Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet89/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Test biln ishlash
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.


Yangi darsning bayoni.

Dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining dastlabki soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanishi darajasi deb ataladi va α harfi bilan belgilanadi.


Dissotsiatsiyalanish darajasi 0 dan 1 gacha bo‘lgan birliklarda yoki 0 dan 100% gacha bo‘lgan birliklarda ifodalanadi. Agar dissotsiatsiyalanish darajasi 0,5 bo‘lsa, demak, har ikki molekuladan
bittasi ionlarga ajralgan bo‘ladi. Agar α=1 bo‘lsa, barcha molekulalar ionlarga ajralgan bo‘ladi.
Dissotsiatsiyalanish darajasi foizlar(%)da ifodalanganda agar 100 ta molekuladan 85 tasi ionlarga ajralgan bo‘lsa α=85% deb ko‘rsatiladi. Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan elektrolit va erituvchi tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, muhit haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dissotsiatsiyalanish darajasi bilan konsentratsiya va harorat birgalikda ko‘rsatiladi. Masalan: 0,05 M li sulfat kislotaning 18°N dagi dissotsiatsiyalanish darajasi 58 % ga teng. Dissotsiatsiyalanish darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan elektrolitlar kuchli elektrolitlar deb ataladi. Ular har qanday konsentratsiyadagi eritmalarda amalda ionlarga to‘la dissotsiatsiyalanadi. Ko‘pchilik tuzlar (NaCl, KNO3, Ba(NO3)2, FeSO4), kislotalar (HClO4, HNO3, H2SO4, HCl, HBr, HJ) va
ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2) kuchli elektrolitlar hisoblanadi. Dissotsiatsiyalanish darajasi suyultirilgan eritmalarida ham kichik qiymatga ega bo‘lgan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. Barcha organik va ba’zi noorganik kislotalar (H2CO3, HClO, H2S, HNO2, H2CO3, H2SiO3, HClO2 va b.q), ammoniy gidroksid, metallarning erimaydigan
gidroksidlari, suv kuchsiz elektrolitlar hisoblanadi. Kislorod tutuvchi kislotalarning E(OH)mOn umumiy formulasi asosida ularning kuchini aniqlash mumkin. n<2 bo‘lganda kislota kuchsiz,
n≥2bo‘lganda kislota kuchli hisoblanadi. OH- guruh tarkibiga kirmagan kislorod atomlar soniga bog‘liq ravishda kislotalar kuchi quyidagi 16-jadvalda keltirilgan.Elektrolitlarning kuchini elektrolit dissotsiatsiyalanish darajasiga qarab solishtirish bir xil konsentratsiyali eritmalardagina ahamiyatga ega bo‘lib, boshqa holatlarda qulay usul bo‘lib hisoblanmaydi. Shuning uchun
kuchsiz elektrolitlar kuchini solishtirish uchun dissotsiatsiyalanish konstantasidan foydalaniladi. Kuchsiz elektrolitlar suvli eritmalarda qisman dissotsiatsiyalanadi. Eritmada kuchsiz elektrolit molekulalari va ionlari orasida muvozanat vujudga keladi. Masalan: CH3COOH H+ + CH3COO– Muvozanat paytidagi H+ va CH3OO– ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmasini sirka kislota konsentratsiyasiga nisbati sirka kislotaning dissotsiatsiyalanish konstantasidir.K H CHCOO diss CH COOH = K –[H+] – vodorod ionlarining molyar konsentratsiyasi.
[CH3COO–] – atsetat ionlarining molyar konsentratsiyasi. [CH3COOH] – sirka kislota molekulalari konsentratsiyasi Elektrolitning dissotsiatsiyalanish konstantasi elektrolit va erituvchi tabiatiga hamda haroratga bog‘liq, lekin konsentratsiyaga bog‘liq emas. U birikmalar dissotsiatsiyasining miqdoriy xarakteristikasi bo‘lib hisoblanadi. Dissotsiatsiyalanish konstantasi qancha katta bo‘lsa, elektrolit shuncha kuchli dissotsiatsiyalanadi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling