Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet36/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Ma`ruza. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.

1-davr elementlarining atom tuzilashi. 2-davr elementlarining atom tuzilashi.


3-davr elementlarining atom tuzilashi.




Yangi darsning bayoni.

Kichik davrdagi elementlarning atom tuzilishi Qaysi davrlar kichik davrlar hisoblanadi?


Bitta qatordan tashkil topgan davrlar kichik davrlar deb yuritiladi.Kimyoviy elementlar davriy jadvalining I-davrida vodorod va geliy joylashgan.Birinchi davr elementlarida bitta, energetik pog‘ona va unda N=2n2 formulaga binoan: 2∙12=2 ta elektron bo‘ladi. Vodorod atomi yadrosida 1 ta proton bo‘lib, yadro atrofida bitta electron sharsimon harakatlanadi. Ikkinchi davr elementlarida 2 ta energetik pog‘ona bo‘ladi. Birinchi energetik pog‘onasida 2 ta, ikkinchi energetik pog‘onasida 2∙22=8 tagacha elektron bo‘ladi (8-jadvalga e’tibor bering va tushunib oling).Uchinchi davr elementlarida 3 ta energetik pog‘ona bo‘ladi. Birinchi energetik pog‘onada 2 ta, ikkinchisida 8 tagacha va uchinchi (tashqi) energetik pog‘onasida esa 8 tagacha elektron bo‘ladi. Bu davr elementlarini uchinchi elektron qavati tashqi qavat hisoblanadi. Shuning uchun 3d ener getik qavatcha elektron qabul qilmaydi. 14-jadvalga e’tibor bering va tushunib oling.
Birinchi davrdagi ikki element (H va He), ikkinchi va uchinchi davrdagi dastlabki ikkitadan (litiy va berilliy, natriy va magniy) element s-elementlardir. Ikkinchi va uchinchi davrdagi bordan neongacha va alyuminiydan argongacha bo‘lgan elementlar p-elementlarga mansubdir. 1. Vodorod va geliyning atom tuzilishini va elektron formulasini yozing. O‘xshash
hamda farqli tomonlarini ko‘rsating.
2. Tartib raqami 5 va 9 bo‘lgan elementlarning elektron formulalarini yozing.
3. Tartib raqami 3 va 11 bo‘lgan elementlarning atom tuzilishini yozing va ulardan qaysi birida metallik xossasi kuchli ifodalangan ekanligini aniqlang.
4. Kislorod bilan hosil qilgan yuqori valentli oksidining vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng bo‘lgan elementni aniqlang. Masalan I guruhning ishqoriy metallardan iborat vertikal qatori bosh guruhcha, mis, kumush va oltinlar esa qo‘shimcha guruhcha elementlaridir. Vodorod davriy jadvalning I guruhida joylashgan, chunki uning oksidi. (suv)da valentligi I ga teng. Uni VII guruhga ya’ni, galogenlar vertical qatoriga ham kiritish mumkin, chunki uni tashqi energetik qobig‘inito‘ldirish uchun 1 ta elektron kam. Bosh guruhchalarda joylashgan elementlarning tashqi qavatidagi elektronlar soni guruh raqamiga son jihatdan teng. Kislorodga nisbatan yuqorivalentligi ham asosan guruh raqamiga son jihatdan teng (kislorod va ftor bundan mustasno). Vodorod bilan hosil qiladigan uchuvchan birikmalaridagi valentligi
ham davriy ravishda 4 dan 1 ga qadar kamayib boradi (faqat metalmaslar). Bosh uruhchalarda nisbiy atom massalari ortib borgan sari metallic xossasi ham kuchayib boradi. Metalmaslik xossasi esa susayib boradi. Masalan, I guruhning bosh guruhchasida litiydan boshlab pastga tushgan sari metallik xossasi ortib, fransiyda eng yuqori metallik xossalari namoyon bo‘ladi. Galogenlarda esa metallik xossasi ftordan boshlab yodga tomonsusayib boradi. Eng kuchli metalmas bu ftordir .

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling