Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet20/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsni rejasi.

Atom . Zarracha. Molekula.




Yangi darsning bayoni.
Ma’lumki, eramizdan avvalgi 460-370 yillarda yashagan olim Demokrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalardan ya’ni, “atom”lardan tashkil topgan va atom bo‘linmaydi deb aytgan edi. 865-925 yillarda yashagan Markaziy Osiyolik Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy atomlar bo‘linadigan zarrachalar bo‘lib, ular ning ichi bo‘shliq va mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. degan fikrni aytgan. Atomlar doimo harakatda va ular orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblagan. 979-1048 yillarda yashagan vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalardir deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarralar ekanligini e’tirof etgan. 1911 yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi.Buning uchun tabiiy radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan α-nurlarni metaldan yasalgan juda yupqa plastinkadan o‘tkazdi. Metall plastinkasidan o‘tayotgan α-nurlarning asosan ko‘p qismi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatini davom ettirdi. Oz qismi esa ma’lum burchakostida harakat yo‘nalishini biroz o‘zgartiradi. Juda oz qismi, taxminan 8 mingta α-zarrachalarning bittasi o‘z harakati yo‘nalishini butunlay o‘zgartirdi (1-rasmga qarang). Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib quyidagicha xulosalarga keldi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Atomning markazida musbat zaryadlangan yadro bor. Yadro atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi. Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadrodagi musbat zaryadli protonlar soni elektronlar soniga teng. Atomlarning yadrolari radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan α-zarrachalar bilan to‘qnashganda, ya’ni α-zarrachalar bilan “bombardimon” qilinganda yadrodan proton va neytronlar otilib chiqadi.
Protonlarning zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, 1 p bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, massasi birga teng. Neytronni 0 1n bilan belgilanadi.
Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik, demak, uning massasini amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli 0 deb olamiz, za ryadi esa -1 bo‘lgan zarrachalardir. Elek tronni ē bilan belgilaymiz. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz. Alyuminiy ning tartib raqami 13, demak, uning atomi yadrosida 13 taproton bo‘ladi. Yadro zaryadi+13. Yadro atrofida ham 13 ta elektron harakat qiladi, ya’nimanfiy zaryadlar yig‘indisi ham –13 ga teng. Moddaning kimyoviy hodisalar oqibatida bo‘linmaydigan eng kichik zarrachasi atomdir. Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat yadro qobig‘idan iborat.Kimyoviy elementning tartib raqami uning atom yadrosi zaryadi bilan mos keladi.Vodorod atomining yadrosida bitta proton bo‘ladi. Zaryadi +1, massasi 1 a.m.b. Uning yadrosi atrofida bitta elektron harakat qiladi. Atomning massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng. Ar=N+Z N - tartib raqami (ptotonlar soni), Z- neytronlar soni.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling