9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborotva ommaviy kommunikatsiyalar agentligining madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviykommunikatsiyalar agentligi axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlatorganidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviykommunikatsiyalar agentligining vakolatlari “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”giO‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
10-modda. “O‘zbekkino” Milliy agentligining madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekkino” Milliy agentligi kinematografiya sohasidagi maxsus vakolatli davlatorganidir.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi:
kinematografiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
kinematografiya sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdaishtirok etadi;
kinematografiya tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kinematografiya sohasiga xalqaro va davlatlararo standartlarni joriy etishga doirtakliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni namoyish etish, sifatli xizmatlar ko‘rsatishva kinojihozlardan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi;
kinematografiya mahsulotining badiiy va mafkuraviy darajasini oshirish bo‘yichachoralar ko‘radi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalgaoshirishi mumkin.
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining madaniy faoliyat sohasidagivakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
madaniy faoliyat sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdaishtirok etadi;
tegishli hududda joylashgan madaniyat muassasalari va tashkilotlariga ko‘maklashadi;
madaniy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishorganlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaribilan hamkorlik qiladi;
madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat boshqaruviorganlarining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ishtirok etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni hamamalga oshirishi mumkin.
12-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlatnotijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining madaniy faoliyatdaishtirok etishi
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariva fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
madaniy faoliyat sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtiroketadi;
madaniy faoliyat sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikqiladi;
fuqarolarning madaniyatini yuksaltirishga doir ishlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosi ustidanjamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariva fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |