Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi: - Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo’ladi.
- Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
2) nazorat. - Davlat byudjetining nazorat funksiyasi
- 1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pulmablag’larini jalb qilish;
- 2) mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
- 3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishningsamaradorligini oshirishni ko’zda tutadi.
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri boʻlib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan daromadlar va jamgʻarmalarning bir qismini byudjetga oʻtkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablagʻlari tashkil etadi. Bu byudjet kategoriyasining namoyon boʻlish shakli byudjetga tushuvchi turli soliqlar, toʻlovlar, yigʻimlar, bojlar va ajratmalardan iborat. - Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri boʻlib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan daromadlar va jamgʻarmalarning bir qismini byudjetga oʻtkazilishi natijasida vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablagʻlari tashkil etadi. Bu byudjet kategoriyasining namoyon boʻlish shakli byudjetga tushuvchi turli soliqlar, toʻlovlar, yigʻimlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
- Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini koʻrsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmogʻi mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat byudjetida mablagʻlarni yigʻish miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |