Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet24/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 8-moddasi.
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 13-moddasining birinchi qismi.
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi.
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
(93-modda birinchi qismining 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida” Qonunining 16-moddasi.
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
(93-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo`lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.


Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo`lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yohud ular bir necha marta O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek, Qonunchilik palatasi bilan Senat o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo`lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o`z vazifasini bajara olmasligi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo`shma qaroriga ko`ra tuzilgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o`n kun muddat ichida palatalarning qo`shma favqulodda yig`ilishida deputatlar, senatorlar orasidan uch oygacha bo`lgan muddatga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o`tkazilishi shart.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste'foga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod Senat a'zosi lavozimini egallaydi.
O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 aprelda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to`g`risida”gi qonuni38ga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti o`z vakolatlarini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq samarali amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek konstitutsiyaviy vakolat muddati tugab yoki sog`lig`i holatiga ko`ra iste'foga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga zarur sharoitlar va kafolatlar yaratib beriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizlik va immunitetga ega bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining daxlsizligi uning turar joy va xizmat xonalariga, bagajiga, shaxsiy va xizmat transport vositalariga, yozishmalariga, foydalanadigan aloqa vositalariga, shuningdek unga tegishli hujjatlarga tatbiq etiladi.
2016-yil 4-dekabrda bo’lib o’tgan saylovlarida Shavkat Mirziyoyev Miromonovich g’alaba qozondi. 2021-yil 24-oktabrdagi saylovlarda Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 2-marta prezidentlik saylovlarida g’alaba qozonib prezidentlik vazifasini bajarmoqda.
Nodavlat notijorat tashkiloti (jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zining faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi 1999-yil 14-aprel
qonuni, boshqa qonunlar va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlari
asosida olib boradilar. Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzish, ularning faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko‘rsatishi mumkin. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular
mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi va u, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
Qonunchilik hujjatlarida nodavlat notijorat tashkilotlarga quyidagi huquqlar berilgan:
— o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
— ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan
chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
— davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab
chiqishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
— o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
— ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan
tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
— ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik
tuzilmalarini tashkil etish;
— o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish;
— o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar,
konferensiyalar o‘tkazish;
— qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va
filiallar tashkil etish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa huquqlar.
Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlarida nodavlat notijorat
tashkilotlariga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan:
— qonunchilik hujjatlariga rioya etish;
— o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi
axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash;
— nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi o‘tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, mazkur tashkilotning manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Nodavlat notijorat tashkilotining filiali u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, uning barcha vazifalari yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi.
Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi mumkin.
Qonunlarga muvofiq nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi. Mustaqillik yillari O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling