Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1. Kislotalar dissotsiylanishi. 2.Ishqorlar dissotsiylanishi. 3.Tuzlarning dissotsiylanishi.
Yangi darsning bayoni.
Kislotalar. Suvda eriydigan barcha kislotalar dissotsiatsiyalanadi.Bunda vodorod ioni bilan kislota qoldig‘i ioni hosil bo‘ladi.Ko‘p negizli kislotalar bosqichli dissotsiatsiyalanadi:
Kislotalarning umumiy xossalari, ya’ni nordon ma’zaga ega bo‘lishi,indikatorlar rangini o‘zgartirishi, asoslar va asosli oksidlar, tuzlar bilan reaksiyaga kirishuvi ularning dissotsiatsiyalanishi natijasida vodorod ionini hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Shunga ko‘ra kislotalar uchun quyidagicha ta’rif beriladi.
Kislotalar deb dissotsiatsiyalanganda kation sifatida faqat vodorod ioni hosil qiladigan murakkab moddalarga aytiladi.
2. Asoslar: Suvda eriydigan barcha asoslar dissotsiatsiyalanganda metall kationiga (ammoniy gidroksidi. NH4 + ioniga) va gidroksid anioniga (OH-) ajraladi. NaOH= Na+ +OH -
Suvda eriydigan asoslar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy xossalar indikator rangini o‘zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan reaksiyasi ularning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan OH– ionlari tufaylidir.
Asoslar deb dissotsiatsiyalanganda anion sifatida faqat gidroksid ioni (OH–) hosil qiladigan murakkab moddalarga aytiladi.
3. Tuzlar: Tuzlar dissotsiatsiyalanganda metall kationi (ammoniy tuz larida ammoniy kationi
Nordon tuzlar dissotsiatsiyalanganda esa kation sifatida metall ioni bilan birga vodorod ioni ham hosil bo‘ladi. NaHSO4 Na+H2SO4 Tuzlar dissotsiatsiyalanganda, tuzlar uchun umumiy ion hosil bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra tuzlar uchun umumiy xossalar ham yo‘q.
Tuzlar deb dissotsiatsiyalanganda metall kationi bilan kislota qoldig‘i anioni (nordon tuzlarda vodorod kationi ham) hosil qiladigan murakkab moddalarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |