Chegaradan oʻtib ketilganda subyektlarning mustaqilligini yoʻqotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning oʻsish surʼatlarini taʼminlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi; - Chegaradan oʻtib ketilganda subyektlarning mustaqilligini yoʻqotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning oʻsish surʼatlarini taʼminlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi;
- - subyektlarning xatti-harakati va intilishiga bogʻliq boʻlmagan holda vujudga kelgan daromadlarning toʻliq yoki qisman byudjetga olinishi. Maʼlum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga oʻtishi kerak. Bu prinsipning taʼsiri ostiga subyektlar maʼmuriyati notoʻgʻri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan daromadlar ham kiritilmogʻi lozim;
- - ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu prinsip davlat byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablagʻlari hisobidan tashkil etishda qoʻllanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi va bir vaqtning oʻzida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning manfaatlarini taʼminlaydi;
- - byudjet mexanizmining ragʻbatlantiruvchi taʼsirini taʼminlash. Mablagʻlarni subyektlar ixtiyorida byudjetga oʻtkazilishi ularning samarali faoliyat koʻrsatishga ragʻbatlantirishi kerak.
- - byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu prinsip byudjet daromadlarini aholi mablagʻlari hisobidan shakllantirishda qoʻllanilib, uning natijasida aholi daromadlari darajasiga bogʻliq ravishda bir qismi byudjetga oʻtkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |