2. Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar.
Reaksiya mahsulotlaridan biri suvda erimaydigan modda bo‘lsa, bu
reaksiya oxirigacha sodir bo‘ladi. Masalan, BaCl2 + Na2SO4 = 2NaCl + ↓BaSO4
Bu reaksiyada hosil bo‘lgan bariy sulfat suvda erimaydi, ionlarga ajramaydi.
Tenglamaning ionli shakli:Ba+2 + 2Cl– + 2Na+ +SO4 -2 = 2Na+ + 2Cl– + ↓BaSO4
Elektrolitlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan bariy va sulfat ionlari o‘zaro birikib cho‘kma (BaSO4) hosil qiladi. Tenglamani qisqa ionli ko‘rinishi: Ba2+ + SO4 2– = ↓BaSO4
Ba(NO3)2 va K2SO4 eritmalari o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya tenglamasini yozing. Qisqa ionli tenglamasiga e’tibor bering.
3. Gaz modda hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar: Elektrolit eritmalari orasida sodir bo‘ladigan reaksiya mahsulotlaridan biri gaz bo‘lganda ham kimyoviy reaksiya oxirigacha boradi. Masalan, Na2S + 2HCl = 2NaCl + H2S↑
Reaksiyaning ionli holati: 2Na+ + S2– + 2H+ +2Cl– = 2Na+ + 2Cl– + H2S↑
Qisqa ionli holati: S2– + 2H+ = 2H2S↑
Demak, bu reaksiyaning mohiyati H+ bilan S2– ionlarini o‘zaro birikib suvda erimaydigan gaz hosil bo‘lishi bilan izohlanadi. Eritmadagi mavjud ion Reaktiv tarkibidagi ion Kuzatiladigan jarayon Indikator Rangi o‘zgaradi OH - Indikator Rangi o‘zgaradi Na+ - Alangani sariq rangga bo‘yaydi K+ - Alangani binafsha rangga bo‘yaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Massa ulushi 0,9 % bo’lgan 1,0 kg eritma tayyorlash uchun necha gramm NaCl va suv talab etiladi?
2. 150 g massali 10 %-li eritma tayyorlash uchun necha gramm Na2CO3 va suv kerak?
3. 100 g massali 12 %-li borat kislota eritmasini tayyorlash uchun necha gramm H3BO3 va suv kerak?
4. 200 ml xloroformda (=1,488) 62,4 g yod eritilganda hosil bo‘lgan eritmadagi yodning massa ulushi topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |