Mavzu: darvozabonlarning maydondagi texnik taktik usullarini tahlil qilish


Download 68.11 Kb.
bet4/18
Sana16.01.2023
Hajmi68.11 Kb.
#1094692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Fudbolda darvozabon o’yin texnikasi. Reja Kirish. I bob. Futboladafeewfewew

MAYDON O‘YINCHISINING TEXNIKASI Maydon o‘yinchisining texnikasi ikkita kichik bo‘limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo‘lsa, ikkinchisi to‘pni boshqarish texnikasidir.
Maydon o‘yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil usullari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. To‘pni boshqarish texnikasiga quyidagi usullar guruhsi kiradi: zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to‘pni olib qo‘yish. Bundan tashqari, qo‘lda bajariladigan spetsifik usul – yon chiziqning narigi yog‘idan to‘pni tashlab berish ham to‘pni boshqarish texnikasiga kiradi.To‘pga zarba berish futbol o‘ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To‘pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi
Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lib, bu to‘pning kerakli traektoriya bo‘ylab harakatlanishi va optimal tezligi bilan xarakterlanadi. To‘pning uchish tezligi zarba beruvchi bo‘g‘in bilan to‘pning o‘zaro to‘qnashgan paytdagi boshlang‘ich tezligiga, Shuningdek, ular massasining bir-biriga nisbatiga bog‘liq.
1.2 Darvozabonning o‘yin texnikasi
Davrvozabonning o‘yin texnikasi maydon o‘yinchi-sining o‘yin texnikasidan tubdan farqqiladi.
Bu darvozabonga qoidaga binoan jarima maydoni ichida qo‘l bilan to‘p o‘ynashga ruxsat etilgani bilan bog‘liqdir.
Quyidagi usullar guruhi darvozabonning o‘yin texnikasiga kiradi: to‘pni ilib olish, qaytarish, o‘tkazib yuborish va tashlash.
Shuningdek, to‘p harakati-ning yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo‘llaniladi. Darvozabon texnikasining tasnifi
DARVOZABON
Hozirgi vaqtda darvozabonning o‘yini turli-tuman va murakkabdir. Darvozabonning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi, uning psixikasi mustahkamligiga yuksak talab qo‘yilayotganligiham ana Shundan. Odatda, darvozabon – baland bo‘yli (175 sm va undan ortiq), a’lo darajada jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan, reaksiyasi juda tez, start tezligi yuqori o‘yinchi bo‘ladi. U dovyurak va jur’atli, sakrovchan, epchil va hozirjavob, harakatlarini yaxshi muvofiqlashtira oladigan, yaxshi mo‘ljal oladigan va rejalay biladigan bo‘lishi; to‘pning ehtimoliy uchish yo‘nalishi, tezligi va traektoriyasini darhol aniqlay olishi, himoya jarayonini mohirona idora qilishi, ya’ni uning izchilligi va uyushqoqligini ta’minlay bilishi kerak.
Darvozabon joyida turib, harakatlanib va sakrab o‘ynashning barcha texnik usullarini a’lo darajada bilishi zarur. Darvozabonning mahorat darajasi ana shu usullarning nechog‘lik to‘g‘ri, aniq va ishonchli baja-rilishiga bog‘liq. Darvoza oldidagi o‘yin bilan darvozadan chiqib harakat qilishni muvaffaqiyatli qo‘shib olib borish, o‘z darvozasini himoyalash va hujum uyushtirishda sheriklar bilan bahamjihat harakat qilish ham darvo-zabonning yuksak mahoratini ko‘rsatadi.
Hozirgi futbol darvozabondan ustalik bilan darvo-zani himoya qilishnigina emas, balki jarima maydoni ichida faol harakat olib borishni, Shuningdek, hamma himoyachilarni boshqarib turishni ham talab qiladi. U komandasining hamma mudofaa harakatlarini muvofiqlash-tirib turadi. Darvozabon turadigan (hammadan orqada) joyning o‘zi unga hujumchilar qanday tizilib kelayotgani va ular nima maqsadda ekanini ko‘rib turish imkonini beradi.
Buning ustiga, darvozabon o‘z komandasining ko‘pgina hujumlarini boshlab beradigan (to‘pni qo‘lga kiritganida yoki darvozadan to‘p tepib berganida) futbolchi, Shu sababli ham hujum qatorlarida tashabbus va izchillik saqlanib turishi uchun uning mahorati juda zarur.
Komandaning himoya va hujumdagi umumiy o‘yini darvozabonning individual taktik tayyorgarligiga anchagina bog‘liq. Darvozabonning texnik mahorat va jismoniy tayyorgarlikdan o‘yinda to‘laroq foydalanishiga uning taktik bilimi yanada ko‘proq ta’sir qiladi. Ana Shuning uchun ham darvozabonlarning taktik tayyorgarligi masalasiga nihoyatda jiddiy e’tibor berish kerak.
Darvozabon taktikasini quyidagilarga bo‘lish mumkin: a) mudofaadagi harakatlar; b) hujumdagi harakatlar; v)sheriklar harakatini boshqarish; darvozabonning mudofaadagi harakatlari Darvozabonning asosiy vazifasi bevosita o‘z darvo-zasini himoya qilishdir. Bunda «darvozadagi harakatlar» bilan «darvozadan chiqqandagi harakatlar»ni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Darvozadagi harakatlar.Raqibining yakunlovchi zarbalaridan darvozani bevosita himoya qilishda darvozabon quyidagilarga rioya qilish kerak:

Download 68.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling