Mavzu: daryolar
Download 82.09 Kb.
|
DARYOLAR
SHarsharalar yosh relyefning turtib chiqqan joylarida va tog‘ jinslarining qattiq qatlamlari chiqib qolgan yerlarda hosil bo‘ladi. Niagara sharsharasi ohaktosh qatlami chiqib qolgan joyda, Zambezi daryosidagi Viktoriya sharsharasi esa bazalt qatlami chiqib qolgan joyda, Suna daryosidagi Qivach sharsharasi diabaz jinslari chiqqan joyda hosil bo‘lgan. Etuklik bosqichida ilgari ko‘ldan oqib chiqqan daryolar o‘z oqiziqlari bilan ko‘lni to‘ldiradi, yassi hamda keng ko‘llar o‘rnida daryo vodiysining ko‘l shaklida kengaygan qismlari hosil bo‘ladi. Bu vaqtda ko‘llar orasidagi yerlar o‘yilib, daryoning bo‘ylama profili to‘g‘rilana boradi. Pastga otilib tushayotgan suv yemirishi natijasida sharsharalar daryoning yuqori qismiga tomon chekina boradi. Chunonchi, Niagara sharsharasi yiliga 70—90 sm chekinadi, hosil bo‘lganidan beri esa 11 km ga chekingan. Eroziya natijasida sharshara avval kaskadga so‘ng ostona toshlarga nihoyat, daryoning tez oqar joylariga aylanadi. Bora-bora daryo sokin yuqadigan bo‘lib qoladi. Sharshara, kaskad, ostona va tez oqar joylar o‘zandagi qattiq qatlam yemirilishining ayrim bosqichlarigina bo‘lmay, ma’lum geologik sharoitda mustaqil vujudga kelishi ham mumkin. Daryo rivojlanishining yetuklik bosqichida daryoning chuqurlatma va yon eroziyasi hamda jinslarni oqizib ketish va to‘plash xususiyati nisbati shunday bo‘ladiki, daryo vodiylari keng, yassi shaklga kiradi, vaqt-vaqti bilan suv bosadigan qayirlar hosil -bo‘ladi, o‘zanning ikkala chekkasida daryo taraqqiyotining oldingi bosqichlaridan qolgan qayirlar, ya’ni terrasalar joylashadi.
Har bir bosqich daryoning absolyut yoshini emas, balki nisbiy yoshini aks ettiradi. Baltika qalqoni granitlaridan oqib o‘tuvchi daryolarning absolyut yoshi 10—13 ming yilga teng (bu daryolar muzliklar erib ketgandan buyon mavjud) biroq ularda yoshlik belgilari hali ancha uzoq vaqt saqlanib qoladi. Muzlik davridan keyin qumli yotqiziqlarda vujudga kelgan daryolar allaqachon keksalik bosqichiga yetgan. yer po‘stidagi harakatlar, undagi ko‘tarilish va cho‘kishlar, ko‘l va dengizlar suv sathining tebranishlari, iqlimning o‘zgarishi qisqa qilib aytganda, butun tabiatning rivojlanishi daryolarda ham doim aks etib turadi chunki daryolar ham tabiatning tarkibiy qismpdir. Tabiatning rivojlanishi eroziya protsessini kuchaytirishi ham, susaytirishi ham mumkin. Binobarin, «yoshlik», «etuklik», «keksalik» terminlari jonli iboralargina bo‘lib, ular har bir daryoning gidrodinamikasini, uning, ma’lum bir vaqtdagi geomorfologpk ishi va umumiy qiyofasini yaxshi aks rttiradi. Daryo havzalari va suvayirg‘ichlar. Daryo sistemasi suv yig‘adigan tsrritoriya daryo havzasi yoki daryoning suv yig‘ish maydoni deyiladi. Bir havza ikkinchisidan suvayirgich bilan ajraladi. Suvayirg‘ichlar tog‘li o‘lkalarda tizmalarning qirrasidan o‘tadi va aniq ifodalangan chiziq hosil qiladi. Biroq hamma vaqt ham eng baland tizma suvayirg‘ich bo‘lavermaydi. Seryog‘in yon bag‘ridan oqib tushuvchi daryolar eroziyasi qurg‘oqchi yon bag‘ir daryolari eroziyasiga qaraganda ancha kuchli bo‘ladi. Sersuv yon bag‘ridagi daryolar bora-bora tizmani kesib o‘tib, tog‘li o‘lkaning ichki qismiga tobora uzoq kirib boradi. Himolay va Kavkaz tog‘larida bunday hollarni ko‘plab uchratish mumkin. Tekisliklarda suvayirg‘ich rolini odatda ma’lum bir chiziq emas, balki keng yassi polosalar yoki G. N. Visotskiy iborasiga ko‘ra, plakorlar o‘taydi. O`ta sernam zonalardagi suvayirg‘ichlarda ko‘pincha botqoqlik va ko‘llar joylashadi. Ular suvi yil bo‘yi yoki sernam faslda turli daryo sistemalariga borib quyiladi. Bu hol, chunonchi, Volga, Dnepr va G‘arbiy Dvinaning yuqori oqimlarida kuzatiladi. Daryolar boshining bir-biriga yaqinligi va suvayirg‘ichlarning morfologik jihatdan ancha tekis ekanligi qadimda ulardan voloklar sifatida foydalanishga imkon bergan, keyinchalik esa bu yerlardan daryolarni bir biriga bog‘lovchi kanallar o‘tkazilgan. Ko‘pincha suvayirg‘ichlar shu qadar bilinar-bilinmas bo‘ladiki, daryo bu yerda ikkiga bo‘linib ketadi, ya’ni bifurkatsiya ro‘y beradi. Orinoko daryosi bifurkatsiyasi bunga eng yaqqol misol bo‘la oladi. Bu daryoning bir tarmog‘i Rio-Negro daryosi tomon oqadi. Bifurkatsiya hodisasi uncha ko‘p uchramaydi va u qisqa vaqt davom etadi, chunki u eroziya natijasida asta-sekin tugab ketadi. Nam yetarli bo‘lmagan zonalarda suvayirg‘ichlar butunlay yoki qisman oqimsizdir. Daryo havzasining kattaligi, shakli va yo‘nalishi ular hayotida muhim ahamiyatga ega. Agar kichik havzalar bir xil iqlim sharoitida joylashgan bo‘lsa, katta havzalar bir necha iqlim oblasti, hatto bir necha zonada joylashadi va har bir iqlim oblasti hamda zonasi bosh daryo rejimiga ta’sir ko‘rsatadi. Amazonka daryosining irmoqlari turli yarim sharda bo‘lib, ularning suv sathi turli vaqtda ko‘tariladi. Pil cho‘ldan ekvatorial zona suvlarini olib o‘tadi. Amudaryo, Torim, Hind daryolari suv rejimi tog‘ iqlimi bilan bog‘liq. Katta havzali daryolarda grunt suvining salmog‘i ortadi, shu sababli yirik daryolar suvi kichikroq daryolardagiga o‘xshab kamayib ketmaydi. ENG KATTA DARYOLARNING UZUNLIGI VA HAVZASI MAYDONI
SSSR daryolari
Daryo sistemasi ham, joyning geologik va geomorfologik xususiyatlarn ham o‘z-o‘zidan rivojlanish va shuningdek, tashqi ta’sir, chunonchi, to‘rtlamchi davr materik muzi bosishlari, dengiz transgressiyalari, neotektonik harakatlar va h. k. lar natijasida vaqt davomida o‘zgaradi. Daryo sistemalarining joylanishidagi asosiy qonuniyatlar planetaro relyef bilan bog‘liq bo‘lib, relyefdagi kabi zonallik xususiyatiga egadir. Yevrosiyo va SHimoliy Amerikaning 62° SHim. k. dagi aktiv parallel bo‘ylab cho‘zilgan balandliklardan shimoldagi nishab qismlarida daryolar SHimoliy Muz okeaniga tomon oqadi bular SHimoliy Dvina, Pechora, Yana, Qolima, Makkenzi va boshqalar. Ob, Enisen va Lena 62° paralleldagi balandliklarni kesib o‘tib, ular shu yaqinda tirsaksimon burilmalar hosil qiladi.Materiklarning bu balandliklardagi janubga qaragan nishab qismida O`rta dengiz yoriqlari mintaqasi tomon Dnepr, Don, Volga, Missuri daryolari oqadi.Yer po‘stining O`rta dengiz yoriqlari mintaqasidagi tog‘ sistemalarida Sirdaryo va Amudaryo, Reyn va shimolga oquvchi boshqa daryolar boshlanadi. Janubga Rona, Frot, Hind, Gang, Lekong er yorig‘i mintaqasi ichida esa Po, Kura, Tarim daryolari oqadi.Ekvatorial «nov»ning baland chekka qismlaridan shimolga tomon Orinoko, San-Fransisko, janubga tomon Parana, Zambezi, Darling daryolari «nov» ichidan esa Amazonka bilan Kongo oqib o‘tadi. Amur, Xuanxe, Yanszi, Qolorado, Kolumbpya daryolarining yo‘nalishi Tinch okean yer po‘sti yoriqlari mintaqasi bilan bog‘liq. Nil daryosi Suriya-Afrika yer yorig‘i bo‘ylab oqadi. Xaritadan ko‘rinib turibdiki, cho‘llarni hisobga olmaganda, har bir territoriyadan bir necha katta daryo, ular orasidan esa ko‘pgina o‘rtacha va juda ko‘plab kichik daryolar oqib o‘tadi. Materiklar gidrografiyasining bu muhim xususiyatlarini M. A. Velikanov quyidagicha tushuntiradi. Dastlab materiklardan bir xil kattalikdagi bir nechta daryo oqib o‘tgan, deb faraz qilaylik. Eroziya natijasida ular o‘zani goh u, goh bu yonga surilgan, yuqori qismlari esa suvayirg‘ichlar ichkarisiga kirib borgan. Suvayirg‘ichning qarama-qarshi tomonida oquvchi daryolar bir-birini qo‘shib olgan. Ba’zi daryolar boshqa daryolarning irmoqlari yoki yuqori qismini qo‘shib olib, kattalashgan, ayni vaqtda boshqa daryolar qisqa, ikkinchi darajali daryolarga aylangan.Materik muzlarining hosil bo‘lishi va yerib ketish i hamda quruqliklarning asosiy tebranishlari muzlikdan tashqaridagi o‘lkalarda joylashgan ko‘llarga ham ta’sir etgan. Masalan, muzlik davrida daryo suvlarining kamayishi natijasida kaspiy dengizining maydoni qisqargan. Muzliklar yeriganda esa, dengiz sathi ko‘tarilib, uning maydoni ancha kattalashgan. Hozirgi Balxash ko‘li o‘rnida undan ancha katta ko‘l bo‘lgan. Orol dengizi to‘rtlamchi davrning ikkinchi yarmidagina vujudga kelgan. O`sha vaqtgacha O`rta Osiyodagi yirik daryolar Kaspiyga borib quyilgan. Baltika dengizining suv sathi ham ancha o‘zgarib turgan. Tabiiyki, dengiz va ko‘llar sathining o‘zgarishlari gidrografik tarmoqning ham o‘zgarishi bilan birga ro‘y bergan. Muzlik davrlarining muzliklararo davrlar bilan bir necha marta almashinishi ham gidrografik tarmoqqa juda katta ta’sir etgai. Muzliklar davridan oldin hozirgi Volga bo‘lgan emas. Bu vaqtda SHimoliy Dvina, Kama, Don va Dnepr daryolari bo‘lgan. Bulardan eng kattasi Don edi. Butun Yuqori Volga havzasi Don sistemasiga kirar edi. Shimoliy Uvallardan, hozirgi Qama bilan Vyatkaning yuqori oqimlaridan kelgan suvlar Vichegdaga, undan so‘ng SHimoliy Dvinaga quyilar edi. Dnepr muzligi yeriganda Qamaning irmoqlaridan biri ko‘hna Donning yuqori oqimini o‘ziga burib oldi. Yuqori Kama esa Vichegda irmoqlarining bir qismini kesib qo‘ydi. Mana shu yo‘l bilan hozirgi Volga sistemasi paydo bo‘lgan va daryolarning g‘alati yo‘nalishda oqishiga ham ba’zan shu protsislar sabab qilib ko‘rsatiladi. O`rta Osiyoning hozirgi gidrografik tarmog‘i ham muzliklar davrida va muzliklardan keyingi vaqtlarda shakllangan. Orol dengizi paydo bo‘lmasdan oldin oqar suvlar Kaspiy dengiziga borib quyilgan. To‘rtlamchi davrning ikkinchi yarmida Orol dengizi paydo bo‘lgandan so‘ng hozirgi daryolar shakllangan. Amudaryo shundan keyin ham o‘z o‘zanini o‘zgartirib turgan. Quruqlikning asriy tebranishlari natijasida daryolar yo‘nalishining o‘zgarib turishini Neva daryosi misolida ko‘rsatsa bo‘ladi. Muzliklardan keyingi vaqtda Ladoga ko‘lidan oqib chiqqan suv Vuoksa vodiysi bo‘ylab oqqan. Bu vaqtda Neva daryosi yo‘q edi. Skandinaviya qalqoni Qronshtadt parallelidan shimolda sekin-sekin ko‘tarilmoqda edi. Natijada bundan 2000 yil burun daryo oqimi shimoldagi Vuoksa vodiysidan Ladoganing janubiy chekka qismlariga tomon yo‘naldi va Niva daryosi hosil bo‘ldi. Daryolarning uzunligi kartalardan o‘lchanadi. Xaritalar masshtabi qancha katta bo‘lsa, gidrografik to‘r shuncha mufassal tasvirlanadi, binobarin uning zichligi to‘laroq aniqlanadi kichik masshtabli kartalar daryolar zichligining kamaytirilgan miqdorlarini aks ettiradi (31-jadval). Oqim kabi, gidrografik tarmoqning zichligi ham zonal va regional xususiyatlarga ega. SSSR dagi daryo tarmoqlari zichligining zonalligi 32jadvalda ko‘rsatilgan. 31 j a d v a l DARYO TARMOQLARINING TURLI MASSHTABLI KARTALARDAN ANIQLANGAN ZICHLIGI
Regional o‘zgarish ham oqimdagiga o‘xshash. Qirlar va tog‘li o‘lkalarda daryolar juda ko‘p bo‘ladi. Ohaktoshlardan tuzilgan joylarda daryolar butunlay bo‘lmasligi mumkin, chunki barcha yog‘in suvlari yer osti bo‘shliqlariga tushib ketadi. 32j a d v a l SSSRNING TURLI TABIAT ZONALARIDAGI DARYO TARMOQLARINING ZICHLIGI
Download 82.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling