Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet100/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsni rejasi.

1.Tuzlar gidrolizining harorotning ta`siri.2.Tuzlar gidrolizining bosimning ta`siri.


3.Tuzlar gidrolizining hajmning ta`siri.


Yangi darsning bayoni.

Tuzlar gidrolizi tuzning tabiatiga, eritma konsentratsiyasi va haroratigabog‘liq. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuzlar to‘la gidrolizga uchraydi.


Harorat ko‘tarilganda tuzlarning gidrolizlanishi ortadi, chunki suvning H2O H+ + OH– muvozanati o‘ngga siljiydi. Ba’zan tuzlarning odatdagi sharoitda bormaydigan gidroliz bosqichlari yuqori haroratda sodir bo‘ladi. Masalan, FeCl3 tuzi uch bosqichda gidrolizlanadi. Odatdagi sharoitda bu tuzning gidrolizining faqat I bosqichi amalga oshadi.
FeCl3 + HOH HCl + Fe(OH)Cl2 Lekin eritma qaynatilsa, uning II bosqichi ham sodir bo‘ladi.
Fe(OH)Cl2 + H2O HCl + Fe(OH)2Cl Lekin eritma qaynatilsa, uning II bosqichi ham sodir bo‘ladi. Fe(OH)Cl2 + H2O HCl + Fe(OH)2Cl Qizdirish davom ettirilsa, III bosqichi ham sodir bo‘ladi. Fe(OH)2Cl + H2O HCl + Fe(OH)3↓ Eritmalar suyultirilganda gidroliz darajasi ortadi. Buni SbCl3 tuzining gidrolizi misolida ko‘rish mumkin SbCl3 + 2H2O Sb(OH)2Cl + 2HCl
Agar bu tuz eritmasiga qo‘shimcha suv qo‘shsak muvozanat o‘ngga siljiydi va cho‘kma holida Sb(OH)2Cl (yoki SbOCl – antimonil xlorid) hosil bo‘ladi. Demak, eritmalarda gidroliz jarayonini kuchsizlantirish uchun quyi haroratlarda va konsentrlangan holda saqlash lozim. Bundan tashqari kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo‘lgan tuz eritmalarida kislotali muhitni ta’minlash, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz eritmalarida ishqoriy muhitni saqlash ham gidrolizning oldini olishish mumkin.Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlarning suvdagi eritmasining muhiti kislotali bo‘ladi. 3. Natriy karbonat tuzi kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan. Bunday tuzlarning suvli eritmalarida ham kimyoviyjarayon sodir bo‘ladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki indikatorlar rangini o‘zgarishidan muhitni ishqoriy ekanligini bilamiz. Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda: Kuchsiz kislota anioni suvning issotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lganH+ ionini biriktirib dissotsiatsiyalanmaydigan HCO3 – ionini hosil qiladi.– ioni navbatdagi H+ ionini biriktirib H2CO3 ni hosil qilishi kerak. Ammo bu jarayon sodir bo‘lmaydi (H2CO3 → H2O + CO2). Buning sababi eritmadagi OH– ionlari suvning navbatdagi molekulasining dissotsiatsiya dissotsiatsiyalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gidroliz jarayonini oxirigacha davom ettirish uchun eritmadagi ortiqcha OH– ionlarini yo‘qotib turish kerak.Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar suvda eritilganda, eritma muhiti ishqoriy bo‘ladi. 4. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar to‘liq gidrolizgauchrab kuchsiz asosni va kuchsiz kislotani hosil qiladi. Al2S3 + 3H2O → 2Al(OH)3 + 3H2SEritmaning muhiti esa hosil bo‘lgan asos bilan kislotaning nisbiy kuchi bilan belgilanadi. Demak, hosil bo‘lgan asos kuchliroq bo‘lsa kuchsiz ishqoriy, kislota kuchliroq bo‘lsa kuchsiz kislotali bo‘ladi, hosil bo‘lgan asos va kislotaning kuchi teng bo‘lganda neytral muhitda bo‘ladi. Tuzlar bilan suv orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir.Tuzning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ion hosil bo`ladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling