Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
Ma'muriy-protsessual munosabatlar – jamiyatda vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning bir ko`rinishi bo`lib, huquqiy normalarda nazarda tutilgan aniq subyektlar o`rtasidagi yuridik aloqalarni anglatadi.
Ma'muriy-protsessual munosabatlar – unda ishtirok etuvchi subyektlarning belgilangan xulq-atvorda bo`lishini nazarda tutadi. Ma'muriy-protsessual munosabatlar – hamma vaqt ma'muriy-protsessual normalar asosida vujudga keladi. Albatta, huquqiy normaning mavjud bo`lishi, huquqiy munosabatni vujudga kelishiga yetarli emas. Huquqiy munosabatning vujudga kelishi uchun huquq subyekti (huquq layoqati va muomala layoqati) va yuridik faktlarning (harakat, harakatsizlik, hodisa) mavjud bo`lishi ham talab qilinadi. Ma'muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirish barcha huquqiy munosabatlar singari, davlatning ta'sir choralari bilan ta'minlanadi. Ular turli-tuman bo`lib, faqatgina majburlov choralari bilan chegaralanmaydi. Ijro hokimiyati organlari faoliyatida vujudga keladigan aksariyat ma'muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirishda davlatning majburlov choralarini qo`llash zaruriyati mavjud emas. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ma'muriy-protsessual munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari, ularni huquqiy munosabatlarning bir ko`rinishi sifatida ifodalashga imkon beradi. Lekin bu xususiyatlar ma'muriy-protsessual munosabatlarning mazmunini to`liq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, asosiy e'tiborni, uning alohida xususiyatlarining qisqacha tavsifiga qaratish lozim. Jumladan: birinchidan, ma'muriy-protsessual munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida ijro hokimiyati organlarining vakolatlarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladi hamda moddiy normalar singari, aniq ifodalangan boshqaruv xususiyatiga egadir; ikkinchidan, bu munosabatlar – protsessual huquqiy munosabatlardir. Agar, ma'muriy-protsessual munosabatlarning birinchi xususiyati ularni moddiy normalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi xususiyati bu ikkala norma o`rtasidagi aniq chegarani belgilab beradi. Demak, ma'muriy protsessual munosabatlar – bu ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan, ijro hokimiyati organlarining o`z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yakka tartibdagi va aniq ishlarni hal etish bo`yicha vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir. Ma'muriy-protsessual munosabatlar bir necha asoslarga qarab turli guruhlarga ajratilishi mumkin. Ma'muriy-protsessual munosabatlar - aniq subyektlar va boshqa ma'muriy jarayon ishtirokchilari o`rtasida huquqiy aloqalarning vujudga kelishida ifodalanadi. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling