Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet108/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Dasrning turi: An`anaviy.
Darsning usuli: maru`za darsi va test bilan ishlash
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.

1.Metalmaslarning fizikaviy xossalari 2. Metalmaslarning kimyoviy xossalari


Yangi darsning bayoni.

Normal sharoitda ba’zi metalmaslar gazsimon (vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor), ba’zilari suyuq (brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod, yod, fosfor va bosh) holda uchraydi. Metalmaslar nozik tuzilmali bo‘lib, ko‘pchiligi organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr tokini yomon o‘tkazadi. Tipik metalmaslar metallar bilan ion bog‘li birikmalar hosil qiladi.


(NaCl, MgO, Na2S). Metalmaslarning o‘zaro ta’sirlashuvidan kovalent bog‘li birikmalar
hosil bo‘ladi. Masalan, suv H2O, ammiak NH3 molekulalarida atomlar orasidagi qutbli kovalent bog‘, metan O2 da esa qutbsiz kovalent bog‘ mavjud.Metalmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuvchan vodorodli birikmalar hosil qiladi. Vodorod atomining tashqi qavatida 1 ta elektron bo‘lganligi uchun (vodorodning faqat bitta elektroni bor) ishqoriy metallarga o‘xshab davriy jadvalning birinchi guruhida joylashgan. Odatdagi sharoitda gaz bo‘lganligi, molekulasi ikki atomli va bu atomlar kovalent qutbsiz bog‘langanligi sababli galogenlarga o‘xshaydi. Shuning uchun vodorod VII guruh elementlari qatoriga ham yozilishi mumkin. Vodorod atomi bitta elektron qo‘shib (oksidlovchilik xossasi) tashqi qavatini geliy atomiga o‘xshash barqaror holatga o‘tkaza oladi. Sakkizinchi guruh bosh guruhcha elementlari geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon metalmaslarga kirib, inert gazlar deb ataluvchi alohida elementlar guruhini tashkil etadilar. Inert elementlar atomlari tashqi elektron pog‘onalarida 8 tadan (geliyda 2 ta) elektron tutadi. To‘lgan tashqi elektron qobiqlar juda barqaror. Shuning uchun inert gazlar atom holida uchraydi va kimyoviy jihatdan juda barqaror. Ular o‘zaro birikmaydi va vodorod hamda metallar bilan ta’sirlashmaydi.1962 yilda XeF4 ksenon tetraftorid olinishi bilan ularning ba’zi kislorodli vaftorli birikmalarini sintez qilib olish imkoniyati vujudga keldi.

  1. Barcha metalmaslar (vodorod va geliydan tashqari) p-elementlaroilasiga mansub. Ammo

barcha p-elementlar ham metalmasbo‘lavermaydi.

  1. Metalmaslarning elektrmanfiyligi 2,00 dan 4,00 oralig‘ida bo‘ladi.Demak, metalmaslar

kuchli elektrmanfiy elementlardir. Eng kuchli elektrmanfiy element ftordir.
3) Metalmaslarning vodorodli birikmalari uchuvchan moddalardir. HCl, H2S, NH3, CH4
4) Metalmaslarning yuqori oksidlari kislotali oksidlardir.SO2, SO3, P2O5, NO2, N2O5
5) Metalmaslar o‘zaro birikib kovalent bog‘lanishli birikmalar, metallar bilan esa ion
bog‘lanishli birikmalar hosil qiladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling