Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. 1 mol elektrolit dissotsialanishidan hosil bo‘lgan ionlar miqdori (mol) ortib borishi tartibida joylashgan elektrolitlar qatorini tanlang (υ=100%). A) kaliy sulfat; mis(II) sulfat; alyuminiy sulfat B) natriy xlorid; kalsiy xlorid; alyuminiy xlorid C) bariy nitrat; litiy nitrat; alyuminiy nitrat D) natriy karbonat; kaliy karbonat; litiy karbonat 2. Quyida keltirilgan qaysi moddalar ketma-ketligidan foydalanib kumush, temir(II) va bariy nitratlar aralashmasidagi kationlarni tegishli birikma holida ajratib olish mumkin? A) natriy gidroksid; natriy sulfat; natriy xlorid B) natriy sulfat; natriy gidroksid; natriy xlorid C) natriy xlorid; natriy sulfat; natriy gidroksid D) natriy xlorid; natriy gidroksid; natriy sulfat 3.0,01 molyarli eritmalardagi moddalarni ionlar miqdori (mol) kamayib borish tartibida joylashtiring (υ=100%). 1) bariy xlorid; 2) xlorsirka kislota; 3) natriy fosfat; 4) alyuminiy sulfat A) 4, 3, 1, 2 B) 2, 1, 3, 4 C) 2, 3, 1, 4 D) 4, 1, 3, 2 4.Kuchli elektrolitlarni tanlang. 1) ammoniy gidroksid; 2) kaliy nitrat; 3) rux gidroksid; 4) vodorod sulfid; 5) kalsiy xlorid; 6) litiy sulfat A) 1, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 2, 5 D) 1, 3, 4, 6 5. Nitrat kislota va kaliy ishqor eritmalari teng miqdorda (mol) olinib aralashtirilganda quyidagi xossalardan qaysi biri saqlanib qoladi? A) kislotalik B) asoslik C) elektr o‘tkazuvchanlik D) kislotalik va asoslik 6. Qaysi variantlarda elektrolit ionlarining eritmadagi holati to‘g‘ri ifodalangan? 1) ionlar erkin holatda bo‘ladi; 2) ionlar bilan erituvchi molekulalari o‘zaro ta’sirlashmaydi; 3) ionlar bilan erituvchi molekulalari o‘zaro ta’sirlashib gidratlar yoki solvatlar hosil qiladi; 4) ionlar bilan erituvchi molekulalar o‘zaro ta’sirlashadi. A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 3, 4 7. Qaysi qatorda faqat kuchsiz elektrolitlar joylashgan? A) bariy xlorid, ammoniy atsetat, kaliy gidroksid, stronsiy nitrat B) kaliy nitrat, vodorod xlorid, kalsiy karbonat, litiy gidroksid C) nikel(II) gidroksid, sulfat kislota, ammoniy xlorid, osh tuzi D) sirka kislota, karbonat kislota, sulfit kislota, ammoniy gidroksid 8. Qaysi qatorda faqat kuchli elektrolitlar joylashgan? A) bariy xlorid, ammoniy atsetat, kaliy gidroksid, stronsiy nitrat B) kaliy nitrat, vodorod xlorid, kalsiy karbonat, litiy gidroksid C) nikel(II) gidroksid, sulfat kislota, ammoniy xlorid, osh tuzi D) sirka kislota, karbonat kislota, aluminiy gidroksid, rux gidroksid 9. Natriy fosfat eritmasida 960 dona ion mavjud bo‘lsa, eritmadagi dissotsialanmagan natriy fosfat molekulalari sonini hisoblang (υ=80%). A) 768 B) 60 C) 300 D) 240 10. Alyuminiy xlorid eritmasida 600 dona ion mavjud bo‘lsa, eritmadagi dissotsialanmagan alyuminiy xlorid molekulalari sonini hisoblang (υ =75%). A) 200 B) 800 C) 150 D) 50 Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish. “Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________ Sana: ____________________ Sinf: ______________________________ Dars: ___ Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling