Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiyalar
- Darsning tashkiliy qismi
Kommunikativ kompetensiya:
kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Dasrning turi: Noan`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Qor uyumi . Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. 1.Ishqoriy mitallar. 2. Galagenlar. Yangi darsning bayoni. Vodorod, kislorod va suvning xossalarini o‘rganish davomida bir xil xossalarini namoyon qiluvchi elementlar bilan tanishgan edik. Masalan, natriy va kaliy metallari: yumshoq, suvdan engil, kislorod va suv bilan odatdagi sharoitda shiddatli reaksiyaga kirishadi, natijada bir valentli birikmalarini hosil bo`ladi. 2Na+O2=Na2O2 . 2K+O2=K2O2 2Na+2H2O=2NaOH+H2 2K+2H2O=2KOH+H2 Shuningdek, Li, Rb, Cs va Fr metallari ham o‘z xossalari jihatidan Na va K metallariga o‘xshash. Bu metallar bir oilani, ya’ni, ishqoriy metallaroilasini tashkil qiladi. Ishqoriy metallar quyidagi umumiy xossalarga ega: Ishqoriy metallar barcha birikmalarida bir valentli. Ishqoriy metallarning gidroksidlari ishqorlardir, ular suvda yaxshi eriydi. Ishqoriy metallarning atom massalari ortib borishi bilan fizik va kim yoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi. Xlor Cl, ftor F, brom Br, yod J lar o‘xshash elementlar hisoblanib, galogenlar oilasini tashkil qiladi. Xlor vodorod hamda metallar bilan reaksiyaga kirishib, bir valentli birikmalar hosil qiladi. H2+Cl2=2HCl. 2Na+Cl2=2NaCl Ftor, brom, yodlar ham xlor kabi xossalarga ega.Galogenlarning vodorodli birikmalari uchuvchan gaz moddalari bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalari esa kislotalardir. HF – ftorid kislota, HCl – xlorid kislota, HBr – bromid kislota, HJ – yodid kislota. Galogenlarning xossalari atom massalari ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgarib boradi. 8-jadvaldan foydalanib galogenlarni fizik xossalariniatom massalari bilan bog‘liqlik tomonlarini tushuntirishga hara kat qiling. Galogenlar quyidagi umumiy xossalarga ega:Vodorod bilan uchuvchan gidridlar hosil qiladi. Galogenlar gidridlarining suvdagi eritmasi kislotalardir.Galogenlar gidridlarda, metallar bilan hosil qilgan tuzlarda bir valentlidir.Kislorod bilan hosil qilgan yuqori oksidlarida (ftordan tashqari) galogenlar VII valentli.Galogenlarning atom massalari ortib borishi bilan fizikaviy vakimyoviy xossalari davriy ravishda o‘zgarib boradi.Mavjud kimyoviy elementlar ichida o‘xshash xossalarga ega bo‘lgan elementlar guruhlariga yana qator misollar keltirish mumkin.Masalan, magniy Mg ning xossalari kalsiy Ca ga o‘xshash bo‘lsa, alyuminiy Al ni xossasi bor B ga o‘xshaydi. Uglerodning C xossalarikremniyga Si ga o‘xshash, azotning N xossasi esa fosfor P ga o‘xshaydi.Inert gazlar (geliy He, neon Ne, argon Ar, kripton Kr, ksenon Xe) alohida tabiiy oilani tashkil etib, ular ham o‘xshash elementlardir. Inert gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o‘xshaydi: Molekulalari bir atomli. Vodorod va metallar bilan birikmalar hosil qilmaydi. Inert gazlarning ayrimlari kislorodli, ftorli birikmalar hosil qiladi. Kimyoviy reaksiyaga deyarli kirishmaganligi uchun ularni inert elementlar deb atalgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling