Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
Dasrning turi: An`anaviy.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Fanga “galogen” tushunchasini 1811 yilda nemis kimyogari I.Shveyger kiritgan bo‘lib, “tuz” va “hosil qiluvchi” degan ma’nolarni bildiradi. “Galogenlar” atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun umumiy nom bo‘lib qolgan. Galogenlarning barchasi metalmaslar bo‘lib, kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan.Galogenlarning tashqi energetik pog‘onasida 7 ta elektron bor, demak tugallangan energetik pog‘onaga o‘tishi uchun bitta elektron yetishmaydi. Shu sababli galogenlar vodorod hamda metallardan bitta elektron olib -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. NaF-1, HCl-1, KBr-1, CaJ-1 Ftor eng kuchli elektrmanfiy element bo‘lganligi uchun u barcha birikmalarida manfiy bir oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo‘lgan oksidlanish darajalarini ham namoyon etadi. Tabiatda tarqalishi: Galogenlar tipik metalmaslar, kuchli oksidlovchilar bo‘lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi. Asosan tabiatda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi. Olinishi: 26-jadvalga e’tibor bersangiz galogenlar tabiiy birikmalarida asosan manfiy bir (-1) oksidlanish darajasida bo‘ladi. Demak galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo‘ladi. Umumiy ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin: 1) Ftorid ionidan ftor olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foydalanamiz. 2) Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettirib olish mumkin. Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta’sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta’sir ettirib ham olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir. 4) Yodni olish uchun yodidlarning eritmalarini elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta’sir ettiriladi, shuningdek, xlor, brom ta’sir ettirib ham olish mumkin. 2KJ + Cl2 = 2KCl + J2; 2KJ + Br2 = 2KBr + J2 Fizik xossalari: Gallogenlarning ayrim xossalari bilan “Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari” (5§) da tanishgansiz. Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari fizik xossalari ma’lum qonuniyat bilan o‘zgaradi. Oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib boradi. Ftor och-yashil rangli gaz bo‘lsa, xlor sarg‘ish-yashil rangli og‘ir gaz, brom qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik, yod esa to‘q kulrang kristall moddadir. Qaynash harorati, zichligi ortib boradi. Gallogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha kam. Masalan, bir hajm suvda odatdagi sharoitda 2,5 hajm xlor eriydi, yodning eruvchanligi 0,02 ga teng (100 g suvda 0,02 g yod eriydi). Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (Organik erituvchilar-benzin, kerosin, atseton, turli xildagi spirtlar, benzol va h.k.). Yod sublimatlanish xossasiga ega, ya’ni u qizdirilsa gunafsha rangli gaz holatiga o‘tadi. Qattiq moddalarni suyuq holatga o‘tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o‘tishi hodisasi sublimatlanish deyiladi Kimyoviy xossalari: Ftordan yodga tomon (F2, Cl2, Br2, J2 qatori) gallogenlarning atom radiusi ortib boradi. Bu ftorning valent elektronlari yadroga yaqin, yodda esa uzoq ya’ni yadroga bo‘shroq tortilib turadi. F0 → Cl0 → Br0 → J0 qatorda: - oksidlovchilik xossasi kamayib boradi; - kimyoviy faolligi kamayib boradi; - qaytaruvchilik xossasi ortib boradi; F – → Cl – → Br – → J – qatorda esa kimyoviy faolligi ortib boradi. Bu ionlarda tashqi energetik qavat sakkizta elektron bilan to‘lgan, ular elektron qabul qila olmaydi, aksincha elektron berib oksidlanadi. Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir. Hatto kislorod Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling