g'ri rejalashtirgan bo'lsa, sinf yaxshiroq bo'ladi, chunki u talabalar uchun tuzilmani ta'minlaydi. Dars vaqtidan unumli foydalana olish asosiy dars rejalarini tuzish bilan birga keladi. 1.3. Ta’limning yordamchi shakllari Ta’limning yordamchi shakllari: to‘garak, praktikum, seminar, konferensiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi. Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o’quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O’quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. CHunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar. Darslarda pedagogning o’quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilarni rag’batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko’pincha vaqt etmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda, o’quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko’rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo’lini esa ko’rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo’lib qoldi. Fan to’garaklari yo’nalishi, mazmuni, ish metodi, o’qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. To’garaklar o’qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog’liqlikni rivojlantiradi. Fan to’garaklarida o’quvchilarning ishlari o’quv jarayonini faollashtiradi, o’qish sifatini oshirishga yordam beradi. Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo’yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o’tkazish uchun o’qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to’la rejani ishlab chiqishi, o’quvchilarni bo’lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o’quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko’rsatiladi. Ekskursiyani o’tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o’quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog’liq bo’ladi. Maktab o’quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo’yicha kurslarni tashkil etishni ko’zda tutadi. Ular o’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o’rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro’yxatini aniqlashda faqat o’quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo’yicha mashg’ulotlar majburiy va umumiy o’rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o’tkazilishi kerak. Maslahat (konsultatsiya – o’quv suhbati) ga talablar ko’pincha o’quvchilarning ma’lum o’quv materiali yoki topshirig’i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko’proq o’quvchi savol beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradi. Konsultatsiya o’qituvchiga o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarda o’zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko’z bilan qarashni tarbiyalaydi. O’qimishlilik darajasini to’g’ri aniqlashga yordam beradi. Oliy ta’lim tizimida ta’limning qanday tashkiliy shakllari qo’llanilmoqda? Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning o’ziga xos tashkiliy shakllari mavjud. Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg’ulotlar, kafedra o’qituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, o’quv kurslari bo’yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi. Oliy ta’lim tizimida ma’ruza o’quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og’zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi. Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o’qituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini, fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim. Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri - o’qituvchilar bilan talabalar o’rtasidagi do’stona, faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat. Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi o’quvchi talabalarning o’quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog’liq. Shunday ekan ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik madaniyati, o’z fanini puxta bilishligi va o’quvchi - talabalar bilan umumiy til topa olishlari g’oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’limni tashkil etishning zamonaviy (noan’anaviy) shakllari zarurati nimada? Uning qanday shakllari qo’llanilmoqda? Mustaqil O’zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin. An’anaviy metodlarning afzalliklari: ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali. o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi. vaqtdan unumli foydalanish. aniq, ilmiy bilimlarga tayanish. Keng pedagogik ma`nodagi tarbiya muayyan maqsadga qaratilgan bo`lib, jamiyat tomonida tayyorlangan yoxud o`qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi va turli xil o`quv mashg`ulotlari, maxsus o`tkaziladigan bir qator ma`naviyma`rifiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan shu kunga qadar qisqa vaqt mobaynida, pedagogika fanini yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarish, o`tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash va ularning g`oyalarini hayotga tadbiq etish kabi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatimizda talabalarni insonparvarlik, ilmiy-dunyoqarash, internatsionalizm hamda vatanimizga cheksiz muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash usulida ta`lim-tarbiya berishning yagona tizimi yo`lga qo`yilgan. Ta`limni tashkil etish shakli bu- o`qituvchi va o`quvchining ma`lum bir tartibda, anniq maqsadga yo`naltirilgan va ma`lum rejimdagi o`quv faoliyati hisoblanadi. O`quvchilarni qamrab olish, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari va o`quvchilarning faoliyatini tashkil etish belgilariga ko`ra uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars; ma`ruza seminar. Ta`limni tasgkil etishning shakllari: An`anaviy ta`lim shakli, noan`anaviy ta`lim shakli va yordamchi shakllariga bo`linadi. Ta`limni tashkil etishning yordamchi shakllariga fakultativ mashg`ulotlar sanaladi. Ular o`quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to`garaklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, ko`rgazmalar va ekspeditsiyalar shular jumlasidandir. Ta`lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi: Fan to`garaklari yo`nalishi, mazmuni, ish metodi, o`qitish vaqti kabi jihatlari ajralib turadi. O`quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish va asosiysi, o`qishga ijobiy munosabatini shakllantirishga bu kabi to`garaklar yodam beradi. To`garaklarni o`qitishda uning hayot bilan aloqasiga va fanlararo bog`liqligiga alohida e`tibor qaratish joiz. Sababi, darsdan tashqari to`garaklar o`quv jarayonining faolligini oshirishi va o`quvchilarning ishlarini sifatini oshirish darkor. Ta`limning yordamchi shakllaridan ekskursiyalar ham joy olgan. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo`lishi mumkin. O`quv ekskursiyalarialohida fanlar yuzasidan ham tashkillashtiriladi. Ekskursiyaning muvaffaqiyatli o`tishi o`qituvchining puxta tayyorgarligiga, obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishiga va o`quvchilarni topshiriqlarni bajarishga jalb qila olishiga bog`liq. Ekskursiyani o`tkazish metodikasi: mavzu, didaktik maqsad, o`quchilarning yoshi hamda ekskursiya obyektiga qarab tanlanadi. O`quvchilarda kuzatish va tahlil qilishga oid ko`nikmalarini shakllantirishda o`quv ekskursiyalarining o`rni katra. O`quv ekskursiyalari o`quv dasturlarida ko`zda tutilgan bo`lib, u yoki bu o`quv predmeti uchun ajratilgan vaqtda o`tqaziladi. Ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati ham katta sanaladi, uning vositasida bolalar jamoatchilik, vatanparvarlik, estetik tarbiya amalga oshiriladi. O`quv ekskursiyalari to`rt tomonlama tasnif etiladi: o`quv predmetlariga ko`ra, ta`lim jarayonidagi o`rniga ko`ra, tarkibiga ko`ra va ajratilgan vaqtiga ko`ra. Maktab o`quv rejasi turli fakultativ tanlovlar, kurslarni tashkil etishni ko`zda tutadi. Amliyotda iqtisod, radiotexnika, etika, rassomchilik, musiqa kabi kurslar o`quvchilar va ularning ota0onlari istagidan kelib chiqib tashil qilinadi. Fakultativ fanlarni tashkil etishda bo`lsa, faqat o`quvchilar istaklaridan emas, balki ijtimoiy talablar va muassasa imkoniyatidan kelib chiqadi. Ta`limning darsdan tashqari boshqa shakllari xilma-xil bo`lib, unga uy vazifalari alohida o`rin egallagan. Uy vazifalari bevosita o`qituvchining ishtirokisiz ammo uning ko`rsatmalari yuzasidan bajariladi. Uy vazifalari quyidagi talablardan tashkil etiladi: - O`quvchilardan uy vazifalarini bajarishda ishtiyoq, xavas va qiziqishlarni oshirish. Buning uchun uy vazifalarning maqsadi, ularning axamiyati o`quvchilarga tushuntiriladi. - Uy vazifalarini bajarishni nazorat etish, bolalarni rag`batlantirish. - Uy vazifalari asta-sekin murakkablashtirish, optimal qiyinligini ta`minlash va turlarini o`zgartirib borish. - Uy vazifalarini bajarishi uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish. Darslarda pedagoglar o`quvchilarning uy vazifalarini halol bajarishlariga juda kam e`tibor qaratishayotganligi, vazifalarni sinfda tekshirishga urinmasliklari, rang`batlantirib borishdan qochishlari keng tarqalgan kamchiliklardandir. Uy vazifalarni qanday bajarish kerak ekanlini tushuntirib berishga vaqt yetmay qoladi va shoshilinchda berib yuboraveriladi. Kamdan-kam vaziyatlarda o`qituvchilar uy vazifasini bajarayotib, qilingan xatolarni ko`rsatib berishadi. Xatto xatolarni oldini olish yo`lini ham ko`rsatishmaydi. Natijada, mustaqil vazifalar samarasiz qolib ketaveradi. Har bir darsning muvaffaqiyati ko`p jihatdan mashg`ulotani tog`ri tashkil etilganligiga bog`liq. Dars o`qituvchi va o`quvchining ijodiy hamkorligiga asoslansagina, o`quvchilar mustaqil va teran fikrlay oladigan va irodalari mustahkamlanib boradi. Muammoli vaziyatlarga qo`rqmasdan, dalil o`zlari yechim topishga o`rganishadi. II BOB. O’qitish materialini bayon qilish shakillari. 2.1. Ta’lim shakllari bo’yicha umumiy tushuncha. Dars ta'limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o`qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta`lim jarayonining asosiy shakli hisoblanadi. Darsda har bir o`quvchi xususiyatlarini hisobga olish , barcha o`quvchilarning mashg`ulot jarayonida o`rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari ularning idrok etish qobiliyatlari va ma`naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi. Sinf dars tizimiga garchi 350 yil avval asos solingan bo`lsa-da, bugungi kunda ham keng ko`lamda foydlanilmoqda. Uning asosiy mazmuni o`quv ishlarini tashkil etishning o`ziga xos shakli sifatida quyidagilarni o`z ichiga oladi: bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo`lgan ta`lim oluvchilar, ya`ni o`quvchilar sinfni tashkil etadi. Sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo`yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo`ladi. Mashg`ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi. Dars odatda bir fan yoki mavzuga bag`ishlangan bo`ladi, shu bois, ta`lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar. Darsda ta`lim oluvchilarning ishiga ta`lim beruvchi rahbarlik qiladi, u o`z fani bo`yicha o`qish natijalarini, har bir ta`lim oluvchining alohida bilimini baholaydi. O`quv yili oxirida pedagogik jamoa, ya`ni ta`lim beruvchilar xulosalari bo`yicha ta`lim oluvchini keyingi sinfga o`tishi haqida qaror qabul qilinadi. Alohida o`quv fanlarini o`qitish metodikasi va didakrikasiga oid asarlarda ta`limning sinf dars tizimining afzalliklari va kamchiliklari ko`rsatib beriladi. Ular quyidagilar: 1. Afzalliklari: -yaxlit o`quv; -tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta`minlovchi aniq tashkiliy tizim; -jarayonlarning oddiy boshqarilishi; -muammoning jamoa bo`lib muhokama qilinishi , masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida ta`lim oluvchilar o`rtasida o`zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; -ta`lim beruvchining ta`lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta`sir ko`rsatishi; -ta`limning emotsionalligi, o`quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi. 2. Kamchiliklari : - tizimning bilimlarni asosan o`rta darajada o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilar uchun mo`ljallanganligi, bo`sh o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o`zlashtiruvchi ta`lim oluvchilarning qobiliyatlarining rivojlanish sur`atining ortga surilishi ; -ta`lim beruvchi uchun o`qitish mazmuni va o`qitish sur`atlari hamda metodlari bo`yicha individual ishlarni tashkil etish , shuningdek , ta`lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchiliklarni yuzaga kelishi ; -katta va kichik ta`lim oluvchilar o`rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi. Bugungi kunda darsni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qo`yilmoqda: 1. Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan to`g`riligi. 2. Darsning ta`limiy ‘tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi. 3 O`qitishning yaxlit dars va uning ma`lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan ta`lim oluvchilarning bilish faolliklari va tanlash. 4.Mashg`ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini qo`shib olib borish. 5.Ta`lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta`lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish. 6. Darslarning o`zaro uzvuy va dialektik xususiyatga ega bo`lishiga erishish. 7. Ta`lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish. 8.Darsda ta`lim oluvchilarni o`qitish va tarbiyalash uchun qulay shar-sharoit yaratish. 9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish. 10. Darsda ta`lom oluvchilar erkinligini ta`minlash. XV asrda jamoaviy o`qitishni tashkil etish g`oyasini Muhammad Tarag`ay Mirzo Ulug`bek davom ettiradi. U o`zining madrasalarida individual mashg`ulotlar tizimini bekor qiladi va jamoaviy sinf-dars tizimiga yaqin bo`lgan shaklni joriy qiladi. Umumiy ma`ruzani 50-70nafar kishidan iborat katta guruhga odatda, o`z sohasida mashhur bo`lgan olim mudarris o`qiydi, amaliy mashg`ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhga kichik muddaris olib boradi. XV-XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi va uning natijasida ta`lim berishning ommaviy shakli yuzaga keldi. Ulardan biri ta`lim oluvchilarni o`qitishning guruhli turi deb ataladi. Ular G`arbiy Rossiyadagi birodarlik maktablarida ilk bor qo`llanilgan va undagi o`qish sinf-dars shaklining asosi bo`lgan. Bu tizimlar XVIIasrda Yan Amos Komenskiy tomonidan “Buyuk didaktika “asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommalashtirild. Olim pedagogikaga o`quv yili, o`quv kuni, dars mashg`ulotlari orasidagi tanaffus o`quv ta`tillari kabi tushunchalarni kiritgan. 2.2. О‘qitishning passiv, faol va interfaol metodlari Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o'qitish interfaol o'qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o'qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga faoliyat yurituvchi, savollarni o'zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo'zg'atib va faollashtirib boradigan o'quvchi va o'qituvchi faoliyati markaziy o'rinni egallaydi. Interfaol usulni qoilaganda hammasidan ko'ra bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammoni yechishni izlaganlarida iiamoyon bo'ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta'sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o'zining shunga o'xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi filer bildirishga da'vat etadi. Bunday mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchidan ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etiladi. Oldindan ma'lum yoki ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etuvchi kitobdan o'qiganlarini hikoya qilish shaklidagi dars passiv darajada o'tadi. Interfaol usuli nafaqat ta'limda balki, tarbiyada ham ayniqsa yaxshi natija keltiradi, ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda o'qituvchi muhokamaga ta'sir qilganda nafaqat fikr bildiradi, balki muammoga o'zining shaxsiy munosabatini, axloqiy mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. Talabalar bahsida o'qituvchini ishtiroki turlicha boiishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham o'zini fikrini o'tkazmasligi kerak. Yaxshisi bahsni boshqarishda yaxshilab hisoblab chiqilgan usul, sermahsul fikrlashni, yechimini topishda ijodiy izlanuvchanlikni talab etuvchi yoini muammoli savol qo'yish orqali boshqarish lozim. O'qituvchi o'z nuqtayi nazaridan chiqarishda fikr bildiradi, faqat talabalar fikridan xulosa chiqarish bilan isbotlash va xato fikrlarni rad etish kerak. Bu usul bilan bahsni nafaqat mazmuni intellektual - bilish, nazariy savollarni yoilash mumkin, shuningdek, hamkorlikda sermahsul faoliyatlarini tuzish, talabalar shaxsiga o'z ta'siri bilan o'quv faoliyatini o'quv tarbiya jarayoniga aylantirishi mumkin. Shu tartibda, interfaol o'qitish usuli, talabalarning hamkorlikdagi faoliyati o'qituvchining bahslardagi ishtiroki tufayli dars jarayonini nafaqat hamkorlikdagi faoliyati bo'ladi, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlarining real ijodiy sermahsul faoliyatiga aylanadi. O'qishdagi hamkorlik o'z-o'zidan talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, to'g'ridan-to'g'ri ularning ichki dunyosiga ta'sir etadi va dars jarayonini asosiy tarbiyaviy funksiyasi hisoblanadi. Hamkorlikdan tuzilgan sermahsul faoliyatni uchta alohida faol usul nomi bilan ajratish mumkinmi? Umuman olganda, dars jarayonini tarbiyaviy funksiyasini hisobga olganda mumkin. Lekin bunday qilish kerakmi? Bu maqsadga muvofiq hisoblanmaydi, zero interfaol usul bu o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi ijodiy (sermahsul) faoliyati, shaxsning hamkorlikdagi jarayonigina emas, shuningdek, bilish izlanish jarayonini yuzaga kelishi hamdir. O'qituvchi shu narsani doim esda tutishi lozimki, bahsda savollarni o'z holicha qilmasdan, faqat faol bilishning yo'nalishi «talaba-talaba» hamkorligi bilan chegaralanib qolmasdan, doim «o'qituvchi-talaba» tizimini qo'shilishi muhimligini nazarda tutish kerak. Interfaol o'qitish usuliga quyidagilar kiradi: 1) evrestik suhbat; 2) bahs usuli; 3) aqliy hujum; 4) davra stoli; 5) ishbilarmon o'yinlar usuli; 6) amaliy ish bo'yicha tanlov muhokamasi va boshqa alohida o'qituvchi bilan qo'llanuvchi — zavqli interfaol o'qitish usullari kiradi. Ularning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Interfaol o'qitishning bir usuli everstik suhbat bo'lib, lotincha — «to'playman, izlayman» ma'nolarini anglatadi. Bu suhbat usuli bo'lib qadimgi grekcha ko'rinishi Suqrot suhbati deb nomlangan o'qitish tizimiga asoslangan. Shu yo'l bilan mohirona savollar tuzish va o'quvchini qo'yilgan savolga mustaqil ravishda to'g'ri javob topishga yo'naltirish kerak. Bu o'qitish usulini Suqrotnikidan farqi uning keng doirada jonligidir. Lekin uning so'zsiz o'xshashlik tomonlari ham mavjud, o'z tavsifiga ko'ra olinayotgan funksiyasi bevosita ularni faol o'ylash orqali o'quvchilami mohirona savol berishga qaratilganligidir. O'z yo'nalishining psixologik tabiatiga ko'ra — evrestik suhbat bu jamoaviy fikrlash yoki suhbat, muammoning yechimini izlovchi sifatidagi suhbatdir. Shuning uchun pedagogikada bu usul muammoli o'qitish usullaridan hisoblanadi, shu qatorda muammoli izlanuvchi deb ataluvchi suhbatdan everestik suhbat psixologik tomondan hech ham farq qilmaydi. Pedagogika ular orasida shaxsiy miqdoriy chegara o'tkazadi. Agar evrestik suhbat faqat qaysidir mavzuni bitta elementiga tegishli bo'lsa, muanimoli izlanishda esa - muammoli vaziyatlar ko'p. Biroq bunday farqlanish tipni ko'tarmaydi, amaliyotda suhbatni haqiqiysiga aylantirishsa mashg'ulotlarda «faqat bitta» va «ko'p» muammolar orasidagi bu ko'rinmas farqni sezish mumkin emas: o'qituvchi va auditoriya orasidagi suhbat ko'p savolli suhbatga aylanadi va mavzuga tegishli suhbat bilinmasdan bahsga o'tadi. Lekin endi bu o'qitishning boshqa usulidir, bunga keyinroq to'xtalamiz. Gap shundaki, suhbatda fikrlab izlanish jamoaviy izlanishga aylanadi va muammoning yechimini izlashda fikrlar almashinuvi, turli variantlar, orasidagi xulosalar hamkorlik va hamfikrliylik bir-birini faollashtiradi. Shuning uchun mantiqan bu usul interfaol o'qitish usuli sifatida ko'rib chiqiladi. Suhbatni evrestik suhbatga aylantirish uchun qo'yilgan savollar ham boshqa muammoli o'qitish usullari rioya qiladigan shartlarga bo'ysunadi. Evrestik suhbaiga aylanish jarayonida esa, muammoli vaziyatni keltirib chiqarilgan interfaol o'qitish iisullaridan birini amalga oshirishdan bo'lak narsa emas. So'nggi ishlarda bahs interfaol o'qitish usuli sifatida qoilanila boshlandi. Bahs usuli yoki o'quv bahslari evrestik suhbat kabi namoyon boiadi, to'g'rirog'i maxsus dasturlashtirilgan erkin nazariy savollarni muhokama qiladi, odatda, savol qo'yish bilan evrestik suhbatni boshJanishi kabi boshlanadi. Uni doimo bahsga aylanish — darsdagi me'yoriy holatdir. Psixologik nuqtayi nazardan qaraganda bahs qanday xususiyatga ega? Birinchidan, bahs - bu faoliyatning dialogik shakli bo'lib, turli fikrlar orasida boradigan shiddatli kurashni, suhbatni yuzaga keltirishdir. Fikrlar almashinuvi oddiy suhbatdagi kabi izchil va salmoqli ketmaydi, bahsda esa bir fikrni boshqasi b, an to'qnashuvi bir muncha asabiy ko'rinishga ega. Bahsni alohiduiigi shundaki, bahslashuvlarning fikri bu bahslashayotganlarni faol fikrlashlarini yuzaga keltiruvchi yoki fikrni dalil bilan isbotlashdir. Ikkinchidan psixologik jihatdan shunisi qiziqki, ayni fikrlar to'qnashuvi baxsni yuzaga keltiradi, u esa baxsga olib keluvchi turli xil fikrlarni tug'ilishidir. Bahs va fikrlashni — faoliyatdagi sababli bog'lanish deb tushunishadi, bunday yondashuv L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan, lekin nutq faoliyatini tekshirganlarida bunga to'xtalib o'tmaganlar, ayniqsa, muammoli bahsdagi fikrlash va diologni o'zaro bog'liqligini analiz qilmaganlar. Odatda, fikrlash orqali bahsda e'tirozchini gapiga javob tug'iladi, shuning uchun turli fikrlar bahsni yuzaga keltiradi, deb taxmin qilinadi. Natijada, esa vaziat mutlaqo aksincha: bahs munozara fikrni tug'diradi fikrlashni faollashtiradi, o'quv bahslari esa ustiga ustak o'quv materialini fikrlash mahsuli sifatida anglab o'zlashtirishni ta'minlaydi. Bunday psixologik alohidalik bahslashuv va fikrlashni o'zaro bogiiqligi A.K.Markov izlanishlarida ko'rsatilgan. Munozarani vaziyatga aloqadorligi mulohaza qilishni faollashtiradi, ularni dalillar tizimiga aylantiradi. Afsuski, psixologning bunday xulosasi natijasida bu usuli na maktab, na pedagogika — psixologiya oliy o'quv yurtlari amaliyotida keng doirada qo'llanilish imkoniyatini bermayapti. Bahs usuli darslarning guruhiy shaklida amaliy mashg'ulotlarda yoki laboratoriya mashg'ulotlarida, talabalar gapirish imkoniyati boigan darslarda foydalaniladi. Ba'zan ma'ruzada ham foydalaniladi, unda ma'ruzachi mavzuga oid savollar bilan auditoriyaga murojaat qilishi orqali yuzaga keladi. Bahsni ma'ruza darslarida to'la qo'llab bo'lmaydi, lekin auditoriyadan savollarga javoblarni tezlik bilan javob oladigan natijasida, ulardan mazkur muammoga fikr bildirish orqali qo'llash mumkin. Endi bu munozarali savolga javob berish, jamoaviy fikrlash va ma'ruzachini xulosasini tinglash psixologik muhitni yaratadi. Turli xil dars shakllarida bir necha munozarali savollarni qo'yishni namuna sifatida ko'rsatamiz. Dastlab ma'ruzada qo'llanilgan munozarali savoldan boshlaymiz. Ma'ruzachi tashkiliy qismda nazariy faoliyatga bag'ishlangan savolni talabalar oldiga qo'yadi. «Biz hozirgina faoliyatni mavjudotni o'rab turgan borliq bilan o'z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan hamkorligi ekanligini aniqladik. Bunday faktlar faoliyatni turli xilligi hisoblanadi: nafaqaxo'r sayr vaqtida oyoqlariga dam berish uchun o'rindiqqa o'tirdi; chumoli o'z iniga oigan pashshani olib ketayapti; tuyaqush kallasini qo'yniga tiqib olib nafas olayapti; talaba «faoliyat» tushunchasini o'rganayapti, vaholangki, unga nima bo'lganda ham quruq yodlash emas, aksincha, tushunib esda olib qolish kerakligini ogohlantirishgandi; o'quvchi adabiyot darsida uyga yodlash uchun berilgan she'rni o'rganyapti; qo'mondon o'z qo'shiniga qanday harakat qilish kerakligini aytish uchun; raqibini hammasini kutayapti; ular kutish vaqtida biror bir faoliyat bilan band deb bo'ladimi? Ana shu hamma vaziyat haqida kim nima o'ylayotganini darrov aytishingizni so'rayman». Keyin o'qituvchi aytgan subyektlarini harakatini ketma-ketlikda o'tkaza boshladi («nafaqaxo'r», «chumoli», «tuyaqush», «talaba», «o'quvchi», «qo'mondon») talabalar esa «ha» yoki «yo'q» deb javob berdilar. Barcha «faoliyat» tushunchasini ham ancha tushuntirish talab etishini va bu mavzuga boshqa darslarda yana to'xtalish lozimligiga amin boiadilar, lekin bu yetarli bo'lib, ma'ruzachi maqsadga erishadi. U V labalarni faoliyat tushunchasini psixologik asosini faqat lug'aviy ma'nosini yodlab olish emas, balki jiddiy hayotiy vaziyatlarda tahlil qilinadigan ish ekanligiga ishontirdi. Seminar mashg'ulotida: talaba mavzu rejasida ko'rsatilgan «Vaqtni idrok qilish» bo'yicha tajriba o'tkazib referat bilan chiqish qildi, psixolog D.B.Elkonin o'tkazgan izlanishlar, vaqtning qadriga yetish bo'yicha turli vaziyatlarda insonlarning vaqtni idrok etishi bo'yicha ma'lumotlarni berdi. O'qituvchi guruh oldiga savol qo'yadi: «Bu ma'lumotlarni o'qituvchi amaliy ishlarda qanday qoilashi lozim?». «O'quvchilarning vaqtni subyektiv baholashga hukm qilishi, darslar qiziqarlimi yoki zerikarlimi?» deb tavsif qilishi mumkinmi? Aytgancha, talaba «R» bayon etganlari qancha davom etdi? Birinchidan talaba R. bayon qilganlariga qiziqish uyg'otib, haqiqiy vaqtni kichraytirib baho berishdi. Ikkinchidan, birdaniga bir qancha talaba psixologlar tomonidan ochilgan qonuniyatlarni qo'llash imkoniyati fikrni asoslashga yordam beradi. Tadqiqot sifatida quyidagi ish amalga oshirildi ya'ni maktab o'quvchilariga darslar qiziqarlimi yoki yo'qmi, qaysi darslarda (qaysi fan o'qituvchisi)dagi zerikarli yoki aksincha qiziqarli va h.k., ularni qanday baholash mumkin? Lekin baholash keraklimi, foydalimi degan savollar borasida bahslashdilar. Buni qanday o'rganish mumkin? Kimgadir matematikada o'tirish qiziqarli bo'lmasa, kimgadir kim bilan hech narsa qilish yoqmaydi ba'zi o'qituvchilar darslarni doim qiziqarli o'tadilar. Balki ichimizdan kimdir o'z faniga qiziqish uyg'ota olmasligini sezib qolar? Barchada shu va shunga o'xshash fikrlar savollarga qiziqish uyg'otayotganini bilishimiz mumkin, lekin bahs endi boshqa mavzu bo'yicha ketyapti: idrokni bilish jarayonlaridan bin ekanligi haqida emas, darslar qiziqarli yoki zerikarliligi haqida. Albatta, tashxisni aniqligi bilan bog'liq emas. Kundalik hayotda turli xil vaziyatlarga duch kelamiz va o'z imkoniyatlaringizdan kelib chiqib, ularni o'qib o'rganamiz (kuzatib) tashxis qo'yamiz yoki psixiatrga maslahatga boramiz, bu kitobdan o'qishdan ko'ra yaxshiroqdir. Bularni hammasini amaliyotchi psixolog o'rganishi lozim. Hozir o'z ta'riflaringizni o'qib eshittirish orqali biz bir-birimizdagi mavjud bilimlarimizni almashamiz. Darslarda ularni ko'rib chiqib, biz so'z mantiqiy tafakkurimizni o'stiramiz, psixologik kuzatuvchanlikni tarkib toptiramiz. Laboratoriya mashg'ulotida: o'qituvchi matematika fakulteti talabalariga «Tafakkur» mavzusi bo'yicha, mantiqiy tafakkurni baholash uchun matematik materialda bir necha test berdi. Mana ulardan ba'zilari: «g'isht og'irligi 500 g va unga yarimta g'isht qo'shiladi. Umumiy og'irlik qancha? 3 kg teng baliqni oichagandan so'ng kesib dumi tomonini sizga berishdi. Boshqa (bosh) ko'rinishidan kichikroq tomoni kimgadir tegdi. Baliqning og'irligi qancha edi? Agar baliqning dumi 4 kg bo'lsa, boshi ham 4 kg bo'lsa, tanasi dumi, bosh qismining og'irligiga teng bo'lsa, unda baliqning og'irligi qancha?» talabalar matematik bu vazifani yecha oladilarmi? Buni biz hozir muhokama qilmaymiz (zero, hech kim birdaniga yechimini topa olmaydi). Bu yerda bizni tafakkur sifatlarining tasnifi haqidagi fikr qiziqtiradi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan munozarali savol quyidagicha: «Har 3 ta vazifani tez yechishga imkon beradigan, tafakkurlashning umumiy usulini toping va vazifaning har birini tez hal qilishda sizga tafakkuming qaysi sifati yetishmaganini tushuntirib bering». Dastlab, muhokamadagi bu savolga taqlidga asoslanib, birmuncha sodda javob variantlarini berishdi. Keyin suhbat mulohaza chegarasiga ega bo'la boshladi. O'qituvchining turtki beradigan savollaridan: «Nimaga shunday o'ylaysiz?», «Sizning fikringiz nimaga asoslanadi?», «Bu sizning taxminingizmi yoki bu filer shunday ekanligini isbotlab bera olasizmi?» va h.k. shundan so'ng talabalar o'z fikrlarini asoslash uchun tafakkur psixologiyasi bo'yicha o'z bilimlarini safarbar qilishga urinishadi. Talabalarning ko'pchiligida psixologik atamalarni qo'llashda ishonchsizlik, matematik atamalarni adashtirish kuzatildi (masalan, tez, to'liq tafakkurlash yo'nalishida «algebrik» yoki «arifmetik» jarayonlarni tez-tez almashtiradilar). Nihoyat, o'tkazilgan har uchala vazifada ular ishonadigan tushunchalar «yarmini» tashkil etadi, degan xulosaga kelishdi. Bunday umumiylikni namoyon bo'lishi masalani tez hal etishga imkon beradi, zero, har qanday butunlik ikkita teng qismdan iborat g'ishtning og'irligi yoki baliqning og'irligining, bu yerda ahamiyati yo'q. Shunga o'xshash masalalarni hal etishning umumiy usuli tafakkurlashning ham umumiy usulidir. Shundan so'ng o'qituvchi testdan olingan ma'lumotlarni izohlashga o'tdi. Ayni vaziyatda talabalarni matematik qobiliyatlari emas, balki tafakkuming sifatini aniqlashga qiziqish uyg'otishini ta'kidlab, o'qituvchi olingan testning natijalarini psixologik mazmunini tushuntiradi. Shunga muvofik u quyidagicha rasman xulosani aytdi: «Ana shu uchta masalani yechishda namoyon bo'lgan tafakkuming bunday umumiy usulini, mantiqiy tafakkurlash, deb ta'riflash mumkin, biroq bir vaqtning o'zida ham nazariy yoki empirik, ijodiy yoki sermahsul tafakkurlash hamdir. Amaliy foydalanish jarayonida bu usul ilk bor siz uchun ijodiy tafakkurlash hisoblanadi. Agar siz bu usulni o'zlashtirgan bo'lsangiz shunga o'xshash masalalarni yechishda mahsuldorlik yetarli bo'ladi. Har qanday tarkibli turli xil masalalarni yechishda nazariy tafakkurlashdan foydalanish mumkin, zero, bu umumiy ahamiyatga ega. Unda bu tafakkur qachon empirik hisoblanadi? Variantlami to'g'ri yechishga harakat qiladilar. Keyinchalik, topilgan bu usulni boshqa masalalarda ham qoilash mumkin va umumiy xulosa chiqarishda bundan foydalanish mumkin. Shunda empirik topilma nazariy xususiyatga ega degan xulosaga olib keladi va boshqa masalalarni yechishda qoilanilgan bu tafakkurlashning umumiy usuli nazariy xususiyatga ega bo'ladi». O'qituvchi yuqoridagi xulosaga tadqiqot natijalari asosida keldi. Endi shu o'rinda savol tug'iladi: talabalar bilan «Tafakkur» mavzusi bo'yicha yuzaki dars o'tish deyarli mumkin emas, bahs usulini bu yerda nima aloqasi bor? Bunga quyidagicha javob' berish mumkin. To'g'ri bu bahsga o'xshamasligi mumkin, lekin asosiy xususiyati shundaki bahslashish xususiyatiga ega talabalarni o'ylashga majbur qilgan, tayyorgarliksiz biror xulosaga keltirgan va ilmiy adabiyotlarni o'qishga yo'naltiruvchi savolni qo'yishishida namoyon bo'ladi. Bunday yo'naltirish o'z-o'zidan ahamiyatli dalildir. Lekin baribir asosiysi munozaralar talabalarni o'ylashga majbur qilyapti: tafakkurlashni talab etuvchi va munozarali muammo qanday bo'lish kerak degan savolga, muhim pedagogik muammoni insonni fikrlashga o'rganishini hal etadi. Shuning uchun og'zaki bahs sifatida ham munozara bo'lmasligi mumkin. Shunday qilib, bahs usuli, hamma dars shakllari, ma'ruzadan tortib laboratoriya mashg'ulotlarigacha qo'llash mumkin. Uni talabalarning qanchalik fikrlashlarini faollashtiradi va o'zlashtirishda rejasini qay darajaga ko'tarilgani, savollarni o'rganishga qiziqish uyg'otishi va ularni adabiyotlar bilan mustaqil ishlash jarayonida chuqur kirib borishlariga qarab natijasi belgilanadi. «Aqliy hujum» usuli oliy o'quv yurtlari amaliyotida o'qitish usuli sifatida qo'llashga ulgurgani yo'q, bu usul boshqaruv tizimi, shuningdek, ilmiy izlanishlar natijasida kelib chiqqan. U ayniqsa, iqtisodiy boshqaruv faoliyati, menejmentda keng qoilaniladi. O'qitishga bog'liq bo'lmagan holda aqliy hujum usulining mazmuni mohiyati nimada? Mutaxassislarning fikricha, muammoning javobini qidirishda bevosita miyaga kelgan fikrlar, taxminlar tasodifiy o'xshatishlar, shuningdek, birdan kelib chiqadigan, mavjud kerak va nokerak bogianishlarni asoslab berishlarini o'z ichiga oladi. Keyin diktofonga yozib olingan tasodifiy jumla, fikrlarni diqqat bilan tahlil qilish yoii ayniqsa qiziqarli ya'ni aqliy hujum usuliga yaqin bo'lganlari ajratib olinadi va keyinchalik chuqurroq savol quyilib, muhokama qilish uchun foydalaniladi. Aqliy hujumning o'ziga xos oltin qoidasi mavjud bo'lib — ishtirokchilar suhbati davomida aytishganlaridan hech biriga shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda toia erkinlik yaratib berish lozim. Bunday psixologik erkinlik o'zini xotirjam tutishga «guruh fikridan» uyalmaslikka omadsiz luqma tashlash bilan o'zini o'ng'aysiz holatga qo'yishdan qo'rqmaslikka imkon beradi. Bunday holatda (ayniqsa, ishtirokchilar bunga moslashganda) ko'chirishi to'g'ri boigan, hech nimaga yaramaydigan (ayni damda muammoni yechish uchun) ahmoqona, kutilmagan, lekin zarur boigan, haqiqatdan intensiv fikrlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham aqliy hujum uyushtiriladi. Lekin bu, menejment va ilmiy izlanishlarda to'g'ri yechimni izlash uchun qoilaniladi. Bu usulni oliy o'quv yurtlarida qanday qo'llash mumkin? Aytish lozimki, imkoniyatlar diapozoni psixologiya o'qitishda qo'llash uchun yetarli emas. Lekin aqliy hujum usuli qaysidir muammo yechimining qiyinchiliklarini tushuntirish maqsadida qo'llash mumkin. Xulosa
Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida esa, o‘quvchi yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib ixtiyoriy-majburiy holda bilim, malaka va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Fizika o‘qitish metodikasining xususiy masalalari bevosita ta’lim mazmunini ifodalovchi me’yoriy xujjatlar, ya’ni fizikadan o‘quv reja va o‘quv dastur mohiyati bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Demak, o‘qitish metodikasining xususiy masalalari darsni rejalashtirish va o’qituvchilarning unga tayyorligi. O’qitish materialini bayon qilish shakillari o‘quv dasturi va shu asosda tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalarni hayotga joriy etilishini nazarda tutadi. Modomiki, yangi o‘quv muassasalarining, jumladan Darsni rejalashtirish va o’qituvchilarning unga tayyorligi ta’lim mazmunida o‘ziga xos o‘zgarishlar amalga oshirilsa, bu demak, o’qitish materialini bayon qilish shakillari o‘qitish mazmuni ham mazkur o‘zgarishlar izidan boradi degani emas. Shu munosabat bilan Darsni rejalashtirish va o’qituvchilarning unga tayyorligi o‘qitish metodikasi o’qitish materialini bayon qilish shakillari ta’lim mazmunidagi ustivor jihatlarga, o’qitishning fundamental mavzularini mazmuni va uslubiy tahliliga yo‘naltiriladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarni mustaqil ishlashga, ularni o’zlarini fikrlashga,ijodkorligini rivojlantiradi. Bunda asosan o’quvchilar sinfda o’tilgan mavzuni davomi bo’lib xizmat qiladigan mashg’ulotlardan o’zlari uchun zarur ma’lumotlar oladilar. Turli o’qitish materialini kechalar esa ularni birlashtirishga, faollashtirishga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» Toshkent. «Ma’naviyat» 2008 Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» - T., O’zbekiston 1999 Xaydarov F., N.Xalilova “Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”. “Aloqachi” 2007 Uzbekistan Respublikasi "Ta’lim tugrisidagi" Konuni T.,1992 "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" T., 1997 I.A.Karimov "Barkamol avlod orzusi" T., 1996 Goziyev E.G. Mamatov M.M. va boshkalar "Uspirin psixologiyasi" ToshD.U 1992 Goziyev E.G Utanov B "Xamkorlik psixologiyasi'' T., Tosh D.U. 1992 Goziyev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 1996 y. Lyaudis V.L. - Metodika prepodavaniya psixologii, iz.vo 2000 URAO Davletshin M.G. Obshaya psixologiya T. 2002 Filatova O.G Sotsialnaya psixologiya SP 2000 Badmayev M. Metodika prepodavaniya psixologii. M. "Vlados" 2001 B. X .Xodjayev Umimiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti, Toshkent-2017. I. J. Xusanboyev va boshqalar, Pedagogika nazariyasi va tarixi, Toshkent-2021. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). tarix fanini o’qitishda urartu podisholigining o’rni. Scientific progress, 1 O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quv uslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017 Foydalanilgan internet saytlari 1. http://shuhratbek.uz/ 2. http://www.genderi.org 3. https://azkurs.org/ Download 64.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling