Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. - Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |