Mavzu: Davlat byudjeti. Davlat soliq siyosati


Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiyalanadi


Download 208.84 Kb.
bet9/12
Sana14.11.2021
Hajmi208.84 Kb.
#173754
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
26 MAVZU DAVLAT BUDJETI BUDJET SOLIQ SIYOSATI ¬«»¿´

Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiyalanadi:

  • Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiyalanadi:
  • 1. Toʻgʻri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq toʻlovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qatʼiy soliqlar kiradi.
  • 2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj toʻlovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan iborat.
  • 3. Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va toʻlovlar mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni oʻz ichiga oladi.
  • 4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
  • 5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq.
  • 6. Boshqa daromadlar.

Download 208.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling