Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet154/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi ustida juda katta ilmiy ishlar qilgan. Fosforitlarni nitrat kislota bilan ishlab, yangi kompleks o‘g‘itlar olishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekistonda fosforli, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun xom
ashyo manbalarini o‘rgangan. Qoraqat fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasini ishlab chiqqan. Kam zaharli defoliantlar ishlab chiqarish ustida qator tadqiqotlar olib borgan.
M.N.Nabiev Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureate Mineral o‘g‘itlarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mineral
o‘g‘itlarning ahamiyati juda katta. O‘simliklarning normal hayot kechirishi uchun uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar zurar. Ayniqsa, ushbu elementlardan azot, fosfor va kaliyni ahamiyati juda muhimdir. O‘simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan. Ularning ayrimlari o‘simliklar uchun ko‘proq ayrimlari esa ozroq miqdorda kerak.
O‘simliklar uchun ko‘proq miqdorda zarur bo‘ladigan elementlar makroelementlar, ozroq miqdorda kerak bo‘ladigan elementlarni esa mikroelementlar deb ataladi.
Makroelementlar: C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca Mikroelementlar: Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co
Azot, fosfor va kaliy elementlari o‘simliklar uchun muhim ahamiyat-ga ega bo‘lib, ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu elementlarni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan moddalar ko‘rinishda ko‘proq ishlab chiqarish zarur. O‘simliklarda azot etishmaganda uning o‘sishi kechikadi. Barglari och-yashil bo‘lib qoladi, hatto sarg‘ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o‘simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.Fosfor o‘simliklar hayotida zarur bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga kirib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonini tezlashtiradi. Uglevodlar to‘planishini jadallashtiradi. Masalan, qand lavlagisida shakarni, kartoshkada kraxmalni, g‘o‘zada paxta tolasi sellyulozani va hokazo.
O‘simlik poyasini mustahkamlaydi. Temir o‘simlikda azot, fosfor va kaliylarni o‘zlashtirishini tezlashtiradi. Mis, rux va marganetslar o‘simlikda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish
jarayonlarini tezlashtiradi. O‘simliklar makro va mikroelementlarni ionlar tarzida o‘zlashtiradi.
Tuproq eritmasida ionlarga moddalar mineral o‘g‘itlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan yuqori hosil olish uchun mineral o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish kerak. Mineral o‘g‘itni o‘simlikka qachon, qanday, qancha miqdorda berish kerakligini albatta bi lish zarur.
Agar o‘simlikka keragidan ortiqcha o‘g‘it berilsa, uning ortiqcha miqdori o‘simlik organizmida to‘planib qoladi. Bunday o‘simliklardan olingan mahsulotlar iste’mol uchun yaroqsiz bo‘ladi.
Mineral o‘g‘it tarkibida ozuqa elementlarni (N, K2O, P2O5) uchrashiga qarab oddiy va kompleks o‘g‘itlarga farqlanadi. Oddiy o‘g‘itlar tarkibida faqat bitta ozuqa elementi bo‘ladi (NaNO3,
KCl, NH4NO3, Ca(H2PO4)2 va boshqalar) kompleks o‘g‘it tarkibida ikki yoki uch xil ozuqa elementi uchraydi (KNO3, NH4H2PO4 va boshqalar). “Agro” yononcha so‘z bo‘lib, “dala” egan ma’noni anglatadi. Agrokimyo – dala kimyosi demakdir.• 1840 yilda nemis kimyogari Yu.Libix “Kimyoning dehqonchilikka tadbiqi”kitobida o‘simliklarni oziqlanishi uchun N, P, K elementlarinitutgan tuzlar va shuningdek, boshqa elementlar tutgan moddalar zarur
ekanligini tushuntirib bergan.Agrokimyogarlar tuproqni kimyoviy tarkibini o‘rganuvchi mutaxassislardir.Tuproq – murakkab tarkibli, doimo o‘zgarib turuvchi tuzilma.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling