Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet92/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.

1.Neytrallash reaksiyalari


2.Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar.
3. Gaz modda hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar:


Yangi darsning bayoni.

Elektrolitlarning eritmalarida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar elektrolit moddaning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlar ishtirokida amalga oshadi. Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalar ning tenglamalarini tuzishda kuchli elektrolit moddani dissotsiatsiyalangan


holda, kuchsiz elektrolitlar, suvda erimaydigan cho‘kma moddalar, gaz holatga o‘tib reaksiya muhitidan chiqib ketadigan moddalarning molekulyar formulalarini yozamiz. Elektrolitlarning eritmalari orasida sodir bo‘ladigan reaksiyalarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganamiz.
1. Neytrallash reaksiyalari. Siz eritmaning muhitiga qarab indikatorlar rangini o‘zgartirishini
bilasiz. Lakmus eritmasi qo‘shilgan kislota eritmasi (qizil rangli eritma)ga sekin asta ishqor eritmasini qo‘shsak eritmaning rangi o‘zgarib binafsha rangga o‘tadi. Buning sababi eritmani neytral muhitga o‘tganligidadir. HCl + KOH = KCl + H2O
Tenglamani ionli ko‘rinishi: Suv juda ham kuchsiz elektrolit u deyarli ionlarga ajralmaydi.
H+ + Cl -+ K+ + OH– = K+ + Cl– + H2O Tenglamani qisqa ionli ko‘rinishi:
Demak, neytrallanish reaksiyasining mohiyati kislotali muhitni beruvchi H+ ionlarini ishqoriy muhitni beruvchi OH– ionlari bilan birikib suvni hosil qilishidan iborat.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling