Mavzu: daryolar
Download 82.09 Kb.
|
DARYOLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daryolar nomi Tuz miqdori Dzryolar nomi
CHo‘ldagi kamsuv daryolar suv havzalariga yetib bora olmay, ularning suvi bug‘lanish va gruntga sizilishga sarf bo‘lib, tugab ketadi. Tog‘lar etagidagi cho‘llarning seraxoli vohalarida ko‘plab daryolarning suvi butunlay sug‘orishga sarf bo‘ladi. Bu joylardagi daryolar sug‘oruv kanallari, aritslar bilan tugaydi. Daryolarning to‘yinishi. Yog‘inlar daryo suvlarining asosiy manbaidir. Daryolarga suv kelib quyilishi ularning to‘yinishi deyiladi. Daryolar to‘yinishining to‘rt manbai bor bular — yomg‘ir suvlari, qor suvlari, muzlik suvlari va grunt suvlaridir. Turli tabiat zonalari va regionlarida hamda tog‘li o‘lkalarning balandlik mintaqalarida bulardan xar birining salmog‘i turlichadir. Bu manbalarning daryolarning to‘yintirishdagi roli mavsumlar bo‘yicha ham o‘zgarib turadi. Grunt suvlari birmuncha o‘ziga xos rol o‘ynaydi ular ko‘pchilik daryolar oqimining barqarorligini ta’minlaydi va ular suv sathining boshqaruvchisi hisoblanadi grunt suvlarining o‘zi yomgir va qor, muz suvlaridan to‘yinadi. Daryolarning suvdorligi daryo o‘zaniga kelib quyiluvchi yalpi suv miqdoriga bog‘liq. Masalan, uzunligi 2534 m bo‘lgan Ural daryosining o‘rtacha yillik suv sarfi atigi 360 m/sek, vaholanki uzunligi 2660 km bo‘lgan Zambezi daryosining Viktoriya sharsharasi yonidagi, ya’ni quyar joyidan 1200 km yuqoridagi suv sarfi 1400 m3/sek ga teng. Daryo o‘zaniga kelib tushuvchi suvlarning mavsumlar bo‘yicha taqsimlanishi ham juda muxim ahamiyatga ega. Masalan, Ural daryosining minimal suv sarfi 13,6 m3/sek ga, maksimal suv sarfi esa 13500 m/sek ga teng. Zambezi daryosi esa hamma fasllarda ham sersuv. Oqim miqdorining vaqt davomidagi taqsimlanishi, ya’ni daryolarning suv rejimi to‘yinish manbalariga bog‘liqdir. Daryolarning suv rejimiga ko‘ra tiplari. Daryolarnnng to‘yinishi sharoiti va suv rejimiga ko‘ra klassifikatsiyasini dastlab A. I. Voeykov 1884 yil yaratgan va bu klassifikatsiya uning «Yer shari iqlimlari» kitobida bayon etilgan. U daryolarning yetti tipi va ikki xil oqimsiz o‘lkalarni ajratgan. Sovet gidreshoglari, katta faktik materialga tayanib, SSSR daryolarining ham (M. I. Lvovich, B. D. Zaykov, P. S. Kuzin), butun Yer sharidagi daryolarning ham (M. I. Lvo-vich) mufassal klassifikatsiyasini yaratdilar. Daryolar to‘yinish manbai va oqimning yil davomidagi taqsimlanishiga qarab tiplarga ajratiladi. M. I. Lvovich klassifikatsiyasida (1945) Yer sharidagi barcha daryolar 12 tip, 38 gurppaga ajratiladi. Agar daryoning to‘yinishida hech qaysi manba 50% suv bermasa, bunday daryolar aralash to‘yinadigan daryolar tipiga kiritiladi. Daryoni to‘yintirishda 50% dan 80% gacha suv beruvchi manbalar asosiy manba deyiladi agar biror manba suvi 80% dan oshsa, uning salmog‘i nihoyatda katta hisoblanadi. Quyida M. I. Lvovich bo‘yicha daryo tiplari keltirilgan. Amazonka tipi. Deyarli butunlay yomg‘irdan to‘yinadi, kuzgi (shimoliy yarim sharda) oqim ustun (Amazonka, Kongo, Ko‘k Nil). Niger tipi. Asosan yomg‘irdan to‘yinadi, kuzgi oqim ustun turadi (Niger, Nil). Mekong tipi. Asosan yomg‘irdan to‘yinadi, yozgi oqim ustun (Mekong, Parana, Maranon). Amur tipi. Asosan yomg‘irdan to‘yinadi, yozgi oqim ustun turadi (Amur, Vitim, Yana). O`rta dengiz tipi. Butunlay yoki asosan yomg‘irdan to‘yinadi, qishki oqim ustun (Mozel, Rur, Temza, Qrimning janubiy sohilidagi daryolar). Oder tipi. To‘yinishida yomg‘ir suvi ko‘pchilikni tashkil etadi va bahorgi oqim ustun turadi (Odra, Tisa, Po, Ogayo). Volga tipi. Asosan yoki ko‘proq qor suvlaridan to‘yinadi va bahorgi oqim ustun turadi (Volga, Missisipi, Tobol, Dajla). Yukon tipi. Asosan yoki ko‘proq qor suvlaridan to‘yinadi, yozgi oqim katta (Yukon, Qolorado, Qola, Vilyuv). Nura tipi. Asosan qor suvidan to‘yinadi va suvi deyarli butunlay bahorda oqib o‘tadi (Nura, Eruslan, Ingulets). Grenlandiya tipi. Butunlay muz suvlaridan to‘yinadi, vaqtli oqimga ega. Kavkaz tipi. Asosan muzlik suvlaridan to‘yinadi, yozgi oqim katta (Kuban, Terek, Rona). CHili (Loana) tipi. Asosan yer osti suvlaridan to‘yinadi, oqimi yil bo‘yi bir tekis (CHili cho‘li daryolari). M. I. Lvovich (1964) daryolar suv rejimining zonal tiplarini ajratgan, quyida ular ba’zi bir o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritib berilgan. Ekvatorial tip. Faqat yomg‘irdan to‘yinadi, yil bo‘yi juda serso‘v bo‘ladi. Daryolari hamma vaqt to‘lib oqadi, suv sathi yomg‘irli mavsum oxirida ko‘tariladi. Yog‘inlar bobida aytib o‘tganimizdek, ekvatorial mintaqada yomg‘irlar notekis taqsimlangan, shuning uchun daryolar suv rejimi ham turli joyda turlicha bo‘ladi. Katta daryolar suv sathining o‘zgarib turishiga ularning turli iqlimiy mintaqalarda joylashgan irmoqlari suvining kelib quyilishi sababdir. Masalan, Amazonka daryosi sathi uning janubiy irmoqlari havzasida yomg‘irli faslda (sentyabrdan aprelgacha) 10—15 m ko‘tariladi. Subekvatorial va tropik tip. Faqat yomg‘irlardan to‘yinadi, yil bo‘yi notekis taqsimlangan. Yog‘inlarning ko‘p qismi yoki hammasi yomg‘irlar faslida yog‘adi. Bu vaqtda daryolar sathi keskin ko‘tariladi va daryolar toshadi. Qurg‘oqchilik faslda daryolar yo sayozlashib qoladi yoki butunlay quriydi. Yomg‘irlar faslida (oktyabr-noyabrda) SHari daryosida suv sathi 35—40 m ko‘tarilib, uning quyi qismidagi barcha joylar juda katta botqoqqa aylanadi. Qurg‘oqchilik faslda suv sathi past bo‘ladi. Ob-havo quruq kelgan yillar Darling daryosi qator ko‘lmaklarga aylanib qoladi, ba’zi joylari esa qurib qoladi yomg‘irlar faslida suv sathi 10 m gacha ko‘tariladi va daryoda kemalar qatnay oladi. O`rta dengiz bo‘yi subtropik tipi. Daryolar deyarli butunlay yomgirlardan to‘yinadi. Yog‘inlarning asosiy qismi qishda yog‘adi bu vaqtda suv sathi ham ko‘tariladi. Subtropik musson tipi. Bu daryolar ham yomg‘irlardan to‘yinadi, biroq o‘rta dengiz bo‘yi tipidan farqi shuki, umuman yog‘in miqdori ko‘p va maksimum yozga to‘g‘ri keladi. Subtropik musson tipidagi daryolarning umumiy suvdorligi o‘rta dengiz bo‘yi tipidagiga qaraganda katta. Daryolar yozda toshadi qishda suv sathi pasayadi. Xuanxe daryosining suv sathi tekislikda 4—5 m ko‘tarilib-pasayib turadi, suv sathi iyul va avgustda ko‘tariladi, yanvar va fevralda pasayadi. Mo‘tadil dengiz tipi yoki G‘arbiy Yevropa tipi. Daryolar yil bo‘yi nisbatan bir tekis yomg‘irlardan to‘yinadi daryolari har doim to‘lib oqadi. Yog‘in miqdorining bir oz ortishk va bug‘lanishning kamayishi sababli suv qishda eng ko‘payadi. Temza daryosida qishki suv sarfi 180 m3!sek ga etadi, yozgi suv sarfi esa 18 m3!sek gacha tushib qolishi mumkin. Daryolarning yuqorida tasvirlangan beshta tipi rejimining yana bir juda muhim xususiyati bor suv temperaturasi ekvatorial va G‘arbiy Yevropa tipidagi daryolarda turlicha bo‘lsada, lekin ular muz bilan qoplanmaydi. Boshqa tipdagi daryolar suv yuzi har yili muzlab qoladi. Muzlash daryolar butun rejimining, ya’ni ham suv, ham issiqlik, ham gaz rejimining muhim zvenosi hamda daryolar suvidagi hayotning muhim shartidir. Mo‘tadil kontinental yoki Rossiya tipi. Daryolar yoz va kuzda yomg‘ir va grunt suvlaridan to‘ynadi. Qishda qor yog‘ib, daryolar muz bilan qoplanganda faqat grunt suvlaridan to‘yinadi bahorda qor suvlari kelib quyiladi. Daryolarning suv sathi va suvdorligi ancha o‘zgarib turadi. Yil fasllariga qarab, bahorgi sersuv, yozgi kamsuv, kuzgi toshqinli va qishki kamsuv davrlar ajratiladi. Shimoliy Dvina daryosida yillik jami oqimning 55—60%i bahorga, 15—18%i yozga, 13—15%i kuzga va 10—13%i qishga to‘g‘ri keladi. Mo‘tadil chala cho‘l yoki Qozog‘iston tipi. Daryolar to‘yinishida bahorgi qor suvlari asosiy o‘rin tutadi. Yozda bir ozgina grunt suvlaridan ham to‘yinadi. Yozgi bug‘lanish kuchli bo‘lgan va o‘zanga suv kam yig‘ilgan vaqtda suvning ta’mi sho‘rtobroq bo‘lib, ichishga yaramay qoladi ko‘p daryolar yozda qurib qoladi yoki gruntga singib ketadi. Masalan, Qozogistondagi To‘rg‘ay, Irg‘iz daryolari va boshqalar. Daryolarning suvdorligi nihoyatda kichik. Mo‘tadil musson yoki Uzoq SHarq tipi. Daryolar yomg‘irlardan, bahorda qor suvlaridan va grunt suvlaridan to‘yinadi musson yomg‘irlari hisobiga yozgi oqim ustun turadi. Rossiya tipidagi daryolardan farq qilib, bu tipda qorlarning bahorgi yerishi daryolarni u qadar toshirmaydi, Lekin yozgi suv ko‘tarilishlari iyul oyining oxiri va avgust boshida fojiali toshqinlar tusini oladi. Shilka daryosi 79% suvini yomg‘irlardan va faqat 13% suvini qorlardan, 8% suvini grunt suvlaridan oladi. Qishda suv sathi juda pasayib ketadi. Qutbyoni va doimiy muzloq yoki SHarqiy Sibir tipi. Qishki qahraton sovuq, yog‘inlar miqdorining kamligi va doimiy muzloqlar sababli qutbyoni kengliklari hamda doimiy muzloqli rayonlarning daryolar rejimi anchagina o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu o‘ziga xoslik SHarqiy Sibirda ayniqsa yaqqol ifodalangan bo‘lib, u avvalo bu yerdagi daryolarning kamsuvligida aks etgan SHarqiy Sibir daryolarining suvdorligi SSSR Yevropa qismining shu geografik kengliklardagi daryolari suvdorligidan ikki-uch baravar kam. Yana bilan Indigirka havzasining maydoni jihatidan Pechora bilan SHimoliy Dvinaga teng, suvdorligi jihatdan esa ulardan uch baravar kichik. Yuqorida aytib o‘tilgan oblastlar daryolari ko‘proq qor suvlaridan to‘yinadi. Yomgir suvlari 1—2% ni tashkil etadi. Bahorgi to‘lin suv kuchli bo‘lib, daryodagi suv sathi 10—15 m ga ko‘tariladi. Yozda yomgirlar tufayli toshqinlar bo‘ladi. Bu tipdagi daryolarning xarakterli tomoni shuki, ular qishda tagigacha muzlab qoladi. Katta daryolar sayoz qismlaridagina tagigacha muzlaydi, o‘rtacha va kichik daryolar esa boshdan-oyoq tagigacha muzlab qoladi. Qishda hatto YAna, Indigirka, Vilyuy kabi katta-katta daryolar ham tappa-taq muzlaydi. Muz qoplami qirgoqlarga qattiq yopishib qoladi va suv oqimi to‘xtagach, daryo o‘zani ustida osilib turadi. Bunday muz «quruq muz» deyiladi. Bu daryolarda yaxmalaklar hosil bo‘ladi. Qutbiy tip. Daryolar deyarli butunlay qorlar va qutb muzliklarining yerishidan to‘yinadi. Qisqa yoz vaqtidagina o‘zanda suv oqadi. Yilning uzoq sovuq davrida daryolar tagigacha muzlab qoladi. Daryolarning bunday rejimi kichik va o‘rtacha daryolarda to‘la namoyon bo‘ladi. Bir necha geografik rayon, hatto zonadan oqib o‘tuvchi katta daryolar bu geografik rayon va zonalar ta’sirida bo‘ladi, shuning uchun ham ularning rejimi murakkabroq. Ko‘l — daryo sistemalari va tog‘li o‘lka daryolari rejimi o‘ziga xosdir. Ko‘l tipi. Daryolar suv rejimining bu tipiga Neva, Svir, Avlnyo Lavrentiy, Nelson, Makenzi, Angara kiradi. Ular asosan ko‘llardan oqib chiqadi. Shuning uchun har doim sersuv, ularning suv sathi yoginlarga va yon bagir oqimiga bog‘liq emas. Ular suvini juda katta ko‘llar tartibga solib turadi. Toglik tipi. Tog‘ daryolarining to‘yinishi va rejimi, shu jumladan suv oqimi, balandlik mintaqalari qonuniyatiga ega. Bu daryolar baland tog‘larda muzlik suvlaridan to‘yinadi, shu sababli bunday daryolar suvi yozda (O`rta Osiyoda—yozning ikkinchi yarmida—tarj) ko‘payadi. O`rtacha balandlikdagi yon bagirlarda qor-muz suvlariga yomg‘ir suvlari ham qo‘shiladi. Daryolar quyi qismlarida shu yerning kenglik tabiat zonasiga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Daryolarning tog‘lik tipi ikki tipchaga—O`rta Osiyo va alp tipchasiga bo‘linadi. O`rta va Markaziy Osiyo daryolari tog‘lardan oqib tushgach, yog‘in suvlarini olmaydi, tranzit daryoga aylanadi va quyar joyiga tomon suvi tobora kamaya boradi. Ular yo yerga singib tugab ketadi, yoki oqimsiz ko‘llarga borib quyiladi. Alp tipiga mo‘‘tadil mintaqadagi nam iqlimli tog‘li o‘lkalar Alp tog‘lari, Kavkaz, Oltoy va boshqalar daryolari kiradi. Ular baland tog‘larda muz va qor suvlaridan mo‘l to‘yinadi, o‘rta va quyi oqimida ko‘plab yomg‘ir suvlari kelib quyiladi. Bu daryolar sersuv bo‘ladi. Yuqorida tasvirlangan xar bir daryo tipiga faqat ma’lum bir suv rejimigina emas, balki boshqa xil belgilar kompleksi ham xosdir, zero, har bir daryo murakkab va bir butun tabiiy hosiladir. Daryolar suv sathining nodavriy tebranishlari. Daryolarda suvlarning davriy to‘lib oqishidan tashqari, suv birdan ko‘payib ketib, daryo sathi ko‘tariladigan hollar ham uchraydi. Bunga suv ko‘payishlari va toshqinlar kiradi. Suv ko‘payishi deb daryo suv sathining kuchli jalalar, qorning tez erishi, o‘zanda muzlar to‘planib qolishi va nihoyat, suv omborlaridagi suv ochib yuborilishi natijasida qisqa vaqt davomida birdan ko‘tarilishiga aytiladi. Suv ko‘payishi quyiga qarab old tomoni baland, orqa tomoni past kuchli suv to‘lqini tarzida tarqaladi. Suv ko‘tarilishi to‘lqinlarining tezligi. tog‘larda soatiga 45 km dan tekisliklarda 3 km gacha o‘zgaradi. So‘ng bu to‘lqinlar tobora yoyila borib, tugaydi. Ba’zan suv ko‘payganda toshqinlar bo‘lib katta-katta joylarni suv bosib ketadi. Musson yomg‘irlari juda ko‘p jala tarzida yog‘ishi natijasida Uzoq SHarq daryolarida toshqinlar ayniqsa tez-tez bo‘lib turadi. Toshqinlar Ogayo va Missisppida, Dunay, Rona, Po daryolarida ham bo‘lib turadi. Suv sathining nodavriy tebranishlari daryolarning quyar joyida shamolning dengiz yoki ko‘l suvini haydab kelishi natijasida ham ro‘y beradi. Shamolning yo‘nalishi va kuchi Neva daryosiga ayniqsa ta’sir qilib turadi. Bunga sabab shuki, Neva daryosining qiyaligi juda kam bo‘lib, uning tagi dengiz suvi sathidan pastdir. Leningrad bunyod etilgandan beri, ya’ni 250 yil davomida Neva daryosining sathi 300 marta toshqin darajasiga ko‘tarildi. 1824 va 1924 yillar toshqin ayniqsa kuchli bo‘lgan. Neva daryosi suv sathining o‘zgarib turishi va uning o‘zaniga Fin qo‘ltig‘i suvlarining kirib kelishida atmosfera bosimining siklondagi taqsimlanishi ham sezilarli rol o‘ynaydi. Siklon markazidagi ko‘tarilma havo oqimlari suvni yuqoriga tortadi va suv Neva daryosiga kirib kelib, daryo sathini ko‘taradi. Daryo oqimini tartibga solish. Hozirgi jamiyat oqimga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir asosan daryo oqimini tartibga solishga, ya’ni daryo oqimini yil bo‘yi bir tekis taqsimlashga qaratilgan. Buning natijasida daryoda suv birdan ko‘payib ketishining, toshqinlarning oldi olinadi, bahorda to‘plangan suv esa daryolar suv sathini yozda ham birday baland bo‘lishiga imkon beradi. Kishilarning oqimga ongli ta’siri ikki xil a) o‘zansiz oqimni o‘zgartish b) o‘zanli oqimni boshqarish, ya’ni tartibga solish. Yon bag‘ir oqimi daryo havzalari yer usti holatini o‘zgartirish daraxtzorlar barpo qilish, jarlarda hovuzlar qurish, qorni tutib turish bilan sekinlashtiriladi. Sug‘oriladigan rayonlarda, masalan, vohalarda tabiiy oqim sharoiti ayniqsa ko‘p o‘zgarib ketadi. Irrigatsiya kanallari yangi suv shoxobchalarini vujudga keltiradi bu shoxobchalar ba’zan daryoning barcha suvini olib qo‘yadi. Masalan, Misrda (MARda) sug‘oruv kanallarining uzunligi 25000 km dan ortadi. O`zan oqimini tartibga solish a) to‘g‘onlar qurish va suv omborlari barpo qilish va b) daryo suvining bir qismini xo‘jalik ehtiyojlariga olish yoki daryoga boshqa havzalardan suv keltirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Suv oqimini to‘g‘on va suv omborlari qurib tartibga solishdan maqsad suvning falokatli ko‘payib ketishiga barham berish, daryolar energiyasidan foydalanish, kema qatnovi sharoitini yaxshilash, suvlarni yerlarni sug‘orishga ishlatishdir. Ko‘plab katta-kichik daryolar hozir shu qadar tartibga solinganki, ularning sathi qator-qator to‘g‘onlarga bog‘liq, ularning tabiiy rejimi esa bir tekis rejim bilan almashtirilgan. Volga, Dnenr, Kura, Ob, Irtish, Angara va boshqa daryolardagi juda katta gidrouzellar hammaga ma’lum. Daryolarning issiqlik rejimi, Daryo suvlari quyosh radiatsiyasi hisobiga isiydi. Yer sharidagi barcha daryolar issiqlik rejimiga ko‘ra quyidagi yirik zonal gruppalarga bo‘linadi 1) ekvatorial va tropik kengliklarning doim iliq suvli daryolari 2) teperaturasi mavsumiy o‘zgarib turadigan, biroq qishda muzlamaydigan daryolar ular subtropik kengliklarda va o‘rtacha kengliklarning dengiz iqlimli o‘lkalarida oqadi 3) yozda suvi iliq va qishda muz bilan qoplanadigan daryolar o‘rtacha kengliklarning ko‘pchilik daryolari shunday rejimga ega 4) suv yilning faqat iliq faslida oqib, boshqa vaqt muzlab yotadigan daryolar bular — muz zonasining daryolari. Regional omillar, ya’ni to‘yinish manbalari, daryo sistemasining katta-kichikligi, havzaning tabiiy sharoiti har bir gruppadagi daryolar xususiyatiga o‘zgarishlar kiritadi. Muzliklardan va baland tog‘lardagi qorlardan to‘yinadigan daryolar suvi juda bo‘lmaganda bosh qismida sovuq bo‘ladi. Ko‘llardan oqib chiqadigan daryolar suvi shu o‘lkadagi ko‘llardan boshlanmaydigan daryolar suviga qaraganda sovuqroq bo‘ladi. Gruntdan juda ko‘p suv oladigan daryolarning ba’zi qismlari qishda muzlamaydi. Qatta daryolarning issiqlik rejimi iqlim sharoitiga qarab oqim bo‘yicha o‘zgaradi, agar daryo sistemasi meridian yo‘nalishida bo‘lsa, bu o‘zgarish yaqqol seziladi. O`rtacha kengliklar daryolarining temperatura rejimini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Bu yerdagi daryolarning yillik rejimida yozgi iliq, kuzgi muzlash va muz oqishi (shovush), qishki muz bilan qoplanish va bahorgi muz erishi va muz oqishi davrlari yaqqol ajralib turadi. Yozda suv temperaturasining oylik va sutkalik o‘zgarishi bir oz kechikib bo‘lsa-da havo temperaturasining oylik va sutkalik o‘zgarishini deyarli takrorlaydi (biroq suv temperaturasi havo haroratidek o‘zgarmaydi). Oqimda suv aralashishi tufayli daryoda issiqlik ancha bir tekisda taqsimlanadi. Lekin qirg‘oqlar yaqinida va suv betida harorat daryo tagidagiga qaraganda 3°S gacha iliqroq bo‘ladi. Kuzda daryolar muzlay boshlaydi. Biroq ular oldinma-keyin muzlaydi. Tekisliklardagi sekin oquvchi daryolarda kuzgi sovuqda qirg‘oq yaqinidagi suv beti muzlab, qirg‘oq yoni muzlarini hosil qiladi. Qeyinroq ikki qirg‘oq yoni muzlari tutashib, suv betida muz qoplami hosil bo‘ladi. Tez oqar daryolarning muzlashi boshqacha bo‘ladi. Suvning turbuleng aralashuvi natijasida bu yerda suv usti muz qoplami tez hosil bo‘la olmaydi. Temperatura pasaygan sari butun suv massasi ham soviy boradi. Suv temperaturasi gradusining ulushi miqdorida 0° dan pasayadi. Daryo tagi yaqinida yoki daryo tagining o‘zida suvning tezligi kamroq bo‘ladi va o‘ta sovib ketgan suv shu yerdan muzlay boshlaydi. Suvda muallaq oqib yuruvchi kichik-kichik muz kristallari—shug‘a yoki daryo tagining o‘ydim joylarida o‘rnashib qolgan g‘ovak, mayda suv osti muzi palaxsalari paydo bo‘ladi. Suv osti muzi birmuncha vaqt suv ostidagi toshlarga yopishib turadi. Yopishish kuchlari bu muz parchalarini ushlab turolmagach, bu muz shu zahoti suv betiga qalqib chiqadi va u daryo yuzidagi suv oqimini susaytirib, sidirg‘a muz qoplami hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ko‘ldan oqib chiqadigan katta daryolar — Neva, Avliyo Lavrentip, Nelson ko‘ldan oqib chiqadigan muz parchalari yordamida muzlaydi. Kuzgi muz oqishi vaqtida muz parchalari daryolarda muz uyumlari — toroslarni hosil qiladi. Kuzgi muz oqishi natijasida muz tiqilishlari va muz to‘plamlari (zajorlar) hosil bo‘ladi. Muz tiqilishi suv yuzasida oqib kelayotgan muz parchalarining biror to‘siqqa kelib to‘planishidir. Muz to‘plamlari suv ichidagi muzlarning qalashib qolishidir. Har ikkalasi ham daryo ko‘ndalang kesimi sathini (30% gacha) kamaytiradi, suv sathini ko‘taradi suv ularni yuvib ketsa, juda tez suv-muz oqimi hosil bo‘ladi. SSSR daryolarida muz hodisalari G‘arbiy Gruziya bilan O`rta Osiyo janubidagi subtropiklardagina bo‘lmaydi. Zakavkazening boshqa qismidagi va O`rta Osiyoning tog‘ oldilarida daryolarda garchi muz oqmasa-da, qirg‘oq yoni muzlari (qilamiqlar) va shug‘alar hosil bo‘ladi. Janubiy Qozog‘istonda Kavkaz tog‘oldilarida, Qrim va Moldaviya daryolarida muz oqishi har yili ham bo‘lavermaydi. SHimolroqdagi daryolar har yili muz bilan qoplanadi. Janubi-g‘arbda Riga qo‘ltig‘i—Volganing quyar joyi chizig‘igacha, shuningdek Balxash havzasida muz oqishi dekabrda boshlanadi. SSSR Yevropa qismining boshqa territoriyalarida va Sibir bilan Uzoq SHarqning janubida noyabrdan boshlanadi. Sibirning 55° sh. k. dan shimoldagi daryolari oktyabr oyida muzlaydi. Bahorda havo temperaturasi ko‘tarilib, qor erishi bilan daryolarda suv oqa boshlaydi, muzlar qirg‘oqlardan uzilib, bahorgi muz oqishi boshlanadi. Janubdan shimolga tomon oqadigan daryolarda (SHimoliy Dvina, Makenzi, Lena) bahorgi muz oqishi ayniqsa kuchli bo‘ladi, chunki bu yerlarda qor daryolarning yuqori qismidan boshlab yeriydi, uning quyi qismlaridagi muzlar esa avvaliga bahorgi yerigan suvlarning qarshiligini yengib turadi, bu muzlar sinib ketgach, suv daryoda to‘lib-toshib oqa boshlaydi. Daryolar Sibir tundralarida iyunda, Yevropaning shimoli va Sibir bilan Uzoq SHarqning o‘rtacha kengliklarida may oyida, SSSR Yevropa territoriyasining ko‘p qismida, Sibirning janubi va Primoreda aprelda, Baltikabo‘yi, Belorussiya va Ukrainada martda muzdan bo‘shaydi. Daryolarning ximiyaviy rejimi. Suv daryoga kelib quyilguncha yo yer ustida, yoki gruntda ancha masofani bosib o‘tadi. Har ikkala holda ham u tuzlarni yeritadi. Shuning uchun daryo suvlari, garchi ularda tuz kam bo‘lmasa-da, eritma hisoblanadi. Daryo suvida tuzlarning nisbatan kam bo‘lishiga oqar suvning tez almashinib turishi, yog‘inlar, qor-muz suvlarining kelib qo‘shilishi, bioximik protsesslar ta’siri va daryo suvlarining yaxshi yuvilgan yuza grunt (sizot) suvlari bilan qo‘shilishi sababdir. Suv oqimidan tashqari, sanab o‘tilgan omillarning barchasi zonaldir, demak daryolarning gidroximik xususiyatlari ham zonallik xususiyatiga ega. Namlanish ortiqcha bo‘lgan zonalardagi daryo suvlarining mineralizatsiyasi uncha katta emas, chunonchi Pechora daryosida 40 mgl ga, YAna daryosida esa 37 mgl ga teng. Namlik ortiqcha bo‘lgan sharoitda yaxshi eruvchan xlor va sulfat birikmalari yuvilib ketgani sababli bu zonalardagi daryolar mineralizatsiyasi gidrokarbonat kalsiylidir. Daryolar ayniqsa suv o‘simliklari vegetatsiyasi davrida — yozda kislorodga boydir. Qishda suvdagi kislorod miqdori kamayadi va hatto yetarlidan ham kam bo‘ladi. Botqoqlik suvlari oqimi daryodagi organik moddalar miqdorini oshiradi gumus tufayli suv jigar rang qoramtir tusga kiradi shuning uchun ko‘p daryolar Qorasuv yoki Qoradaryo deb ataladi. Namlanish yetarli bo‘lmagan zonalarlarda daryolar kuchli minerallashgan bo‘ladi masalan, Emba daryosining mineralizatsiyasi 1641 mgl gacha, Ishim 1212 mgl, Stavropol qirlaridagi Kalaus daryosiniki 7904 mg)l. Tuzlar tarkibida xlor va natriy miqdori ortadi. Daryolar suvi naqadar chuchuk va musaffo bo‘lib tuyulmasin, ular quruqliklardan dengizlarga yiliga juda ko‘p miqdorda tuz keltiradi. (36jadval). 36 j a d v a l BA’ZI DARYOLAR YILIGA DENGIZGA KELTIRADIGAN TUZ MIQDORI
Daryolardagi organik hayot sharoiti. Daryolardagi ekologik sharoit suv oqimi tezligiga hamda mineralizatsiyaga bog‘liqdir. Quyosh nuri sayozroq daryolarning tagigacha o‘tadi. Hayot sharoitiga qarab daryolar uch qismga, ya’ni yuqori, o‘rta va quyi qismlarga bo‘linadi bu qismlar daryolarning oqim tezligi va umumiy rejimiga ko‘ra bo‘linishiga ham to‘g‘ri keladi. Yuqori qism uchun suvning tez oqishi, ko‘pincha ostona va sharsharali ekanligi, loyqa yotqiziqlarning bo‘lmasligi, o‘zanining toshloq ekanligi shuningdek, yuqorida joylashganligi sababli temperaturasining pastligi xosdir. Shuning uchun daryolarning yuqori oqimida suv o‘simliklari bo‘lmaydi, plankton yaxshi rivojlanmaydi, chunki uni suv oqizib ketadi, umurtqasiz hayvonlar juda kam, baliqlar uchun ozuqa juda tanqis bo‘ladi. Tez oqar va ozuqa moddalari kam suvlarda maxsus baliqlar — riofillarning bir necha turigina yashashi mumkin. Daryolarning yuqori oqimlarida baliqlar turigina emas, ularning soni ham kam bo‘ladi. Bunday ekologik sharoit tog‘ daryolari, shu jumladan, Enisey kabi tekislik daryolarining tog‘dagi yuqori qismlari uchun ham xosdir. Tekislikdan boshlanuvchi daryolarning yuqori qismi esa o‘rta oqimga xos ekologik sharoit hamda faunaga ega bo‘ladi. Daryolar o‘rta qismida sekinroq oqishi sababli bu yerda tez oqar suvlarga uncha yaxshi moslashmagan baliqlar yashashi mumkin. Daryolar tagi toshloq bo‘lmay, qumloq va mayda shag‘alli bo‘ladi, biroq suv osti faunasi hali kamroq uchraydi. Plankton eski o‘zanlardagina boy bo‘lib suv to‘lib oqqanda bu o‘zanlardan daryoga o‘tib, uning quyi qismiga tomon oqib ketadi. Suv daryoning yuqori qismdagiga qaraganda iliqroq bo‘ladi. Daryolarning o‘rta oqimida baliqlarning turi va soni ko‘proq bo‘ladi. Daryolarning quyilish joylari baliqlar yashashi uchun eng qulay sharoitga ega, bunga sabab oqimning juda sekinligi va ozuqa resurslarining mo‘lligidir. Biroq bu yerda suvning gaz rejimi bir oz yomonlashadi va suv birmuncha sho‘rlanadi. Suv sho‘rligining ortishi tufayli daryoning quyilish joyiga sho‘rtob suvda yashovchi baliqlar kirib keladi.Bundan tashqari, daryolarning quyilish joyida, o‘rta yoki yuqori oqimda uchraydigan barcha xil o‘tkinchi baliqlar uchraydi. Daryolar—tabiat resurslaridan biri. Hozirgi sertarmoq xo‘jalikda ulardan kompleks transportda, gidrostansiyalar qurishda, sanoatni suv bilan ta’minlashda, baliqchilikda va yerlarni sug‘orishda foydalaniladi Tropik va subtropik mintaqalarning arid zonalarida kishilar daryolar suvidan hamda issiqlik bilan yorug‘likning ko‘pligidan foydalanib juda qadimiy dehqonchilik madaniyati o‘choqlarini yaratganlar. Quyosh energiyasi ta’siri tufayli okeanlardan materiklarga o‘tgan suv quruqlikdan oqar ekan, quyoshdan olgan mana shu energiya zapasiga egadir. Tog‘larda yog‘in qancha ko‘p tushsa, daryolarda quvvat shuncha ko‘p bo‘ladi. Suv energiyasining bir qismigina ishqalanish va eroziyaga sarf bo‘ladi, qolganidan inson foydalanishi mumkin. Hozirgi vaqtda Yer sharining gidroenergetika resurslari 3750 mln. kvt ekanligi hisoblab chiqilgan. Bular Yer sharida quyidagicha taqsimlangan Osiyoda 35,7, Afrikada 18,7, SHimoliy Amerikada 18,7, Janubiy Amerikada 16,0, Yevropada 6,4, Avstraliyada 4,5%. Bu resurslar ayniqsa, Afrika bilan Janubiy Amerikada hali yetarlicha foydalanilmayotir. I. Download 82.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling