Yangi mavzuni mustahkamlash.
18 g massali alyuminiy 6 g massali uglerod bilan birikma hosil qilgan bo‘lsa,
shu moddaning eng oddiy formulasini toping. .
Oksid tarkibidagi 12,8 g misga 1,6 g kislorod to‘g‘ri keladi.
Shu oksidning eng oddiy formulasini toping..
Oksid tarkibida 16,8 g temir va 6,4 g kislorod borligi ma’lum bo‘lsa,
uning formulasi qanday bo‘ladi? .
Massasi 49 g bo‘lgan oltingugurtning xlorli birikmasida
6,4 g oltingugurt va 42,6 g xlor bor. Shu moddaning formulasi qanday? .
5. Natriy sulfat kristallgidrati Na2SO4.xH2O tarkibida 55,9 % H2O bor. x ni toping.
6. Temir (II) sulfat (FeSO4.xH2O) kristallgidrati tarkibidagi suvning
massa ulushi 0,453 ga teng bo‘lsa, x ni toping..
7. Cr2(SO4)3.xH2O tarkibidagi suvning massa ulushi 0,4525 bo‘lsa, x topilsin.
8. K2S.xH2O da suvning miqdori 45 % bo‘lsa, uning formulasi tarkibidagi x qanchaga teng.
9. Natriy gidrofosfat (Na2HPO4.xH2O) kristallgidrati tarkibida 65,67 % kislorod bo‘lsa, kristallgidrat tarkibidagi x ning qiymati nechaga teng?
10. Elementlarning massa ulushlari bo‘yicha kristallgidratlar tarkibidagi x ni aniqlang:
1.MgBr2xH2O, Br=54,79 %; 2. MgCl2xH2O, Cl=34,98 %;
3. Fe(NO3)3xH2O, N=10,4 %; 4. Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, S=14,11 %.
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________
Sana: ____________________ Sinf: ______________________________ Dars: ___
Do'stlaringiz bilan baham: |