Mavzu: daryolar
Download 82.09 Kb.
|
DARYOLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daryolar Qiyalign, % 0 hisobida
- Daryolardagi suv
- Daryo oqiziqlari.
- Daryolar nomi O‘rtacha yillik suv sarfi, mHsek Daryolar nomi
- Daryolarning quyar joyi. Bir
- Daryolar Dsltasi 1 maydoni, km DarRlar
Daryolar manbai. Daryo boshlanadigan joy—daryo manbai daryo rejimida katta ahamiyatga ega. Daryolar maibai sersuv ham va kamsuv ham bo‘lishi mumkin. Buloqlar, jilg‘alar (Volga, Dnepr) yoki kichikroq ko‘llardan (G‘arbiy Dvina, Don) iborat manbalar kamsuv manba bo‘ladi. Bunday hollarda daryo boshida suv kam bo‘lib, daryo .rejimi havzaning tabiiy sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Daryo o‘zani. Daryoning boshlanish joyidan quyida og‘irlik kuchi ta’sirida suv oqa boshlaydi va tagini o‘yib, daryo o‘zanini hosil qiladi. Daryoning rivojlanish jarayonida o‘zanning shakli va ko‘ndalang profili o‘zgaradi. Profili shakllanib bo‘lmagan daryolarda daryo o‘zani vodiy tagiga to‘g‘ri keladi. Profili shakllangan daryolarda suv massasi bilan uning oqish tezligi o‘rtasidagi nisbat birmuncha muvozanatga kelsa, daryo o‘zanining shakli ham ancha turg‘un (barqaror) bo‘ladi. Bu turg‘unlik daryoning meandralar hosil qilib oqishi natijasida vujudga keladi. Bir qarashda daryo ikki nuqta orasidagi masofada to‘g‘ri chiziqli yo‘nalish bo‘yicha oqishi kerakdek tuyuladi. Aslida esa, daryo suvi har doim turbulent, notekis harakatda bo‘lganligidan hech qachon to‘g‘ri chiziq yo‘nalishi bo‘yicha oqmaydi. Daryo hamma vaqt burilib-burilib, ya’ni meandralar hosil qilib oqadi. Oqimning bir tekis emasligi daryo o‘zanini goh u, goh bu tomonga buradi. Suv asosan bir qirg‘oqqa kuchli zarb bilan uriladi. Natijada shu qirg‘oq emirila borib, o‘yilladi, endi suv oqimi bu joydan qarama-qarshi qirg‘oqqa tomon yo‘naladi, qirg‘oqni yemirib, o‘yib, yana narigi qirg‘oqqa tomon ketadi. Bu prosess butun daryo yoki uning bir qismi meandralar hosil qilib bo‘lmaguncha davom etaveradi. O`yilgan (botiq) qirg‘oq qarshisidagi qirg‘oqda yemirilgan jinslar, ko‘pincha qum, gillar to‘plana borib, qirgoqni qabariq shaklga keltiradi. Daryolarning burilib burilib oqishi, goh u, goh bu qirg‘oqni yuvishi va goh o‘ng, goh chap qprg‘oqda o‘roqsimon qum yotqiziqlari qoldirishi tekislik daryolarining eng xarakterli belgisi bo‘lib, bu belgi vodiylar landshaftining o‘ziga xos bo‘lishiga olib keladi. Meandralar taraqqiyoti va daryoning egri-bugri bo’lib oqishi daryo nishabi suv eng sekin oqadigan darajaga kelguncha davom etadi. SHundan so‘ng to‘lin suv vaqtida daryo ba’zi meandralarning bo‘yin qismini yuvib ketib, o‘zanini to‘g‘rilaydi. O`zandan ajralib qolgan tirsaklar qoldik o‘zanlarni hosil qiladi qoldiq o‘zanlar esa o‘z navbatida o‘roqsimon vodiy ko‘llariga aylanadi. Nishab juda katta joylarda daryolar meandralar hosil qilmaydi va chuqur o‘zandan to‘g‘ri oqadi. Yon va chuqurlama eroziya bir vaqtda ro‘y berganda daryolar ko‘pincha orollar hosil qiladi va o‘zan tarmoq hamda tarmoqchalarga bo‘linib ketadi. Daryolardan foydalalanishda ayniqsa, kema qatnovida foydalanishda daryo o‘zani ko‘ndalang profili. Meandralar hosil qilib oqadigan daryolar o‘zani shakli asimmetrik tobora yuvilayotgan botiq qirg‘oqlar yaqini chuqur, qabariq qirg‘oqlar yaqini esa sayoz bo‘ladi. To‘g‘ri o‘zanlar chuqur bo‘lib, tagi tog‘orasimon, ikkala qirg‘og‘i bir xil qiyalikda bo‘ladi. Daryo tez oqar joylar (sharlavuqlar) hamda ostona toshlarda keng, yassi va toshloq notekis, tagi sayoz o‘zanlarda oqadi. Daryo o‘zanining eng chuqur qismlari, ya’ni farvater daryo to‘g‘ri -oqadigan chuqur joylarda o‘rtadan, burilib-burilib oqadigan daryolarda esa goh u, goh bu qirg‘oq yaqinidan o‘tadi. Ba’zi daryolar tagi dengiz sathidan ham past joylashgan. Chuqur o‘zanlarda oqadi. Masalan, Neva daryosi Ladoga ko‘lidan 4,85 m balandlikda oqib chiqadi daryo ko‘p qismining chuqurligi 8—II m, eng chuqur joyi esa 24 m ga etadi. Shu sababli Neva daryosining tagi boshd oyoq Baltika dengiz sathidan past, suv sathi esa dengiz sathidan daryo boshida 4,85 m quyilish joyida esa 0,1 m baland. Ko‘pdan-ko‘p daryolar o‘zani atrofdagi tekisliklardan balandda joylashgan va marzalar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu hol allyuvial tekisliklarda oquvchi daryolarda kuzatiladi. Xuanxe daryosi sathi Buyuk Xitoy tekisligidan 3—10 m balanddadir. Po daryosi quyi qismida pasttekislikdan balandda oqadi. Suv ko‘payganda daryo chetidagi marzani va dambalarini urib ketib, halokatli toshqinlar bo‘ladi. Daryolarni o‘zanining barqarorlik darajasiga qarab bir necha gruppaga bo‘lish mumkin. O`zani tez o‘zgaruvchan (beqaror) tekislik daryolari. Allyuvnal tekisliklardan oquvchi va tog‘lardan boshlanib qurg‘oqchil tekisliklarni kesib o‘tuvchi tranzit daryolar. Xuanxe, Amudaryo, Sirdaryo, Po, Tornm, Quyi Missisipi shu gruppaga kiradi. Bu daryolar o‘zanining chuqurligi va shakligina emas, balki yo‘nalishi ham o‘zgarib turadi. Ba’zi daryolarning qirg‘oqlari o‘pirilib turadi. O`zani juda o‘zgaruvchan tog‘ daryolari. Daryo suvi o‘zanning ba’zi joylarini kuchli yuvib ketib, boshqa joylarga olib borib yotqizishi natijasida daryo o‘zanining chuqurligi ham, o‘rni ham o`zgarib turadi. Nisbatan barqaror daryolar. Eroziya va akkumulyasiya natijasida daryoning chuqurligi o‘zgaradi, lekin o‘zanning o‘rni juda sekin o‘zgaradi. Ko‘pchilik tekislik daryolari shu tipga kiradi. Tekislik va tog‘lardagi yaxlit kristalli jinslardan oqib o‘tuvchi barqaror daryolar. o'zan tagi yoki suv sathining qiyaligi (1) o‘rganilayotgan uchastka boshidagi (N\) va oxiridagi (YA2) balandliklar ayirmasining sh\ nuqtalar orasidagi masofaga () bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.Nu va N2 nuqtalar orasidagi metr hisobidagi balandlik farqi daryo qiyaligi deyiladi. Odatda daryoning qiyaligi o‘nli kasrlarda ifodalanadi. Masalan. uzunligi 5 km li uchastkaning nishabi 1,5 m bo‘lsa, uning qiyaligi 1 ~ 5(Yb = bo‘ladi, yoki daryoning 1 km dagi qiyaligi 0,3 m ga teng. Chunonchi, Oke daryosining qiyaligi yuqori oqimida 0,000750, o‘rta hismida — 0,00063, quyi qismida 0,00004 ga teng. Ko‘rsatmali bo‘lishi uchun daryo qiyaligi promille (%0), ya’ni mingdan bir hisobida ifodalanadi, 1%0 qiyalik 1 km uzunlikda daryo nishabi 1 m ekanligini ko‘rsatadi.Tekislik daryolarining qiyaligi odatda kichik bo‘ladi (33jadnal). Ularning nishabi 10 sm)km dan 110 smkm gacha bo‘ladi. Tog‘li o‘lkalarda daryoning nishabi 2,4 m[km ga vz hatto 10 mkm ga yetadi. Nishabsga qarab tekislik daryolarining tezligi ham kichik 0,3 — —0,5 m[sek, tog‘ daryolarining tezligi esa katta, ya’ni 3 — 6 m!sek bo‘ladi. BA’ZI DARYOLARNING O‘RTACHA QIYALIGI
O`zanning ko‘ndalang kesimi bir qancha morfometrik elementi bilan ta’riflanadi. Bular quyidagilar O`zanning ko‘ndalang kesimi. U pastda daryo tagi, yondan o‘zan yonbag‘ri, yuqorida suv yuzasi bilan chegaralanadi. Ko‘ndalang kesimning to‘la maydoni, uning otsar kismi kesimi, oqmas qismi kesimi ajratiladi. To‘la maydoni suvning muayyan bir vaqtdagi sathi bilan chegaralanadi. Suv kesimining suv osti konturi (chegarasi) uzunligi ho‘llangap perimetr deb ataladi. Daryoning kengligi. Daryoning o‘rtacha chuqurligi. Daryolardagi suv oqimi. Daryoning suv sarfi. Daryo o‘zanining bo‘ylama va ko‘ndalang profili bilan suv oqimi o‘zaro bog‘liqdir. Daryodagi suvning tezligi a) daryoning yuqori qismidan quyi qismiga tomon b) daryoning ko‘ndalang kesimida istalgan joyda bir qirg‘oqdan ikkinchi qarg‘oqqa tomon 3) suv yuzasidan daryo tagiga tomon o‘zgaradi. Daryoning tezligi odatda oqim bo‘ylab yuqoridan pastga tomon kamaya boradi, bunda tezlik qiyalikka qarab avvaliga tez, so‘ngra esa sekin kamayadi. Daryolar dengiz va ko‘lga quyilgach, bu yerda inersion oqimlar hosil qiladi. Oqar kesim maydonidagi oqim tezligi o‘zan shakliga bog‘liq, chunki o‘zanning shakli suv harakatiga qarshilik ko‘rsatadi. O`zanning eng chuqur joylarida suv eng tez oqadi. To‘g‘ri yo‘nalgan chuqur joylarda eng tez oqish chizig‘i daryo o‘rtasidan o‘tadi. Meandralar hosil qilib oqadigan daryolar asimmetrik o‘zanlarining tez oqar qismi eng chuqur bo‘lgan joyda botiq qirg‘oqlar yaqinda bo‘ladi. Vertikal kesimda suvning tezligi suv yuzasidan daryo tagiga tomon kamaya boradi, chunki daryo tagida ishqalanish kuchliroq bo‘ladi. Shu sababli oqim bilan bir yo‘nalishda shamol esmagan vaqtdagi eng katta tezlik suv yuzasida bo‘lmay, daryo chuqurligining qismida bo‘ladi. Daryodagi oqar kesim maydoni bilan suvning o‘rtacha oqish tezligini o‘lchab, o‘zandan ma’lum bir vaqt ichida oqib o‘tadigan suv miqdorini yoki suv sarfini hisoblab chiqarish mumkin. Odatda bir sekundlik ,suv sarfi aniqlanadi va u kub metrlarda ifodalanadi. Oqar kesim maydoni, binobarin, suv sarfi daryo suvi sathiga bog‘liq bo‘lib, mavsumdan mavsumga o‘zgaradi. Uzoq vaqtlar, ya’ni mavsum va yil davomidagi suv sarfi mavsumiy yoki yillik oqim deyiladi. Yuqorida aytilganidek, o‘zandagi bu oqim havza maydonidan yig‘iladigan suvlarning yalpi miqdoridan iboratdir. Daryodan oqib o‘tuvchi suv miqdori (oz-ko‘pligi) daryoning suvdorligi deyiladi (34-jadval). Suvdorlikni yaqqol aks ettirish uchun L. K. Davidov tavsiyasiga ko‘ra suvdorlik kartogrammasi tuziladi bunda har bir daryo suvdorligiga qarab har xil kattalikdagi polosalar tarzida tasvirlanadi.
Bularning hammasi daryo oqiziqlarini hosil qiladi. Daryo oqiziqlari gm3 bilan hisoblanadi. Shu sababli qattiq oqiziqlar miqdori, shu jumladan suvning loyqalik darajasi oqim tezliga emas, balki havzadagi yuzalama eroziyaga bog‘liqdir. Daryoning qattiq oqiziqlari suvda muallaq oqib yuradigan va daryo tagida yumalab yuradigan jins zarrachalaridan iborat. Daryolar suvi loyqaligi zonal tarqalgan. 34jadval DUNYODAGI ENG KATTA DARYOLARNING SUVDORLIGI
Juda ko‘p oqiziqlar qisman daryo o‘zanidagi qabariq qirg‘oqlarda, asosan esa daryolarning quyilish joyida yotqiziladi. Buni xisobga olsak, ko‘llarning daryo keltirmalari vial tekisliklarning paydo bo‘lishi o‘z-o‘zidan tushunarli bo‘ladi.
Qulay sharoitda daryolarning kelgan jinslar to‘planadi va suvdagi muallaq oqiziqlar cho‘kadi. Oqiziqlar to‘plana borib, tekisliklar hosil bo‘ladi. Bu tekisliklar shakli uchburchak, grekcha A (delta) shaklida bo‘ladi. Shuning uchun daryolar quyar joyida keltirma yotqiziqlardan hosil bo‘lgan keng tekisliklar delta deyiladi. Daryo o‘zani deltada ko‘pdan-ko‘p tarmoq va o‘zanlarga bo‘linib ketadi. Daryo oqimi bilan dengiz suvi harakatlarining (oqimlar, suv qalqishlarining) o‘zaro nisbatiga, qirg‘oqlar shakliga va quruqlikning balandligi bilan dengiz tagining chuqurligi farqiga qarab deltalar turli shaklda rivojlanadi. Dastlabki bosqichda suv osti deltasi hosil bo‘ladi. (Hind daryosida va SHimoliy Dvinada shunday suv osti deltasi bor.) Keyinchalik oqiziqlar qalinligi orta boradi va asl delta vujudga keladi.Bu delta qo‘ltiq ichkarisida joylashgan bo‘lishi ham, dengiz ichkarisiga kirib borgan bo‘lishi ham mumkin. Qo‘ltiq ichkarisida hosil bo‘lgan deltaga Gang va Braxmaputra daryolari deltasi misol bo‘ladi. Dengiz ichkarisiga kirib borgan deltalar Lena, Volga, Missisipi va boshqa ko‘plab daryolarning quyar joyida aniq shakllangan. Deltalarning paydo bo‘lishi va o‘sishida dengizlar faol ishtirok etadi. Dengiz oqimlari va qirgoq to‘lqini daryoning quyar joyi oldida dengiz qumidan marzalar hosil qiladi va bu bilan deltaning o‘sishiga imkon beradi. Ba’zi deltalar (masalan, Qamchatka daryolari deltalari) butunlay dengiz oqimlari keltirgan yotqiziqlardan tarkib topgan bunda daryoning roli juda kam bo‘ladi. Nihoyat, ba’zi daryolarda soxta deltalar bo‘ladi. Masalan, Neva daryosini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Neva daryosi oqib chiqadigan Ladoga ko‘li juda katta suv tinitgich rolini bajaradi, shuning uchun Neva daryosining suvi nihoyatda tiniqdir. Neva daryosi oqiziqlari juda yupqa qatlam — suv osti deltasi va delta oldi marzalari hosil qiladi. Leningrad shahri joylashgan orollar daryo oqiziqlaridan hosil bo‘lgan emas ular materikning Neva daryosi ayrim-ayrim qismlarga bo‘lib yuborgan qadimiy past qismidir. Bular psevdodelta, ya’ni soxta deltadir. Deltalar beto‘xtov o‘sib turadi. Missisipi deltasi 4 m dan 100 m gacha, Sirdaryo deltasi 37 m dan 108 m gacha, Amudaryo deltasi esa 2000 m gacha o‘sadi. Boshqa daryolar (Dunay, Po) deltasi juda sekin o‘sadi. Deltalar tez o‘ssa, allyuvial tekisliklar pando bo‘ladi (35-jadval). Agar quruqlik sekin-asta cho‘kayotgan bo‘lsa, dengiz suvlari daryolarning quyar joylariga bostirib kiradi va natijada ular kengapib,voronka shaklini qiladi. Daryolar quyar joyining kengayishiga dengiz suvining qalqib qaytishi sabab bo‘ladi. Dengiz suvi ko‘tarilganida daryo suvi quyar joyda to‘planadi. Suv qaytganda, bu suv dengiz suvi bilan birga dengizga qaytar ekan, daryo o‘zanidagi oqiziqlarni yuvib olib ketadi. Bu-nday quyar joylar estuariylar deyiladi. Ob ko‘rfazi. La-Plata, Jironda, shuningdek, Temza, Sena, kongo daryolarining quyar joylari estuariylarga misoldir. 35j a d v a l BA’ZI DARYOLAR DELTASINING MAYDONI
Download 82.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling